O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter dasturlari uchta toifaga bo’linadi, jumladan: amaliy dasturlar
Internet
) tarmog’ini keltirish mumkin. Internet rivoji Intranet (Intranet) deb nomlanadigan korporatsiya tarmoqlarining ravnaqiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ba’zan bunday tarmoqlarni global MHT deb atashadi. Ularda olib boriladigan ishlar esa Internet tarmog’ida olib boriladigan ishlarga o’xshash kechadi. Kompyuter dasturlari uchta toifaga bo’linadi, jumladan: amaliy dasturlar - kompyuterdan foydalanayotgan insonga zarur bo’lgan ishlarni (misol uchun, matnlarni tahrirlash, axborot massivlarini qayta ishlash, videotasvirni ko’rish, xabar yuborish kabi ishlarni) bevosita amalga oshiradigan dasturlar; tizimga oid dasturlar , bunday dasturlar orasida kompyuter ishini boshqaradigan, boshqa dasturlarni ishga tushirib, kompyuter ishlayotgan vaqtda xizmat ko’rsatib boradigan - operatsion tizim alohida ahamiyatga egadir. Xizmat ko’rsatish vazifasini bajaruvchi boshqa dasturlar asosan ko’makchi ish bajaradi, ya’ni misol uchun, foydalanilayotgan axborotning zaxira nusxalarini barpo etadi, kompyuter qurilmalarining ish qobiliyatini tekshirib boradi va h. k.; asbobbop dasturlar (dasturlash tizimlari) -kompyuter uchun yangi dasturlarni yaratishga yordam beradigan dasturlar. Kompyuter monitori (displey, display - ko’rsatmoq, tasvirlamoq), matnli va grafik axborotlarni asosan kineskop (elektron-nurli asbob) ekranida ko’z bilan ko’rish uchun aks ettiradigan qurilma. Monitorlar rangli va monoxrom bo’lib, bir-biridan o’lchamlari bilan farq qiladi. Shuningdek, rostlash va ranglarni to’g’rilash uchun mo’ljallangan turli vositalar bilan jihozlanadi. Monitorlarning axborotni tasvirlash qobiliyati (aks ettiriladigan tasvirdagi gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan nuqtalar soni) turlicha bo’ladi. Aksariyat zamonaviy stol usti kompyuterlarida elektron-nur naylari (ENN) asosida tayyorlangan monitorlar qo’llaniladi. Bunday monitorlar ishining tamoyili shundan iboratki, elektron pushka vositasida shakllanadigan elektronlar tarami lyuminofor qoplangan ekranga etib, uning yorug’lik sochishini hosil qiladi. Elektronlar tarami yo’lida, odatda, qo’shimcha elektrodlar o’rnatilgan. Bunday elektrodlar jumlasiga elektronlar taramining yo’nalishini o’zgartirish imkonini beradigan og’diruvchi tizim hamda hosil bo’lgan tasvir yorqinligini rostlaydigan modulyator kiradi. Kompyuter monitori ekranidagi har qanday matn yoki grafik ko’rinishga ega tasvir lyuminoforning ko’plab diskret nuqtalaridan tashkil topadi (xuddi televizor ekranidek). Ushbu nuqtalar piksellar yoki tasvir elementlari (pixel -picture element) deb ham nomlanadi. Monitorlarning axborotni tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan tasvir elementlarining (piksellar) soni bilan aniqlanadi. IBM PC mos keladigan shaxsiy kompyuterlar uchun qo’llaniladigan monitor ekranlarining diagonal bo’yicha bir nechta, jumladan: 9, 12, 14, 15, 17, 19, 20 i 21 dyuymli oddiy o’lchamlari mavjud. ENN asosida tayyorlangan monitordagi tasvir (kadr) chastotasi, odatda, Gerts o’lchov birligi bilan o’lchanadi va aksariyat hollarda tasvir turg’unligini belgilaydi. Kadr chastotasi qanchalik yuqori bo’lsa, tasvir shu qadar turg’un bo’ladi. Tasvirning vertikal yoyilishi bilan bitta kadrga chiqadigan satrlar soni (axborotni vertikal bo’yicha tasvirlash qobiliyati) ko’paytmasi kilogertsda o’lchanadigan satr chastotasini belgilaydi. Rangli monitorda uchta elektron pushka bo’lib, ularning har biri alohida boshqarish sxemasiga ega. Bunday monitor ekranining yuzasiga esa uchta asosiy, xususan: Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling