O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klaviatura
uzatish kanali
), 186 1. Har qanday turdagi xabarning yuboruvchidan qabul qilib oluvchiga uzatilishini simlar orqali taraladigan elektr signallar yoki radio signallar vositasida ta’minlaydigan texnik qurilma va uskunalar majmui. Shunga muvofiq, aloqa tizimlarining elektr aloqa kanallari vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga farq qiladi: telefon aloqasi kanallari; telegraf aloqasi kanallari; faksimil aloqa kanallari; televizion aloqa kanallari; simli aloqa kanallari; radioaloqa (radioeshittirish) kanallari; telemexanika aloqasi kanallari; ma’lumotlar uzatish kanallari va h. k. Odatda, elektr aloqa kanallari guruhlarga mujassam ettirilgan tarzda ko’p kanalli aloqa tizimlari barpo etiladi. 2. Muayyan xabarni uzatish uchun ma’lum aloqa tizimida ajratiladigan chastotalar yo’lagi, uzatish vaqti yoki boshqa jismoniy manba. Klaviatura - (nem. klaviatur, lat. clavis - kalit), muayyan tartibda joylashtirilgan pishang- tugmalar to’plami bo’lib, kompyuter ichiga sonli, matnli axborotni va boshqarish axborotini dastaki kiritish uchun mo’ljallangan. Ma’lumotlar, manzillar va yo’riqlar kodli shinasi -mikroprotsessordagi ichki shinaning bir qismi sanaladi. Aksariyat hollarda BQ quyidagi asosiy amallarning bajarilishi uchun mo’ljallangan boshqaruv signallarini shakllantiradi: mikroprotsessor xotirasi (MPX) komandasining manzilidagi hisoblagich-registr ichidan dasturning navbatdagi komandasi saqlanayotgan xotirada tezkor saqlash qurilmasi (XTSQ) uyasining manzilini tanlab olish; XTSQ uyasi ichidan navbatdagi komandaning kodini tanlab olish hamda solishtirib chiqarilgan komandani komandalar registriga qabul qilib olish; operatsiya kodlari va tanlangan komanda alomatlarining shifrini ochish; XTSQning shifri ochilgan operatsiya kodiga muvofiq keluvchi uyalari ichidan boshqaruvchi signallarning (impulslarning) mashinada mavjud barcha bloklarda ma’lum operatsiya ijrosining tartibini hamda boshqaruvchi signallarning ushbu bloklarga qayta yuborilish tartibini belgilab beruvchi mikrodasturlarni solishtirib chiqarish; komandalar registri va MPX registrlari ichidan hisoblarda ishtirok etayotgan operandlar (sonlar) manzillarining alohida tarkibiy qismlarini solishtirib chiqarish hamda operandlarning to’liq manzillarini shakllantirish; operandlarni (shakllangan manzillar bo’yicha) tanlash va ushbu operandlarga ishlov berishga oid ma’lum operatsiyani bajarish; amalga oshirilgan operatsiya natijalarini xotiraga saqlash; dasturning navbatdagi komandasiga taalluqli manzilni shakllantirish. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling