O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchi avlod
- "Super kompyuter"
Uchinchi avlod (1960 yillarning o’rtasi va 1970 yillar) kompyuterlarining asosini
integral sxemalar tashkil qiladi (bunday sxemalar birinchi marta AQShdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shahrida yaratilgan). Fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristallidan yasalgan plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli aralashmasining yupqa qatlamini surtib qo’ygan holda tuzish mumkinligini ko’rsatdi. Elementlarni birdagina plastinkaning ko’pgina qismlarida ham tashkil qilish mumkin. Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko’p qatlamli moddalar ko’rinishidagi bunday sxema integral sxema nomini olgan. Bitta kristallda joylashgan dastlabki integral sxemelarda yuzga yaqin elementlar joylashgan edi. Integral sxemalarning ixtiro qilinishi kompyuterning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan xozircha to’la foydalanib bo’lingani yo’q. Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlanishi, o’lchamlarning ixchamligi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod kompyuterlardagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi integral sxemalar qo’llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan 1 mln. arifmetik amalgacha bulib, bunday kompyuterlarga "IBM-360" (AQSh, 1965) va ES oilasiga mansub bo’lgan ES-1022, ES-1035, ES-1060 va h.k. kiradi (1.3.- rasm). To’rtinchi avlod (1970-1980 yillar) kompyuterlarida bir kremniy kristallida o’n minglab o’tkazgich elementlar bo’lgan katta integral sxemalar (BIS - Bolshaya integralnaya sxema) qo’llaniladi. Bir kremniy kristallida butunlay joylashadigan kompyuter protsessorining yaratilishi XX asrning ajoyib yutug’i bo’ldi. Bunday bir kristalli protsessorlar mikroprotsessorlar degan nomni oldi. Natijada bitta platada kompyuterning hamma qurilmalarning elektron sxemalarini joylashtirish mumkin bo’lib, o’ttiz yil ilgari katta zalni egallagan kompyuterning o’zi esa hajmi va narhi bo’yicha foydalanuvchining ish joyida yakka tartibda qo’llashga imkon yaratib berdi. Natijada shaxsiy kompyuterlar, chuntak va stol mikrokalkulyatorlari paydo bo’la boshladi. Hozirgi paytda ishlash tezligi, xotira sig’imi va boshqa hususiyatlari bo’yicha eng yuqori bo’lgan "Super kompyuter" mashinalarini tayyorlash imkoniyati paydo bo’ldi. Bunday kompyuterlar eng zamonaviy elementlar bazasida tayyorlanib, juda qimmatbaxo, lekin bu mashinalar fan va texnikaning turli soxalarida tengi yo’qdir. Ularning tezligi sekundiga 100 mingdan bir necha million arifmetik amalgacha bo’lib, bunday kompyuterlar jumlasiga xozirgi paytda ishlab chiqarishda keng qo’llanilayotgan 486 DX2-66, Power Macintosh, VIST 2000, Pentium va h.z. kiradi (1.4-rasm). Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling