21
–
Portativ kompyuterlar (Notebook, noutbuklar) – bunday turdagi kompyuterlaning
ekrani va asosiy bloki birlashgan bo’lib mobil foydalanishga juda qulay. (1.6 - rasm)
–
Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computer) - uyda va ish
joyida turli masalalarni
echishda foydalaniladigan IBM rusumidagi kompyuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi
va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy masalalarni echishga etarli hisoblanadi (1.7-
rasm).
–
Server kompyuterlar (Servers) - fan va texnikaning turli
sohalariga oid masalalarni
echishga hamda tarmoqdagi kompyuterlarga o’z resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan
kompyuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy kompyuterlarnikiga
qaraganda ancha yuqori hisoblanadi (1.8-rasm).
–
Super kompyuterlar (Super Computer) - juda katta tezlikni
talab qiladigan va katta
hajmdagi masalalarni echish uchun mo’ljallangan tizimdir. Bu kompyuter tizimlari 1
sekundda o’n trillion amal bajaradi (1.9-rasm) [1, 29].
1.5- Mini kompyuter 1.6- Portativ kompyuter 1.7- Shaxsiy kompyuter
1.8- Server kompyuter 1.9- Super kompyuter
Do'stlaringiz bilan baham: