O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo-mexanika fakulteti
Xavfsizlik texnikasi, yong‘in va ekologiya xavfsizligi
Download 1.51 Mb.
|
Xavfsizlik texnikasi, yong‘in va ekologiya xavfsizligi
1. Elektr qurilmalarni va ular joylashgan binolar va inshootlar tuzilishi, ularni ekspluatatsiya qilishini tashkil qilish va ta’mirlash mehnat muhofazasi standartlari tizimlari talablariga va XTQga javob berishi shart. 2. Elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan himoya vositalari, moslamalar va asboblar mehnat xavfsizligi bo‘yicha amaldagi NTHga mos ravishda ko‘rik va sinashlardan o‘tishi shart. 3. Elektr xo‘jaligi xodimlari lavozimi (kasbi) uchun majburiy hajmdagi elektr uskunalar va elektr qurilmalarda ishlar bajarilganda xavfsizlik talablarini o‘rnatadigan mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilishlari shart. Yo‘riqnomalar, xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaldagi nizomlarga mos ravishda ishlab chiqiladi. 4. Elektr xo‘jaligini har bir xizmatchisi, xizmat ko‘rsatilayotgan uskunaga taalluqli mehnat xavfsizligi va ish joyida mehnatni tashkil qilish talablarini bilishi va bajarishi shart. 5. Har bir korxonada xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar, ushbu ishlarni xavfsiz bajarilishini va tashkil etilishini yagona tizimini, elektrotexnik, texnologik va boshqa xodimlarning funksional vazifalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini va lavozim bo‘yicha javobgarliklarini o‘rnatadigan mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi haqidagi nizomga mos kelishi shart. Korxona rahbari va elektr xo‘jaligiga javobgarlar (bosh energetiklar, bo‘lim va elektr ta’minoti xizmati boshliqlari) elektr xo‘jaligi xizmatchilari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va xodimlarni elektr tokidan shikastlanish hollarini oldini olish bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlar uchun shaxsiy javobgarlik olib boradilar. Korxonalar tarkibiy bo‘linmalarining elektr xo‘jaligiga javobgarlari (elektr sexi, podstansiyalar, xizmatlar, laboratoriyalar boshliqlari, ustalar va boshqalar) xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish, ko‘rgazmali qo‘llanma bilan yo‘riq berish va xodimlarga xavfsiz ishlash usullarini o‘rgatish, shuningdek doimiy ravishda uskunaning mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga mos kelishini nazorat qilish, xodimlarning mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilishlarini va bajarilayotgan ish xarakteridan kelib chiqib ular himoya moslamalari, maxsus kiyimlar va boshqa shaxsiy himoya vositalari qo‘llashlarini tizimli nazorat qilib borish bo‘yicha tashkiliy va texnik tadbirlarni o‘tkazilishini ta’minlashlari shart. 6. Har bir baxtsiz hodisa, shuningdek mehnat xavfsizligi talablari buzilishi holatlari, sodir bo‘lish sabablarini va ularni yuzaga keltirgan aybdorlarni aniqlash va bundan keyin bunday holatlar takrorlanmasligini oldini olish choralarini ko‘rish uchun, sinchiklab tekshirilishi shart. Baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart. Baxtsiz hodisalar tekshiruvi to‘g‘ri, o‘z vaqtida o‘tkazilishi va hisobga olinishi, N-1 shaklidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirilishi, dalolatnomalarda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun javobgarlikni rahbarlar, butun korxona va uning tegishli tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar olib boradilar. 7. Elektr qurilmalarda yuz bergan baxtsiz hodisalar uchun javobgarlikni xavfsizlik yoki mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar talablarini bevosita buzgan shaxslar bilan birga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar, shuningdek mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasini ta’minlamagan, mehnat xavfsizligi standartlarini bajarmagan va baxtsiz hodisani oldini olish uchun zarur choralar ko‘rmagan boshqa ma’muriy-texnik xodimlar ham olib boradilar. 8. Elektr qurilmalarda guruhiy baxtsiz hodisalar va oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni tekshirish materiallari korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaligi xodimlari bilan ishlab chiqilishi shart. Bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun tadbirlar ishlab chiqilishi shart. 9. Korxona tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaliklarining barcha ishlab chiqarish xodimlari elektr toki ta’siriga tushgan odamni ozod qilishni va unga birinchi yordam berishni amaliy usullariga, shuningdek boshqa baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish usullariga o‘rgatilgan bo‘lishi shart. 10. Korxonaning ishlab turgan elektr qurilmalarida begona tashkilotlar qurilish-montaj, sozlash va ta’mirlash ishlarini o‘tkazayotganda qurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash va ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning o‘zaro harakatlarini hisobga oluvchi mehnat xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, portlash va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqilishi shart. Bitta uskunada yoki inshootda bir vaqtning o‘zida bir nechta tashkilot ish bajarganda, ishlarning birlashgan ish jadvali tuzilishi shart. Ushbu tadbirlar va ish jadvallari korxona elektr xo‘jaligiga javobgar tomonidan tasdiqlanishi shart. Ish joyini tayyorlash, ishlarning birlashgan ish jadvalini bajarish va mehnat xavfsizligi bo‘yicha birgalikda tuzilgan tadbirlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun, shuningdek ishga qo‘yish uchun javobgarlikni korxonaning va tegishli tarkibiy bo‘linmaning elektr xo‘jaligiga javobgarlari olib boradilar. Begona tashkilotlar rahbarlari, ushbu tashkilot xodimlari malakasi muvofiqligi uchun, ularning xavfsizlik talablariga rioya qilishlari va o‘z uchastkalarida mehnat xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilishlari va bajarishlari uchun javobgarlik olib boradilar. 11. Korxona elektr xo‘jaligining har bir bo‘linmasida aptechkalar va dori-darmon va tibbiy vositalari bor birinchi yordam sumkalari bo‘lishi shart. Xodimlar soha me’yorlariga mos ravishda maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi va boshqa individual himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart. 12. Ishlab turgan uskunalar bor xonalarda (boshqaruv, releli shchitlar va shunga o‘xshashlardan tashqari), ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida (bundan keyin ― OTT, YOTT), quduqlarda, kameralarda, elektr stansiya va elektr tarmoqlari kanallari va tunellarida, qurilish maydonchalarida, ta’mirlash zonasida bo‘lganlarida, shuningdek havo elektr uzatish liniyalariga xizmat ko‘rsatayotganda xodimlar himoya kaskalarini kiyishlari shart. 13. Elektr uskunalarning, elektr qurilmalarning, shuningdek ular o‘rnatilgan binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi, sanoat korxonalari uchun amaldagi namunaviy YOHQ talablarini va ular asosida ishlab chiqilgan, alohida ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan soha qoidalari talablarini qondirishi shart. 14. Qonunchilikka muvofiq korxonalar va tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun javobgarlikni ushbu ob’ektlarning rahbarlari olib boradilar. 15. Alohida sexlar, laboratoriyalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida yong‘in xavfsizligi uchun javobgarlikni ularning rahbarlari, ular yo‘q bo‘lganda – ularning vazifalarini bajaruvchi xizmatchilar olib boradilar. 16. Har bir korxonada yong‘inga qarshi rejim o‘rnatilgan bo‘lishi va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga oluvchi yong‘inga qarshi tadbirlar bajarilishi shart. 17. YOHQ ga muvofiq har bir sexda, laboratoriyada, ustaxonada va korxonaning boshqa bo‘linmalarida yong‘in xavfsizligining aniq choralari va yong‘inga qarshi rejim haqida yo‘riqnoma ishlab chiqilishi shart. YOng‘in xavfsizligi chora-tadbirlari haqida yo‘riqnoma bo‘linmalar rahbarlari tomonidan, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muhandis – inspektor bilan birgalikda ishlab chiqiladi, yong‘indan saqlash xizmati bilan kelishiladi (agar u korxonada mavjud bo‘lgan holda) va korxona rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Yo‘riqnoma ko‘rinarli joyda osib qo‘yiladi. 18. Har bir xizmatchi ob’ektdagi YOHQ talablarini va yong‘inga qarshi rejimni aniq bilishi va bajarishi, yong‘inga yoki o‘t olishga olib keluvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi shart. 19. Amaldagi yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishida aybdor shaxslar, ularning qilgan xarakatlari yoki harakatsizliklari xarakteridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlik olib boradilar. 20. Korxonaning barcha xizmatchilari yong‘inga qarshi yo‘riqnoma (kirish va ikkilamchi), yong‘in-texnik minumumi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tishlari shart. Bu mashg‘ulotlar korxona rahbari tasdiqlagan dastur bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘qish tugaganda xizmatchilar zachet topshirishlari shart. Zachet natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, unda o‘rganilgan mavzu bo‘yicha baholar ko‘rsatiladi. Elektrotexnik xodimlar davriy ravishda, elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda mehnat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha bilim tekshiruvidan o‘tish bilan bir paytda, YOHQ bo‘yicha ham bilim tekshiruvidan o‘tishlari shart. 21. Ob’ektda yuz bergan har bir yong‘in yoki o‘t olish bo‘yicha korxona rahbari yoki yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi. Tekshiruv natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tekshirishda yong‘in (o‘t olish) yuzaga kelish sabablari va aybdorlari aniqlanadi, ko‘rilgan ziyon aniqlanadi, tekshiruv natijalari bo‘yicha yong‘inga qarshi tadbirlar ishlab chiqiladi. Korxonalarda yuz bergan yong‘inga elektr qurilmalarning (elektr uskunalarning) aloqasi bo‘lgan hollarda tekshuruv komissiyasida O‘zenergoinspeksiya xodimi ishtirok etadi. 22. Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda bevosita yoki bilvosita atrof-muhitga ta’sir qiladigan iflos moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashni va suv ob’ektlariga oqova suvlarni chiqarishni kamaytirish yoki yo‘q qilish, tovush bosimini pasaytirish va tabiiy manbalardan suv iste’molini kamaytirish choralari qabul qilinishi shart. 23. Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, ruxsat etilgan chegaraviy yoki vaqtinchalik kelishilgan tashlashlar me’yoridan, suv ob’ektlariga ifloslantiruvchi moddalarni tashlanishi ─ ruxsat etilgan chegaraviy me’yorlardan, shovqin ta’siri ─ har bir ob’ekt uchun o‘rnatilgan shovqin quvvati me’yoridan oshmasligi shart. 24. Katta hajmdagi moyli elektr uskunalarni (transformatorlarni, moyli reaktorlarni, o‘chirgichlarni va sh.o‘.) ekspluatatsiya qiluvchi korxonada uni atrof-muhitga avariyaviy yoki boshqa yoppasiga chiqib ketishini oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishi shart. 25. Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda zaharli chiqindilar yuzaga keladigan korxonalarda ularni o‘z vaqtida utilizatsiya qilish, zararsizlantirish va ko‘mish ta’minlanishi shart. 26. Belgilangan sanitariya me’yorlariga va tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilishni ta’minlaydigan qurilmalarsiz yoki ushbu talablarga rioya qilishni ta’minlamaydigan, ishga yaroqsiz qurilmali elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish man qilinadi. Xulosa Bu loyihada mashinasozlik zavodini elektr ta’minoti sxemasini tanlash va hisoblash ishlari bajarilgan Xisoblash natijasida quyidagilar tanlandi: 1. Tizimdan BPPni ta’minlovchi kuchlanishi Un=110 kV. 2. KTP ta’minlovchi kuchlanishi Un=10 kV. 3. KTPlarni soni– 9dona. 4. Ikki transformatorli BPP ni quvvati2x10000 kVA. 5. Xar bir sexda iste’mol qiluvchi reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi KKK tanlangan. 6. Hamma kabellar transheyada yotkizilgan. 7.Sinxron dvigatellarni ta’minlash Un=10kV va uchta tarkatish punktidan (TP)dan Un=10 kV kabellar orkali kuchlanish tarkatiladi. 8. Ikki variantni taqqoslashda kapital xarajati 1 variantniki kam va KTP da elektr energiya isrofi ham kam, ammo kabel liniyalarda elektr energiya isrofi ko‘prok.. 1-variantni elektr taminoti sxemalari yaxshi, umuman 1 –variantni o‘z xarajatlarini koplash muddati 0,9 yilga teng. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling