O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Internetning vujudga kelish tarixi
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
Internetning vujudga kelish tarixi
. Internet, yuborilayotgan xabarlar yo’nalishini dinamik ravishda o’zgartirish yo’li bilan harbiy harakatlar davrida kompyuter tarmoqlariga omon qolish imkonini beruvchi usullarni sinab ko’rish maqsadida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan 1969 yili amalga oshirilgan maxfiy tadqiqot natijasida yuzaga keldi. Eng birinchi bunday tarmoq Kaliforniyadagi uchta tarmoqni Yuta shtatidagi bitta tarmoq bilan Internet-protokol (Internet Protocol yoki qisqacha IP) deb nom berilgan qoidalar to’plami bo’yicha birlashtirgan ARPAnet tarmoqidir. 1972 yili AQSh Mudofaa vazirligiga aloqador universitetlar va tadqiqot tashkilotlariga ushbu tarmoqqa kirish huquqi berilganidan so’ng, u o’z ichiga 50 dan ortiq universitet va tadqiqot tashkilotlarini qamrab olgan butun boshli tarmoqqa aylanib ketdi. 1973 yili ushbu tarmoq Angliya va Norvegiyadagi tarmoqlarni o’z ichiga mujassam etib, xalqaro miqyosga chiqdi. Yana 10 yil o’tgach esa, Internet-protokol mahalliy tarmoqlarni ham, 183 global tarmoqlarni ham qo’llab-quvvatlovchi kommunikatsion protokollar to’plami (TCPG’IP - uzatishni boshqarish protokoli (tarmoqlararo protokol)) evaziga kengaytirildi. Shundan so’ng, oradan ko’p vaqt o’tmay superkompyuter markazlarning beshtasini o’zaro bog’lash maqsadida AQShning milliy ilmiy fondi National Science Foundation (NSF) tomonidan NSFnet yaratildi. TCPG’IP protokoli joriy etilishi bilan bir vaqtda yangi yaratilgan ushbu tarmoq Internetning "o’zagi" (backbone) sifatida ARPAnet o’rnini egalladi. Internetning ommalashib ketib, ravnaq topishiga, shu jumladan, biznes yuritish muhitiga aylanib qolishiga World Wide Web ning (WWW, Butun jahon o’rgimchak inining) paydo bo’lishi qudratli turtki bo’ldi. Zero ushbu gipermatnlar tizimi Internet tarmog’i bo’ylab sayohat tezligini oshirib, uni intuitiv (ichki his bilan) tushunarli holatga keltirib qo’ydi. Hujjatlarni gipermatn orqali bir-biri bilan bog’lash g’oyasi ilk bor 1960 yili Ted Nelson (Ted Nelson) tomonidan ilgari surildi. Biroq, o’sha davr kompyuter texnologiyalarining holati ushbu g’oyani hayotga tatbiq etish imkonini bermagan edi. Bugungi kunda siz bilan biz WWW ostida idrok etadigan tushunchalar asosini 1980 yili Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee) tomonidan Evropadagi elementar zarralar fizikasi Amaliyda (European Laboratary for Particle Physics, Evropa yadroviy tadqiqotlar markazida) gipermatnlar tizimini yaratish bo’yicha olib borilgan ishlar jarayonida yaratildi. Natijada 1990 yili ilm ahli e’tiboriga giperishoralar (hyperlinks) bilan o’zaro bog’langan matnli onlayn fayllarni ko’rib chiqish imkonini beruvchi eng birinchi matnli brauzer (browser) havola etildi. 1991 yili ushbu brauzerdan foydalanish huquqi keng ommaga ham berildi, biroq uning ilmiy doiralardan tashqariga chiqish sur’ati past kechdi. Internet rivojining yangi bosqichi 1993 yilda, AQShning NCSA, National Center for Supercomputing Applications -superkompyuterlarga oid ilovalar milliy markazida 1992 yilda amaliyotdan o’tayotgan talaba Mark Andresen (Marc Andreessen) tomonidan ishlab chiqilgan Mosaic grafik brauzerining birinchi Unix-naqli paydo bo’lishidan boshlandi. 1994 yili Windows va Macintosh operatsion tizimlar uchun mo’ljallangan Mosaic brauzeri, ko’p o’tmay Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer brauzerlarining naqli paydo bo’lishi - WWW shuhratining, demakki Internetning dovrug’i go’yo portlash ta’siridek oshib, dastlab AQShda, so’ngra butun dunyoda ommalashib ketishiga sabab bo’ldi. 1995 yili NSF Internet uchun mas’uliyatni xususiy sektor zimmasiga yukladi va ayni shu fursatdan e’tiboran Internet bugungi kunda siz bilan biz tanish bo’lgan Internet tarmog’i sifatida mavjud bo’lib kelmoqda. Eng ommaviy Internet xizmatlar (servislar) o’z ichiga quyidagilarni mujassam etadi: - elektron pochta (e-mail); - World Wide Web (WWW) dagi matnli va multimediyaga oid shaklga ega axborotni brauzer (Web-browser) yordamida qidirib topish va ko’rib chiqish; - elektron tijorat (e-commerce); - online rejimida (chat, chats) so’zlashuvlar; - ma’lumotni e’lon qilib, unga javoban berilgan ma’lumotni ko’rib chiqish mumkin bo’lgan konferentsiyalar (discusion groups, Usenet); - muayyan rolda ishtirok etiladigan o’yinlar. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling