2. Suv resurslarini o`rganganda va ularga baxo berganda quyidagilarga
e`tibor beriladi:
* ulardan xo`jaliklning qaysi soxalarida foydalanilmoqda;
* ularning qancha qismi sug’orishda va axolini suv ta`minotida ishlatiladi;
* ularni ifloslanish darajalari qay axvolda ;
*
ulardan
samarali
foydalanilmoqda
yoki
isrofgarchilikka
yo`l
qo`yilmoqdami.
3. Er resurslari, ularni sifati va maydoni. Joyning er resurslariga baxo
berilganda ishlov beriladigan erlarga ko`proq e`tibor beriladi. Ular xamma joyda
eng qimmat baxo erlar xisoblanadi. Ishlov beriladigan erlar sug’oriladigan va
sug’orilmaydigan (lalmi) bo`lishi mumkin. Ishlov beriladigan erlarning maydoni
va ularni o`lkaning umumiy maydonidagi ulushi xamda maxsuldorligi aniqlanadi.
4. Mineral resurslar. Mineral resurslarni o`rganishda quyidagilarga e`tibor
beriladi:
* joyda qanday foydali qazilmalar qazib olinadi va qachondan buyon;
* foydali qazilma koni qaysi usulda qazib olinadi (ochiq yoki yopiq (shaxta));
* qurulish xom ashyosidan qanday turlari tarqalgan (g’isht xom ashyosi,
shag’al, qum, oxaktosh, marmar, granit va x.k.) va ularni qaysilari qazib olinadi va
qaerlarga jo`natiladi.
5. Biologik resurslarga yaylovlar, tabiiy pichanzorlar, o`rmonlar, yovvoyi
xayvonlar xo`jalikda ishlatiladigan dorivor o`simlklar, xayvonlar kiradi.Joydagi
yaylovlar,
pichanzorlar
o`rganilganda
ularni
maydoni,
maxsuldorligi,
o`simliklarning turlari aniqlanadi.
6. Rekreatsiya resurslariga dam olish maskanlari kiradi.
Rekreatsiya resurslari o`rganilganda joyda tabiiy yoki rekratsiya ob`ektlaridan
qaysi turlari va qaerlarda tarqalgani aniqlanadi va ularni tavsifi tuziladi. Ular
asosida joyni yoki o`lkani turistik xaritasi tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |