1.
Axolining soni, o`sishi, o`lkani mintaqa axolisining umumiy sonidagi
ulushi. Tug’ilish, o`lim, tabiiy o`sish, oilaviylik.
2. Axolining jinsiy va yosh tarkibi. Mexnatga yaroqli axoli soni. Uzoq-umr
ko`ruvchilar soni.
3.
Axolining milliy tarkibi, turli millatlarning o`lka bo`ylab joylashishi va
soni.
4. Axolining ijtimoiy tarkibini o`zgarishi; Axolining xalq xo`jaligi tarmoqlari
bo`yicha taqsimlanishi. O`lkaning mexnat resurslari va ulardan foydalanish.
5. O`lkadagi
shaxarlar va qishloqlar, ularni joylanishi. SHaxar axolisining
ulushi. SHaxarlarning turlari. Qishloqlarning turlari va tarqalishi.
6. Axolining o`lka xududi bo`yicha tarqalishi. O`rtacha
zichligi, turlicha
zichlikning sabablari.
7. Axolining ma`lumotliligi darajasi. Ularni umumiy axoli sonidagi ulushi.
8. Axolini ko`chib yurishi, ularni sabablari va ko`chish yo`nalishi.
Amaliy mashg’ulot mavzusi:
O`lkadagi shaxarlarni o`rganish
Topshiriqlar va yo’riqlar (instruktaj)
O`lkadagi shaxarlar quyidagi tartibda o`rganiladi:
1. Geografik joylanishi:
matematik
geografik joylanishi, ya`ni uning kengligi,
uzunligi, geografik
koordinatasi
xarita yordamida aniqlanadi; tabiiy geografik joylanishi,
yirik
daryolarga, tog’larga, ko`llarga, tekisliklarga nisbatan joylanishi;
iqtisodiy
geografik joylanishi – davlat, viloyat, tuman markaziga, yirik sanoat markazlariga,
transport tugunlariga nisbatan joylanishi.
2. Vujudga kelish tarixi,
mazkur joyda joylanish sababi, nomini kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari,
yirik va mashxur namoyondalar.
Do'stlaringiz bilan baham: