O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mobil tijorat
Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati. Mobil telefonlar va
boshqa mobil aloqa vositalaridan foydalanganda so’zlashish madaniyatiga, xabarlarni yozish va elektron pochtadan foydalanish etikasiga hamda telefon apparatidan foydalanish qoidalariga rioya qilish zarur. Telefon orqali nojo’ya so’zlarni gapirish, turli nojo’ya xabarlarni jo’natishdan saqlaning. Mobil tijorat (m-tijorat) – elektron tijoratning turi bo’lib, mobil telefonlar, shaxsiy cho’ntak kompyuterlari va boshqa simsiz aloqaga ega mobil uskunalar orqali to’lov operasiyalarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Bunda simsiz aloqaga ega mobil uskunalar qatoriga smartfonlar (iPhone, Google Android), planshetlar (iPad, Amazon Kindle), netbuklar va noutbuklar kiradi. M- tijorat tovar va izmatlarning online sotuvi imkoniyatlarini kengaytiradi. Boshqacha aytganda, mobil tijorat bu mobil telefondan foydalanuvchi interfeysi sifatida qo’llovchi turli tijorat xizmatlari (aloqa xizmatidan tashqari) uchun umumiy nomdir. Jarayon cho’ntak kompyuterlari yoki smartfonlar yordamida masofaviy aloqa (internet, gprs va boshqalar) orqali amalga oshiriladi. Mobil tijorat masofadagi foydalanuvchilar bilan o’zaro aloqa jaryonlarini avtomatlashtirish bo’yicha dasturiy-apparat yechimidir. Mobil savdo atamasi ham uchraydi. Bu savdoni avtomatlashtirish tizimlari bilan uzviy bog’langan va eng avvalo buyurtma yig’ishni avtomatlashtirishga qaratilgan biznes yechimdir. Ayrim hollarda mobil savdo (mobil sotuv) tushunchasi mobil tijorat tushunchasiga nisbatan keng qo’llaniladi. Tarixga nazar soladigan bo’lsak birinchi mobil tijorat amaliy jihatdan 1997 yil Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida qo’llanilgan. Shahar ko’chalarida o’rnatilgan ikkita Koka-kola kompaniyasining avtomatlari ichimliklarni sms yordamida sotish yo’lga qo’yilgan. O’shandayoq Merita bank of Finland banki orqali mijozlarga mobil banking xizmatlari taklif etila boshlangan. Mobil tijoratdan quyidagi yo’nalishlarda foydalaniladi: • Internet • Telefoniya • Kommunal to’lovlar • Avia va temir yo’l biletlari • Sayohat • Sug’urta Hozirgi kunda mobil tijoratning afzalliklaridan biri bu uning firibgarlik xatarini kamaytirish qobiliyatidir. Aynan plastik kartochkalar bilan bo’lgan firibgarlik ular bo’yicha 154 operasiyalar amalga oshirishning yuqori ustamalari sababchisidir. Mobil tijorat bilan ushbu xatarlar sezilarli ravishda qisqaradi, chunki mobil tijorat mijozning mobil aloqa operatori bilan ma’nodosh identifikatsiyasini nazarda tutadi. Shu tariqa, tranzaksiya haqi 2% dan 0,5% va undan kam miqdorgacha kamayadi. Bundan tashqari, mobil to’lovlar tizimi qimmat turadigan o’qish uskunalarini talab qilmaydi va shuning uchun plastik kartalardan hanuzgacha to’lov qabul qilmagan taksi, mayda do’kon va restoranlarda ham qo’llanilishi mumkin. Mobil telefondan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirishning bir necha turlari mavjud: mobil to’lovlarni amalga oshirishning eng sodda turi operator markazi orqali amalga oshirish hisoblanadi. Bu holda movil telefon huddi stansionar telefon kabi ishlatiladi. Undan avtomatlashtirilgan telefon markaziga qo’ng’iroq qilinadi, u yerda aniqlashtirish amalga oshiriladi, qabul qiluvchi va to’lov summasi ko’rsatiladi (tonal rejimda raqamli klavishlar yordamida). Prossessing markaziga ushbu ma’lumotlarni yetkazishning boshqa usuli SMS- xabarlardir (Short Message Service – qisqa xabarlar xizmati). Qoida bo’yicha bu xazmatdan foydalanish uchun avvaldan operatorlik markazi yoki prossessing kompaniyasi bilan hamda to’lovchilar va qabul qiluvchilar bilan munosabatlar o’rnatiladi (hisobraqam ochish, identifikasiya uchun parol olish, to’lovlarni qabul qiluvchining bank rekvizitlarini ko’rsatish va hokazo). Ayrimlar ushbu xizmatni telefon-banking deb ham ataydilar. WAP dan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirish. WAP internet tijoratga xos bo’lgan to’lov vositalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Mobil o’zaro hisob-kitoblarning boshqa turlari autentifikasiya, saqlash, qayta ishlash va axborotni uzatishda maxsus mikroprosessorli uskunani talab etadi. Odatda mobil to’lovlar uchun mo’ljallangan telefon dastagi ikkita mikrosxemaga ega bo’ladi, ularning har biri xotira va mikroprosessorga ega bo’ladi: birinchisi standart, mobil aloqa operatori SIM kartasida joylashadi; ikkinchisi foydalanuvchining barcha bank axborotlarini saqlaydi. Ushbu ikkinchi mikrosxema faqatgina maxsus PIN kod orqali aktivlashadi, bu PIN kod telefonda ham plastik karta ham POS terminal analogini mujassamlshtiradi. Shu tariqa mobil tranzaksiyalar internet tranzaksiyalardan farqlanadi. Moliyaviy axborotlar SMS xabarlar ko’rinishida uzatiladi. Axborotni uzatishning ushbu usuli foydalanuvchi uchun boshqalaridan ko’ra qulayroq, soddaroq va kamxarjroq hisoblanadi, chunki past narxga ega, xabar yetkazilganligini ma’lum qilish funksiyasi mavjud, qimmat narxli aloqa kanallarini talab etmaydi, so’zlashuv kanali band bo’lgan taqdirda ham abonentga kelib tushadi. Mobil tijorat anchyin katta salohiyatga va biznes yuritishda qator qo’shimcha imkoniyatlarga ega: • Cheklovlar yo’qligi (pochtani olish, zarur axborotni o’qish, xaridni amalga oshirish uchun kompyuter yoki internet terminal bilan yonma yon bo’lishning hojati yo’;q, bittagina mobil telefonning o’zi kifoya); • Lokalizatsiya (GPS – Global Positioning System kabi texnologiyalar berilgan hududga tegishli axborotni olish imkoniyatini beradi, masalan yaqin orada joylashgan do’kondan qiziqtirayotgan tovarni xarid qilish taklifi); • Shaxsiylashtirish (telefon shaxsiy buyum bo’lib, u orqali egasini aniqlash mumkin. Har bir alohida mijiz bilan munosabatlarni o’rnatish bu mobil tijoratning kuchli tomonlaridan biridir. Internet treyderlari brokerlik xizmatlarini taklif qilgan holda bu ustunliklardan foydalanishlari mumkin. Mobil foydalanuvchilarga xizmatlar taklif etuvchilar bunga e’tibor qaratishlari lozimdir). Shu bilan bir qatorda sezilarli kamchiliklarni ham sanab o’tish joizdir: 155 • Tarmoqning o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan bog’liq cheklovlar. Uchinci avlod tarmoqlari simli internet bilan qiyoslasa bo’ladigan o’tkazish qobiliyatini va’da qilishmoqda, biroq hozirda u eng yaxshi holda 19,2 kbit/s ni tashkil qiladi; • Ekran o’lchovlari. Hattoki movil telefon ekrani kattalashtirilganida va uning texnik xarakteristikalari yaxshilanganida ham u baribir kichikligicha qoladi. Matn terish ham unchalik qulay bo’lmaydi. Biroq telefondan foydalanishning shubxasiz afzalliklari ham borki, masalan aeroprtda ro’yhatdan o’tish, xarid chog’ida to’lov terminali sifatida foydalanishda bu uskunalar salmoqli rol o’ynaydilar. Ayni paytda ekran kichikligi va matn terish noqulayligi kabi kamchiliklarni telefon bilan birgalikda noutbuk yoki cho’ntak kompyuterini ishlatib bartaraf etish mumkin. Nazorat savollari: 1.Elektron tijorat modellari haqida tushuncha. 2.Elektron tijorat tamoyillarini xususiyati va yaratilishi. 3.Elektron tijoratr sektorlaridagi modellarni ishlash jarayonlari. 4.B2B (Business to business). C2C (Consumer-to-consumer). G2C (Doverment to consumer). C2B (Consumer-to-business). 5. Elektron tijorat jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli: tijorat-tijoratga; tijorat-xoridorga; tijorat-davlatga ; xoridor-tijoratga; xoridor-xoridorga; xoridor-davlatga; davlat- tijoratga; davlat-xoridorga ; davlat-davlatga. 6.Elektron tijorat jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli turlari. B2B (Electronis Data Interchange-EDI, E-MARKETING, “E-TRADE”, E-CASH, ELECTRONIC FUNDS TRANSFER- EFT dasturining ishlash texnologiyasi. 7.Taskilotlarda va tadbirkorlikda elektron tijoratni B2B sektoridan foydalanishda samaradorlik omillari. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling