O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet63/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Mashg’ulotning borishi:
1. Ajdodlarimizning yuksak ma’naviy va madaniy meroslarini aytadilar.
2. Abu Nasr Farobiyning tarbiya borasidagi qarashlari haqida fikr yuritadilar.
3. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Abdurazzoq Samarqandiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Xusayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Boburning tarbiyaga oid ma’naviy meroslarini tahlil qiladilar.
4. Talabalar o’z fikr mulohazalarini bildiradilar.
5. Talabalarning fikrlari umumlashtirilib, mashg’ulot yakunlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2010-yil.
2. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidov. Pedagogika nazariyasi va tarixi.T.: Fan va texnologiyalar. 2010-yil.
3. K.Hoshimov, S.Ochilov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T: O’qituvchi. 2010-yil
4. B.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, 2017-yil
Internet ma’lumotlari:
1. www.gov.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.edu.uz
6- AMALIY MASHG’ULOT (2 soat)
Mavzu: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda рedagogik mahorat


O’qituvchining maqsadi:
Mashg’ulot turi:Yangi bilim beruvchi.
Mashg’ulot metodi: aqliy hujum, izlanish, savol-javob.
Mashg’ulot shakli: Jamoa bilan ishlash.
Mashg’ulot jihozi: “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Pedagogika”, “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” o’quv qo’llanmalari va darsliklari.
Mashg’ulot rejasi:
1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.
2. Pedagogik mahorat komponentlari.
3. Tarbiya tizimida pedagogik mahoratning o’rni.
4. O’qituvchiga zamonaviy talablar.
5. Xulosa.
Pedagogik mahorat- bu o’quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish, talabalarda (o’quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir.
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishalri va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalab etishtirishga yo’naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo’lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan o’qib olish);
- pedagogik texnikani egallash, ya`ni o’z-o’zini boshqara olish, o’zaro ta`sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
Pedagogik mahorat o’ziga bolalar haqidagi, ularning psixologiyasi to’g’risidagi, maktab haqidagi, ta`lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o’qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi.
Biroq, zamonaviy o’qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya qilmaydi-maxsus bilimlar va malakalar-bolalarni kuzatish, ularning o’sishdagi muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish yo’llari va usullarini aniqlash, turli o’zaro ta`sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo’ladi.
Shunday qilib, pedagog-muallim o’z mahoratiga quyidagi bosqichlarda erishishi mumkin:

  1. Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o’rganish;

  2. Maxsus fanlar, ularni o’qitilish metodikasini chuqur bilish;

  3. Pedagogik amaliyotda faol igshtirok etish va uni samarali o’tkazish;

  4. O’z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lish;

  5. O’z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o’qib borish.

O’qituvchiga zamonaviy talablar, asosan, uch oliy vazifani qamrab oladi. Ular: 1) fan bo’yicha; 2) pedagogik; 3) oldindan berilgan samara bilan mos ravishda o’qish jarayonini loyihalashtira bilish malakalariga ega bo’lish shartidan iborat.
Ushbu vaziyatda o’qituvchi haqida gap boradi. Agarda tarbiyachi o’qitish bo’yicha uy vazifalarini bajara olmaydi deb hisoblasak, unga kamroq talablar qo’yish kerak. Lekin shu yerda
bir gapni aytib o’tish lozim. „Bolaning aqliy rivojlanishi asosi bo’lib xizmat qiluvchi, uning jismoniy rivojlanishi shartlari bilan tanish bo’lmagan ayol aniq va to’g’ri harakat qila olmaydi, —deb yozadi K. Setkin. — O’qitish texnik metodlarini bilmagan ayol bolaning o’n marta o’z onasi bo’lsa ham (hatto shunday mumkin bo’lmagan holatda ham) haqiqiy insonni tarbiyalay olmaydi, bola tarbiyasini unga ishonib bo’lmaydi“.
Shunday qilib, Klara Setkin nuqtayi nazaridan ona qanchalik mehribon, bolasini sevadigan va sevimli odam bo’lmasin, „o’qitish texnik metodlari“ni bilmas ekan, bola tarbiyasi jarayonidan chetlashtirilishi kerak. Bu nuqtayi nazarda tarbiya masalasiga kasbiy tayyorgarlikni talab etuvchi juda muhim ish sifatida qaralmoqda. Tarbiyachi bu yerda yaqqol o’qitish vazifasini ham bajaradi. Kasbiy tarbiyachi zarurmi? Albatta, chunki murakkab tizim — tarbiyalash tizimi faoliyati to’g’risida gap bormoqda, u tizim turli subyektlari harakatlariga rahbarlik qilishi va boshqarishi kerak. Tarbiyachi inson hayotida baxtli bolalik rolini tushunib, individni shakllantirish jarayonini madaniyatga, ijtimoiy hayot qarama-qarshiliklariga va bilimga yo’naltirishi zarur. Natijada bola va hayot ittifoqi yanada keng va chuqur bo’lishiga yordam berib, bu ittifoqning buzilmasligi maqsadini ko’zlash kerak. Inson rivojlanishi jarayonini maksimal evolutsion, minimal inqirozli qilish — pedagogning san’ati mana shundan iborat.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling