O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo-mexanika fakulteti


Download 1.51 Mb.
bet19/22
Sana08.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1176398
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
5.3.Atrof muhit muhofazasi

Hozirgi kunda insonlarni ishlab chiqarish faoliyati natijasida atrof - muhitni ifloslanishi muammosi nafaqat mahalliy davlat va regional balki planetar hamda global ahamiyatga ega boʼldi. Shuning uchun atrof - muhitni muhofaza qilish muammosini hal kiliniщi bir davlat xududi bilan chegaralanib qolmay, barcha Davlatlar birgalikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Ushbu sohadagi eng keng halqaro hamkorlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida olib borilayapti. 1972 yilda atrof muhit muhofazasi borasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan atrof - muhitni muhofaza qilish boʼyicha maxsus Xalqaro tashkilot tashkil qilindi. Uning nomi Yu N Ye P - «BMT ning atrof muhit dasturi» - deb ataladi. Yu N Ye P - ning faoliyati quyidagi yoʼnalishlarni oʼz ichiga oladi: 1. Аholi zich joylashgan poʼnktlardagi ekologik muammolarni hal etish, inson salomatligi va yashash sharoitini yaxshilash, 2. Yer yuzi ekosistemalarini himoya qilish va choʼl zonalarini kengayishiga qarshi kurashish. 3. Ekologik taʼlimni va axborot ishlarini tashkil qilish. 4. Аtrof - muhitni muhofaza qilish sohasida savdo, iqtisodiy va texnologik aloqalarni rivojlantirish. 5. Dunyo okeanini ifloslanishdan saqlash. 6. Yovoyi oʼsimliklar va hayvonlarni himoya qilish. 7. Energetika sohasida ekologiya masalalarini hal qilish. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida atrof - muhitni muhofazasi bilan shugʼullanuvchi yana bir qator tashkilotdar mavjuddir: Butun jahon salomatlik tashkiloti (VOZ), Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EJ) va boshqalar. 1992 yil Stokgolmda oʼtkazilgan BMTning atrof - muhitni muhofazasi muammolariga bagʼishlangan halqaro konferentsiyasida 5 iyunь kuni butun jahonda atrof - muhitni muhofaza qilish kuni deb eʼlon etildi.


Аtrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy - nazariy asoslarini ishlab chiqish uchun eng avvalo tabiat qonunlarini va nihoyat insoniyat jamiyati bilan tabiat oʼrtasidagi bogʼliqlik qonunlarini mukammal ravishda oʼrganib chiqishimiz zarurdir. Koʼpchilik falokatlar aynan ana shu bogʼliqlik qonuniyatlarini hisobga olmay insonlarning tabiatga koʼrsatayotgan taʼsirlari oqibatidan kelib chiqayapti.

Janubiy kon boshqarmasiga qarashli GMZ-4 Zavodi tog’li hududda joylashgani sababli havosi tozza quruq van am nisbiy namlik 72% tashkil qiladi


Havo yozda ham salqinroq va bazida yomg’ir ham yog’ib turadi,zavod katta ishlab chiqarish chiqarish zonasi bo’lganligi sababli korxonaning atrof muhitga
Uziga yarasha texnogin ta’siri ham bor, bular quyidagilarni tashkil qiladi Drabilkadan har kuni lentalarga toshlar tukiladi bu esa kup changlanishni yuzaga
Keltiradi,abilka yoqish natijasida esa havoga karbonat angedret gazi chiqadi,
Sorbsiya bo’limida esa seyan moddasini faolligini kamaytirib yuq qilish maqsadida smala ishlatiladi. Zavodda muhitning ekologik vaziyatini yaxshilash texnogin ta’sirini kamaytirish,. aholi yashash hududlarga zarar yetkazmaslik uchun bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan savodda changni ushlab qolish maqsadida har xil turdagi archalar ,daraxtlar,vevali daraxtlardan olma, giloslar ekilgan undan tashqari savodni tozza ozodaligini taminlash maqsadida har xil turdagi gullar ekilgan .Seyanlangan zararlangan texnogin suvlar esa aholi yashash punktlaridan uzoqroqqa quvirlar orqali olib ketilgan bo’lib katta damba qilingan.
Zavodga xodimlarni tozza ichimlik suvi bilan taminlash maqsadida Tusinsoy suv omboridan Quvur liniya orqali tozza ichimlik suvi tortib kelingan.
Xodimlarga qo‘yiladigan talablar ;
1. Xodimlarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirish tartibi elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
2. Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar (keyingi o‘rinlarda — MTX) xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi talablariga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
3. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilar, o‘zlariga yuklatilgan vazifalar doirasida ushbu Qoidalarni bilishlari va ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhga mansub bo‘lishlari shart.
Qo‘yilgan talablarga javob beradigan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi va xodim guvohnomani ish vaqtida o‘zi bilan olib yurishi shart.
4. Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni (maxsus ishlarni) bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida bilimlar sinovidan o‘tganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv bo‘lishi shart. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
balandlikda bajariladigan ishlar;
tok o‘tkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlar: izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta’mirlash, izolyatorlarni va biriktiruvchi qisqichlarni o‘lchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni moylash;
bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatish;
uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan tashqari).
Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda to‘ldirilishi mumkin.
5. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlariga jalb qilinishi taqiqlanadi.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling