O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi
Download 0.99 Mb.
|
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Internet ma’lumotlari : 1. www.gov.uz 2. www.ziyonet.uz 3. www.edu.uz 8- AMALIY MASHG’ULOT (2 soat) Mavzu: O’quvchiga pedagogik ta’sir ko’rsatish
- Mashg’ulot turi
Mashg’ulotning borishi:
1. Oilada bola tarbiyasining shakllantirilishini aytadilar. 2. Oila kodeksining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati aytadilar. 3. Maktab, oila va mahalla hamkorligining uzviyligini ta’minlashda olib borilayotgan ishlar tahlili. 4. Talabalar o’z fikr mulohazalarini bildiradilar. 5. Bоshlаng`ich sinf o`quvchilаrini to’garaklarga qiziqtirish va jalb etish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi? 5. Talabalarning fikrlari umumlashtirilib, mashg’ulot yakunlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2010-yil. 2. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidov. Pedagogika nazariyasi va tarixi.T.: Fan va texnologiyalar. 2010-yil. 3. K.Hoshimov, S.Ochilov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T: O’qituvchi. 2010-yil 4. B.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, 2017-yil Internet ma’lumotlari: 1. www.gov.uz 2. www.ziyonet.uz 3. www.edu.uz 8- AMALIY MASHG’ULOT (2 soat) Mavzu: O’quvchiga pedagogik ta’sir ko’rsatish O’qituvchining maqsadi: Talabalarga o’quvchiga pedagogik ta’sir ko’rsatish, muloqot haqida tushuncha berish, pedagogik muloqotning vazifalarini tushuntirish. Muloqotning inson hayotidagi ahamiyatini ko’rsatib berish. Muloqotga kirishish ko’nikmalarini shakllantirish. Pedagogik muloqotni oddiy munosabatlardan farqlashga o’rgatish. Mashg’ulot turi:Yangi bilim beruvchi. Mashg’ulot metodi: aqliy hujum, “BBB strategiyasi”, savol-javob. Mashg’ulot shakli: Jamoa bilаn ishlash. Mashg’ulot jihozi: “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Pedagogika”, “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” o’quv qo’llanmalari va darsliklari. Mashg’ulot rejasi: 1. Ma`ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash. 2. Pedagogik muloqot va uning vazifalari. 3. O’qituvchining muloqot uslubi. 4. O’qituvchining pedagogik nazokati. 5. Xulosa Pedagogik muloqot- o’qituvchi va o’quvchilarning qulay psixologik muhit yaratishga yo’naltirilgan dars va darsdan tashqari vaqtdagi professional muloqotdir. Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funktsiyalar bilan xarakterlanadi: shaxsni anglab yetish, axborot almashinuv, faoliyatni tashkil etish, rollarni almashinuv, hamdard bo’lishlik, uz mavqeini anglab yetish. Pedagogik nazokat bu- o’qituvchining o’quvchilarga maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatishi, mohirona samarali muloqot o’rnatish me’yoridir. Rahbarlikning asosan uchta uslubi uchraydi: Avtoritar uslub. Demokratik uslub. Liberal uslub. Bularning barchasi pedagog uchun ham xosdir. Muloqot-pedagogik faoliyatning muhim kasbiy qurolidir. Pedagogik muloqot- o’qituvchi va o’quvchilarning qulay psixologik muhit yaratishga yo’naltirilgan dars va darsdan tashqari vaqtdagi professional muloqotdir. Noto’g’ri pedagogik muloqot – qo’rqinch tug’dirishi, ishonchsizlik diqqatni, xotirani, ishchanlikni pasayishiga, nutqni rivojlantirishni buzilishiga, natijada steriotip (bir xil) fikrlashga, mustaqil fikrlashning pasayishiga olib kelishi mumkin. Oqibat natijada o’qituvchiga, keyin esa predmetlarga nisbatan salbiy munosabatlarni qaror toptirishi mumkin. Pedagogik muloqot funktsiyalari. Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funktsiyalar bilan xarakterlanadi: Shaxsni anglab yetish, axborot almashinuvi, faoliyatni tashkil etish, rollarni almashinuvi, hamdard bo’lishlik, o’z mavqeini anglab yetish. Muloqotning axborot funktsiyasi, ma’naviy fikrlar va materiallarni almashishni ta’minlagan holda, birgalikda izlanishga, o’ylashga, o’quv-tarbiya jarayonining ijobiy motivlarini yaratishga sharoit ochib beradi. Shaxs faoliyati sharoitni yaratgan holda, shaxs tomonidan bajariladigan rolli muloqot, undagi u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor o’rnini belgilaydi. Ijtimoiy rollarni almashinuvi shaxsning ko’p qirrali namoyon bo’lishini, «niqobni tashlash», kishini kishi tomonidan idrok qilish jarayoniga yordam bergan holda, boshqaninng roliga kirish imkoniyatini ta’minlaydi. Pedagogik muloqotning tuzilishi. Professional pedagogik jarayon tuzilishiga quyidagilar kiradi: Sinf bilan bo’ladigan muloqotni oldindan modellashtirish (andozasini oldindan tayyorlash). Boshlang’ich muloqot paytidayok bevosita muloqotni tashkil etish. Pedagogik jarayon paytida muloqotni boshqarish.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling