O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Windows OS, uning ishlash shartlari, afzalliklari va imkoniyatlari


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152
Bog'liq
SATQ

Windows OS, uning ishlash shartlari, afzalliklari va imkoniyatlari. 
Windows operatsion tizimi Microsoft firmasi tomonidan 1983 yilning noyabr oyida 
sotuvga chiqarilgan.Hozirgi kunda O’zbekistonda uning Windows 95, Windows 98, Windows 
Millennium, Windows 2000, Windows NT, Windows XP, 7, 8 va boshqa turlari keng tarqalgan.
Windows dasturining interfeysi garfikli bo’lib, foydalanuvchilar uchun juda qulaydir. Bu 
operatsion tizimning yana bir qancha qulayliklari foydalanuvchilarga xush kelgani sababli, 
dunyoda eng keng tarqalgan operatsion tizimga aylangan. Bu qulayliklarning ayrimlarini sanab 
chiqamiz: 
1. Bir vaqtning o’zida bir qancha dasturlar bilan ishlash imkoniyatiga egaligi; 
2. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalarini o’rnatish uchun maxsus “Мастер” 
dasturlarining mavjudligi
3. Dasturlar orasidagi axborotlar almashinuvining qulaylashganligi; 
4. Bitta kompyuterdan bir qancha foydalanuvchining foydalana olishi va foydalanuvchilar 
fayllarining daxlsizligi; 
5. Operatsion tizimni qayta tiklash funktsiyasi sistemani qayta tiklab, hujjatlarning 
yo’qotilishini oldini olishi; 
6. Yuqori darajada ishonchliligi; 
7. O’z – o’zini takomillashtirish dasturlarining mavjudligi; 
8. Windows 7 dasturi o’rnatilgan kompyuterga xech bo`lmaganda 512 Mbaytgacha tezkor 
xotira qurilmasini o’rnatish mumkinligi; 
9. Audio va video fayllarining sifatini nazorat qila olishi; 
10. Viruslardan himoyalanish yanada samaraliroq bo’lganligi va hokazo. 
Windows operatsion tizimlarining so’ngi turi Windows 7 Professional hisoblanadi. 
Windows 7 Professional dasturining Home Premium va Ultimate turlari mavjud bo’lib, 
Windows 7 Professional tarmoqdagi kompyuterlar uchun, Windows 7 Home Premium esa yakka 
holdagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan. Shunday bo’lsa hamki, Windows 7 Professional 
operatsion tizimini yakka kompyuterlarga o’rnatish mumkin. Bu kitobda asosan Windows 7 
Professional operatsion tizimini (keyinchalik kitobda qisqartirib Windows 7 deb yuritiladi) 
o’rganamiz. 
Windows 7 dasturini kompyuterga o’rnatish uchun kompyuter quyidagi minimal 
talablarga javob berishi kerak:[A-1.XXXII,5-7 pages] 


26 
1. Protsessor – Pentium III – 500 МГц; 
2. Tezkor xotira – kamida 24 Mbayt, tavsiya etiladi 512 MBayt; 
3. Qattiq diskda – kamida 527 Mbayt bo’sh joy; 
4. Monitor o`lchami – kamida 1024 x 768 piksel bo`lish kerak; 
5. Multimedia vositalari. 
Windows 7 dasturida ishning boshlanishi “Сеанс” deb nomlanadi. Windows 7 
Professional dasturida ish boshlash uchun siz maxsus nomga va ayrim hollarda parolga ega 
bo’lishingiz kerak. Uni siz tarmoq boshqaruvchisidan bilib olasiz.
Windows 7 dasturi kompyuterga o’rnatilgandan keyin uni faollashtirish talab etiladi. Bu ish 
Microsoft firmasi tomonidan qo’yilgan shart bo’lib, Windows 7ning noqonuniy tarqalishini 
oldini olish maqsadida joriy etilgandir. 
Kompyuterga Windows 7 dasturi o’rnatilgan bo’lsa, kompyuter yoqilishi bilan bu dastur 
ishga tushib, ekranda 1.1 – rasmdagi ko’rinish hosil bo’ladi. 
Windows 7 dasturingizning ko’rinishi boshqacharoq bo’lsa, ajablanmang. Uning ko’rinishi 
qanday o’rnatilishiga bog’liq. Yoki ish stolining xususiyatlari o’zgartirilgan bo’lishi ham 
mumkin. 
Windows 7 dasturining tashqi ko’rinishi, ayniqsa bosh menyu, oldingi Windows operatsion 
tizimlaridan farq qiliadi. Agar, siz Windowsning oldingi turlari bilan tanish bo’lsangiz, bu 
o’zgarishlarni darhol bilib olasiz. Bu o’zgarishlar haqida keyinchalik batafsil aytib o’tiladi. Agar 
umuman Windows operatsion tizimida ishlamagan bo’lsangiz, u bilan erkin ishlashni o’rganib 
olasiz.
Windows operatsion tizimida samarali ishlash uchun sichqonchadan foydalanishni bilish 
kerak. Quyidagi 1 – jadvalda sichqoncha bilan bajariladigan standart amallar keltirilgan: [A-
1.117 page] 
1 – jadval

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling