O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152
Bog'liq
SATQ

Beshinchi avlod kompyuterlari optik elementlar asosida yaratilgan bo’lib, ular kelajak 
mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer nurlari bilan almashtiriladi. Natijada kompyuterning 
tuzilishi ham tubdan o’zgaradi. Uning asosiy hususiyatlaridan biri faqat sonli hisoblashlarni 
emas, balki axborotni kiritishda analiz qilish usuli bilan fikrlanadigan axborotlarni ham bajarish 
imkoniyatiga ega, yani kompyuter bilan muloqot tabiiy maxsus bilimga ham ega bo’lmog’i 
kerak. Xulosa qilib aytganda, beshinchi avlod kompyuterlarning ishlash printsipi inson 
tafakkurining 
faoliyatiga 
iloji 
boricha 
yaqinlashuvi 
lozim. 
Demak, 
ushbu 
avlod 
kompyuterlarning operativ xotirasi suniy intellektda tasvirlanishi kerak. Bundan ko’rinadiki, 
beshinchi avlod kompyuterlarini faqatgina bizga malum bo’lgan hisoblash jarayonlari uchun 
emas, balki inson faoliyatining turli soxalarida keng ko’lamda qo’llash mumkin bo’ladi. 
Ularning tezligi yorug’lik tezligiga yaqin bo’lib, bunday kompyuterlar loyihasi ichida yapon 
loyihalari birinchi o’rinni egallaydi [1, 18]. 
1.1-rasm 1.2-rasm 1.3-rasm 1.4-rasm 
Kompyuterlarning turlari: 
Mini kompyuterlar (MiniComputer) – o’lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan 
juda kichik hisoblanadi. Bunday kompyuterlar cho’ntak kompyuterlari deb ataladi (1.5 - 
rasm) 


21 
Portativ kompyuterlar (Notebook, noutbuklar) – bunday turdagi kompyuterlaning 
ekrani va asosiy bloki birlashgan bo’lib mobil foydalanishga juda qulay. (1.6 - rasm) 
Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computer) - uyda va ish joyida turli masalalarni 
echishda foydalaniladigan IBM rusumidagi kompyuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi 
va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy masalalarni echishga etarli hisoblanadi (1.7- 
rasm). 
Server kompyuterlar (Servers) - fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni 
echishga hamda tarmoqdagi kompyuterlarga o’z resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan 
kompyuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy kompyuterlarnikiga 
qaraganda ancha yuqori hisoblanadi (1.8-rasm). 
Super kompyuterlar (Super Computer) - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta 
hajmdagi masalalarni echish uchun mo’ljallangan tizimdir. Bu kompyuter tizimlari 1 
sekundda o’n trillion amal bajaradi (1.9-rasm) [1, 29]. 
1.5- Mini kompyuter 1.6- Portativ kompyuter 1.7- Shaxsiy kompyuter 
1.8- Server kompyuter 1.9- Super kompyuter 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling