O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet67/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Internet ma’lumotlari:
1. www.gov.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.edu.uz

9- AMALIY MASHG’ULOT (2 soat)
Mavzu: O’quvchi va o’qituvchi munosabati
O’qituvchining maqsadi: Talabalarga o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatini o’rgatish.
Mashg’ulot turi:Yangi bilim beruvchi.
Mashg’ulot metodi: aqliy hujum, izlanish, savol-javob.
Mashg’ulot shakli: Jamoa bilan ishlash.
Mashg’ulot jihozi: “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Pedagogika”, “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” o’quv qo’llanmalari va darsliklari.
Mashg’ulot rejasi:
1. Ma`ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash.
2. O’qituvchining pedagogik mahorati.
3. O’qituvchining pedagogik nazokati.
4. Xulosa.
O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi kelishmovchiliklarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bo’larning asosiy sabablaridan biri – ularni tashqi ko’rinishiga, aqliga, qobiliyatlariga qo’pol holda tanbeh berishda ko’rinadi.
Pedagogik faoliyatda quydagilarga amal qilinsa maqul bo’ladi:

  1. O’quvchilarga samarali ta’sir ko’rsatish uchun o’qituvchi uz shaxsini to’g’ri baholay olishi kerak.

  2. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatlar, o’zaro hurmat, o’quvchi va pedagog shaxsini mustahkamlash asosida qurilmog’i kerak.

  3. Pedagogga o’z mavqeini mustahkamlash uchun sharoit yaratish ham kerak bo’ladi, ya’ni o’quvchi shaxsining kuchli tomonlarini, qiziqishlarini, ishbilarmonligi, bilimdonligi, dunyoqarashi kengligi va h.k larni burttirmasdan ko’rsata bilish kerak.

  4. Bolalardagi ozgina yutuq oldinga siljishni payqagan holda maqtash kerak bo’ladi. Bir o’quvchini maqtagan holda, tenbeh byoriladigan bo’lsa alohida aytish lozim.

  5. Ish jarayonida ko’zda tutilgan siljish amalga oshmayotgan taqdirda ham o’quvchilardan shikoyat qilavermaslik kerak.

  6. O’quvchilar bilan bo’lgan muloqotda shuni esda tutmoq lozimki hamkasblarining obro’yini qadrlash kerak bo’ladi.

«Takt» so’zining lug’aviy ma’nosi «tegish nuqtasi» degan ma’noni bildiradi. Bu axloqiy tushuncha bo’lib, odamlar orasida o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’yishga yordam beradi. Pedagogik nazokat (takt) umumiy nazokat tushunchasidan farq qilgan holda, faqatgina o’qituvchining shaxsiyxususiyatlarini ko’rsatib qolmasdan, (hurmat, bolalarni sevish, xushmuomalalik) o’quvchiga to’g’ri yondoshish yo’lini tanlashda, ya’ni bu tarbiyalanuvchi bolalarga amaliy ta’sir ko’rsatadigan vositadir.
Pedagogik nazokat bu- o’qituvchining o’quvchilarga maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatishi, mohirona samarali muloqot o’rnatish me’yoridir. Pedagogik nazokat o’quvchilar bilan muloqotda xaddan oshib ketishga (chegaradan chiqib ketishga) yo’l qo’ymaydi. Tarbiyaviy vositalardan foydalanishda albatta me’yor qoidasiga qilish kerak bo’ladi.Xuddi tibbiyotda dorini retsept bo’yicha tegishli mikdorda qabul qilish kerakligi kabi, o’qituvchi so’zi ham me’yorida bo’lishi kerak.


Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o‘quvchilar ahil jamoa bo‘lib uyushgandagina ularga jamoatchilik ruhini singdirib borish lozim. Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyillari hisoblanadi. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat:


1. Talablar qo‘yish;
2. Faollarni tarbiyalash;
3. O‘quv-mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarini tashkil etish;
4. Sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish;
5. Ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish.
Zamonaviy sinf rahbari o‘quvchilarning yomon xulq-atvori, past o‘zlashtirishlarining sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari, dastavval, muayyan tamoyillarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga yo‘naltirib turadigan o‘ta mas’uliyatli munosabatlardir. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini jamoa faoliyatiga jalb etishdan, jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iborat.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling