2-mavzu. Ch.Darvinning evolyutsion taʼlimoti va undan keyingi davr. Yerda hayotning paydo boʻlishi va rivojlanishi. (2 soat)
Ch.Darvingacha evolyutsiya toʻgʻrisida fikrlar. K.Linneyning sistematika faniga asos solishi. Lamarkning eyulyutsion taʼlimoti. Ch.Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati. Yirik ilmiy asarlari va ularni qisqacha mazmuni. Darvin eyulyutsion taʼlimotining mohiyati. Darvin taʼlimoti uchun kurash. Darvindan keyin evalyutsion taʼlimot. Biologik progressning turli yoʻnalishlari. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va ularning xillari. Аromorfoz, idiodaptatsiya va umumiy degeneratsiya. Morfofizologik regress. Yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisida tushunchalar, nazariyalar va gipotezalar. Yerda hayotning paydo boʻlishi tugʼrisida diniy qarashlar. Yerdan tashqarida va hayotning oʻz - oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi tushunchalar. Oparinning abiogen nazariyasi. Biogenezning asosiy bosqchlari va ularning tajribada isbotlanishi. Era va davrlar. Era va davrlarda yashab oʻtgan tirik organizmlar toʻgʻrisida paleontologik dalillar.
3-mavzu. Organizmlarning koʻpaynishi va individual rivojlanishi. Organizm va muhit. (2 soat)
Organizmlarning jinssiz va jinsiy koʻpayishi. Gametogenezning yuzaga kelishi. Gamegogenezda meyotik boʻlinish va uning biologik ahamiyati.
Ontogenez va filogenez haqida tushuncha. Individual rivojlanish biologiyasi va qonuniyatlari. Urugʻlanish va implantatsiya. Oʻsimliklar rivojlanishining xilma-xilligi. Ontogenezning tip va davrlari. Organizmning oʻsishi va uning bosqichlari. Organizmlar yashashi uchun atrof-muhit omillarining zarurligi. Organizmlarga ham bilvosita taʼsir etuvchi omillar. Аbiotik, biotik va antropogen omillar. Organizmlar adaptatsiyasi. Ekologik omillar optamumi. Ekstremal omillar) xil omillarga organizmlarning nisbiy moslashuvi. Omillarning oʻzaro ta’siri.
4-mavzu. Genetika faniga kirish. Irsiyatning sitologik va molekulyar asosrlari. (2 soat)
Genetika fanining maqsadi va vazifalari rivojlanish bosqichlari, oʻrganish usullari. Irsiyat va oʻzgaruvchanlik toʻgʻrisida tushuncha. Irsiyat va oʻzgaruvchanlik toʻgʻrisida XIX asrgacha olib borilgan tajribalar, taxminlar va gipotezalar. Mendel ta’limotining ochilishi va 1900 yilda G de-Friz, K.Korrens va K.Chermak tomonidan qayta tasdiqlanishi. Genetika fanining shakllanishi, rivojlanish istiqbollari, yutuqlari va muammolari. Xujayra toʻgʻrisida tushuncha. Xujayra yadrosi va sitoplazmaning irsiy xususiyatlarni oʻzida saqlashi va irsiy axborotning amalga oshishi. Xromosoma morfologiyasi. Xromosoma - irsiyatning moddiy negizi ekanligi. Gaploid va siploid, autosoma va jinsiy xromosomalar toʻgʻrisida tushuncha. Nuklein kislotalar va ularning irsiyatdagi roli. DNK va RNK turlari. F.Griffits va O.Evfi tajribasi. Replikatsiya, transkriptsiya, teskari transkriptsiya tushunchasi va ularning irsiyatdagi ahamiyati. Genlarningtuzilishi va funktsiyasi. Oddiy va murakkab genlar. Strukturali va regulyatsiya boshqaruvchi genlar. Genetik kod va uning biologic xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |