189
bilvosita manzil belgilash
. Bunda operandning jismoniy manzili DP (Data Pointer)
bilvosita manzil registri ichida joylashadi. Registr manzili esa
operatsiya kodi tarkibiga
kiritilgan. Komanda ichida manzil maydoni yo’q. DP sifatida umummaqsadli registrlar yoki
maxsus manzil registri
chiqishi mumkin;
bilvosita avtoinkrementG’avtodekrement manzil belgilash
. Bunda
operandning DP
jismoniy manzili bilvosita manzil registri ichida joylashadi. Ushbu registr manzili esa operatsiya
kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda ichida manzil maydoni yo’q. Operatsiya ijrosidan so’ng (yoki
operatsiya bajarilgunga qadar) DP ichidagi ma’lumotlar, jadvalning navbatdagi elementiga
ishora qilinishi uchun inkrementatsiyaG’dekrementatsiya bo’ladi;
siljigan tayanch bo’yicha manzil belgilash
. Bunda operandning
tayanch manzili BP
(Base Pointer) tayanch registri ichida joylashadi. Ushbu registr manzili esa operatsiya kodi
tarkibiga kiritilgan. Operand manzilining tayanch registriga nisbatan
siljish holati manzilning
tegishli maydonida ro’y beradi. BP sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registri
chiqishi mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: