43
Excel da ishlash jarayonida doimo kataklardan biri faol bo`ladi.
Faol katak qora
to`rtburchak bilan ajratiladi. Faol katakning ustun nomi va satr raqami tiniqlashib ajralib turadi.
Katakni belgilash
Kompyuter texnologiyalari uchun belgilash umumiy hol.
Biror ish bajarishdan oldin
belgilash lozim. Bitta katakni belgilash oddiy, uning ustida chertish kifoya.
Qaysi katak
belgilanganligini qora to`rtburchak ko`rsatib turadi.
Белгиланган
катак
Bir necha kataklarni ham belgilash mumkin. Ular sichqoncha chap tugmasi va
klaviaturaning ikkita klavishasi yordamida belgilanadi.
Birinchi usul, Shift klavishasidan
foydalanilgan holda. Belgilanadigan sohaning chap yuqoridagi katagini belgilang.
Shift
klavishasini bosgan holda sohaning o`ng pastki katagiga cherting. So`ngra sichqoncha tugmasi
va klavishani qo`yib yuboring. Boshqa sohalarni belgilashda oldingilari bekor qilinishiga E`tibor
bering.
Ikkinchi usul Ctrl klavishasi yordamida. U murakkab sohalarni belgilashda qo`llaniladi.
Undan foydalanish: bitta katakni belgilang va Ctrl klavishasini bosgan
holda boshqa ixtiyoriy
kataklarni belgilang.