O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
Internet
(Internet, lat. inter -orasida va net - tarmoq), minglab tarmoqlarni, shu jumladan qurolli kuchlar, hukumat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, xayriya tashkilotlari, sanoat korxonalari, barcha turdagi korporatsiyalar, shuningdek, jismoniy shaxslarga tarmoqqa kirish imkoniyatini havola etuvchi tijorat korxonalarining (xizmat ko’rsatish provayderlarining) tarmoqlarini barobar ulab turadigan Butun jahon kompyuter tarmog’i. Internetga kirish turlari orasida on line va offline kirish turlari ajralib turadi. Birinchi kirish turi Tarmoqdan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi. Ikkinchi turida esa Tarmoqqa doir ishlar oldindan tayyorlanib, unga ulangach, tayyor ko’rinishdagi ma’lumotlar uzatiladi yoki qabul qilib olinadi. Tarmoqqa kirishning bunday turi aloqa kanallarining sifati va ish tezligiga nisbatan yuqori talablar qo’ymaydi, biroq faqat e- mail - elektron pochtadangina foydalanish imkonini beradi. Internet vositasida o’zaro ulangan aksariyat kompyuter tarmoqlarida saqlanayotgan axborot nihoyatda ulkan elektron kutubxonani vujudga keltiradi. Kompyuter tarmoqlari orasida taqsimlangan ma’lumotlarning g’oyat katta miqdori muddaoli axborotni qidirib topish, hosil qilishni qiyinlashtiradi. Internetda olib boriladigan qidiruv amallarini engillashtirish uchun tobora takomillashtirilgan vositalar ravnaq topib bordi. Bunday vositalar orasida axborotni hujjatlarning katta hajmi ichidan tayanch so’zlar bo’yicha qidirish algoritmi qo’llanilgan dasturlar ko’rinishidagi Archie, Gopher va WA^^ tijorat qidiruv mashinalarini (jumladan, search engines, indexes ni) alohida ta’kidlab o’tish joizdir. Foydalanuvchi qidiruv natijalarini maqbullik (relevantlik) darajasi bo’yicha saralangan tayanch so’zlarga ega sarlavhalar va hujjatlar tavsiflarining ro’yxati ko’rinishida qabul qilib oladi. Telnet va shunga o’xshash dasturlar foydalanuvchilarga o’z kompyuteri orqali boshqa tarmoqqa ulangan olisdagi kompyuter bilan bog’lanish imkoniyatini yaratadi. G’TRdan (fayllarni uzatish protokolidan) turli tarmoqlarning kompyuterlari orasida axborot yuborish uchun foydalaniladi. Internet - bashariyat tarixida eng jadal rivojlanayotgan axborot almashinish muhiti sanaladi. Internetga kirishga oid zamonaviy imkoniyatlar, jumladan qo’l telefoni va shu kabi qurilmalar (harakatchan Internet) hamda teleqabulqilgich vositasida kirish, shuningdek, boshqa qurilmalar tarmog’i orqali axborot almashinish imkoniyatlari foydalanuvchilar doirasini kengaytirib yubormoqda. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling