O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti kimyo-texnоlоgiya fakulteti


Tajribaning iqtisodiy samaradorligi


Download 1 Mb.
bet20/25
Sana04.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1325139
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
angizga ekilgan oshqovoq hosildo

Tajribaning iqtisodiy samaradorligi



№.

Ko’rsatkichlar

O’lchov
birligi

Variantlar

I

II

III

1

Etishtirilgan hosil

ts/ga

394,6

451,3

449,3

2

Ishlab chiqarish harajatlari

ming so’m

4126

3960

3836

3

Saqlash harajatlari

ming so’m

2170

2482

2471

4

Jami harajatlar

ming so’m

6296

6442

6307

5

1 kg mahsulot tannarxi

so’m

159,5

142,7

140,4

6

Tabiiy kamayish me’yori

%

0,85

0,85

0,85

7

Saqlash jarayonida qolgan mahsulot

ts/ga

335,4

383,6

381,9

8

1 t mahsulot sotish bahosi (170 kun saqlanganda)

so’m

480

480

480

9

Yalpi daromad

ming so’m

16099

18413

18331

10

Sof daromad

ming so’m

9804

11971

12024

11

Rentabellik

%

155,7

185,8

190,6

Variantlar orasidagi bu tafovutni gektar gektar hisobiga yetishtirilgan ko’chatlar miqdori bilan izohlash mumkin. Bir gektar maydonga ekish sxemasida ekish uchun 8300 dona, ekish sxemasida ekish uchun 7100 dona, sxemasida ekish uchun 6200 dona ko’chat kerak bo’lishini oldindan nazariy hisoblab chiqildi va unib chiqish, dalaga ekishda bo’ladigan yo’qotishlar evaziga 20 % qo’shimcha ko’chat yetirishtirish lozim deb topildi.


Qovoqdan olingan hosildorlik uni saqlash harajatlari qimatini belgilab berdi. Gektar hisobiga ko’p hosil yetishtirilishi saqlash harajatlarini ortishiga sabab bo’ladi. 394,6 ts/ga hosil yetishtirilgan birinchi variant mahsulotini saqlashga 2170000 so’m, 451,4 ts/ga hosil yetishtirilgan ikkinchi vaiantda eng ko’p 2482000 so’m va 449,3 ts/ga hosil yetishtirilgan uchinchi variantda 2471000 so’m mablag’ sarflandi.
Shunday qilib, bir gektar maydonda qovoq mevasini yetishtirish va saqlashga birinchi variantda 6296000 so’m, ikkinchi variantda 6442000 so’m, uchinchi variantda 6307000 so’m mablag’ sarflanib, 1 kg mahsulotni tannarxi variantlarga mos ravishda 159,5 so’m, 142,7 so’m, 140,4 so’mni tashkil qiladi. Maydon birligidan olingan hosildorlik va shu hsilni 170 kun saqlanishi hisobiga variantlar mutanosibligida 155,7 %, 185,8 %, 190,6 % rentabenllikka erishish mumkin ekan.
7. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnat qonuchiligi asoslari
Mehnat muhofazasi bo’yicha belgilangan barcha tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8 dekabrь 1992 yil), O’zbekiston Respublikasining mehnat qonunlari kodeksi (21 dekabrь 1995 y), «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun» (6 may, 1993y), Davlat standartlari, nizomlar va normalar, xavfsizlik texnikasi bo’yicha qoidalar asosida olib boriladi. Respublikamizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson huquqlari va erkinliklariga to’liq rioya etilishini taqazo qiladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Respublikamiz fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siesiy, iktisodiy va ijtimoiy huquqlari yakkol uz ifodasini topgandir. Konstitutsiyada kursatilganidek «Davlat xalk irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» (2-modda); «Yashash huquqi xar bir insonning uzviy huquqidir. ….(24-modda). «Xar bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda kursatilgan tartibda ishsizlikdan ximoyalanish huquqiga egadir» (37-modda). Yukoridagilarga asoslangan xolda ifodalash mumkinki, insonning xaeti xam, uning mehnat faoliyati xam, faoliyati davridagi sogligi xam davlat qonunlari asosida ximoyalanadi, muhofaza kilinadi.
O’zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunida mehnatni muhofaza qilish soxasidagi davlat siyosati aniq o’z aksini topgan. Unda «Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning xaeti va sogligi ustivorligi» (4-modda) ta’kidlangan. Ushbu qonun 5 bulim va 29 moddadan iborat bulib, unda mehnat muhofazasi bo’yicha umumiy qoidalar (1-bulim, 7 moddadan iborat); mehnatning muhofaza kilinishini ta’minlash (2-bulim, 8 moddadan iborat); ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ruyobga chiqarishdagi kafolatlar (3-bulim, 6 moddadan iborat); mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’eriy xujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (4-bulim, 3 moddadan iborat); mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’eriy xujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik (5-bulim, 5 moddadan iborat) masalalari aniq yeritilgan.
1995 yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasining mehnat qonunlari kodeksi kabul kilindi va u 1996 yil aprelь oyidan boshlab amalda kuchga kirdi. Ushbu qonunda kursatilishicha xavfsizlik texnikasiga, ishlab chiqarish sanitariyasiga, yengin chikishidan saklanishga va mehnat muhofazasining boshqa qoidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga yul-yuriklar berish, shuningdek, xodimlarning mehnat muhofazasiga doir kullanmalarda kursatilgan xamma talablarga amal qilishi ustidan doimiy nazorat urnatish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat sharoiti zararli bulgan ishlarda, shuningdek, aloxida xarorat sharoitida bajariladigan yeki xavoni ifloslantiruvchi ishlarda mehnat kiluvchi ishchi va xizmatchilarga belgilangan normada sovun, maxsus kiyim-bosh, poyafzal va boshqa shaxsiy ximoya vositalari tekinga beriladi. Mehnat sharoiti ifloslanish bilan boglik va zararli bulgan ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan normalarda sovun, sut yeki boshqa xil profilaktik ozik-ovkatlar, issik tsexlarda ishlovchilar esa gaz-suv bilan tekin ta’minlanadi.
Mehnat qonunlari kodeksida balogatga yetmagan yoshlarning, aellarning mehnatiga aloxida e’tibor berilgan. Un sakkiz yoshga tulmagan yigitlarni 16 kg dan, kizlarni 10 kg dan ortik yuk kutarishiga, ularning ish vaktini xaftasiga 36 soatdan ortib ketishiga yul kuymaslik kerak. SHuningdek, ularni tungi va ish vaktidan tashkari ishlarga xamda dam olish kunlari ishlashga jalb etish ta’kiklanadi. Ishchi xodimlar uchun ish vaktining normal muddati 41 soatdan oshib ketmasligi, un sakkizga kirmagan yoshlar xamda mehnat sharoiti zararli bulgan ishlarda mehnat kiluvchilar uchun ish vakti mikdori xaftasiga kupi bilan 36 soat bo’lishi kerak. Ish vaktidan ortik ishlash xar bir ishchi va xizmatchi uchun surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan kup bulmasligi lozim.
Mehnat sharoitlarini me’erlashtirish, ishchilar uchun soglom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maksadida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chikilib ular ma’lum bir sistemaga solingan.
Ishlab chikariщda yuz beradigan baxtsiz xodisalarni oldini olishga karatilgan tadbirlardan biri bu sodir bulgan baxtsiz xodisalarni to’g’ri tekshirish va taxlil qilish, ularning sabablarini aniqlash xamda olingan ma’lumotlar asosida tegishli tadbirlar ishlab chikishdan iboratdir. SHu nuktai nazardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli karoriga asosan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa zararlanishini tekshirish va xisobga olish» to’g’risida Nizom kabul kilindi.
O’zbekiston Respublikasining mehnat qonunlari kodeksida xamda mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunida mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarni va boshqa me’eriy xujjatlarni buzganligi uchun javobgarlik belgilangan. Qonunda,mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun korxonalarning javobgarligi, (25-modda); mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish axamiyatidagi maxsulotni tayerlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iktisodiy javobgarligi, (26-modda); mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’eriy xujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik, (27-modda); ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga zien yetkazganlik uchun korxonalarning moddiy javobgarligi, (28-modda); ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa okibatida xodim vafot etgan takdirda korxonaning moddiy javobgarligi (29-modda) aniq kursatib utilgan.
«Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’eriy xujjatlar buzilishida aybdor bulgan yeki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik kilgan mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar
O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari kodeksida kasaba uyushmalari, xodimlarning korxonalar, muassalar, tashkilotlarni boshqarishda katnashishi aloxida bob bilan kursatilgan. Qonunda kursatilishicha mehnatkashlar, shuningdek oliy va urta maxsus ukuv yurtlarida bilim olaetgan shaxslar xech bir tafovutsiz uz xoxishlariga kura, ixtieriy ravishda kasaba uyushmasi tuzish, shuningdek kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadirlar.
Kasaba uyushmalari uz faoliyatida davlat boshqaruv organlaridan, xujalik organlaridan, siesiy va boshqa jamoat birlashmalaridan mustakildir va ular xodimlarning ijtimoiy-iktisodiy huquqlari va manfaatlarini ifoda etuvchi xamda ximoya kiluvchi tashkilot xisoblanadi. Ular mehnat shart-sharoitlari va ish xakini belgilash, qonunlarda nazarda tutilgan xollarda mehnatga doir qonunlarni kullash ishlarida ishtirok etadilar.
Kasaba uyushmalari ma’muriyat, mulkdor yeki u vakil kilgan boshqaruv organi mehnat va kasaba uyushmalari to’g’risidagi qonunlarga rioya etishlarini nazorat kilib boradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilishga xakli buladi. Ular xodimlarning mehnat huquqlarini ximoya kilib, da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishlari mumkin. Kasaba uyushmalari davlat ijtimoiy sugurtasi, shuningdek uz ixtierida bulgan sanatoriylar, profilaktoriylar va dam olish uylarini, madaniy-okartuv, turistik va sport muassasalarini boshqaradilar Kasaba uyushmalari ma’muriyat bilan kollektiv shartnoma tuzishi, musobakalar uyushtirishi, tartib intizomni mustaxkamlashda yerdamlashishi, ma’muriyat tomonidan taklif etilgan yangi normalarni kurib chikishda, mukofotlar ulchamini belgilashda katnashishi mumkin. Ma’muriyat ishchilarni ish vaktidan ortik ishlashga jalb etishda, balogatga yetmagan yoshlarni ishga kabul qilishda, mehnat ta’tillarini belgilashda, bepul sut, sovun va profilaktik ozik-ovkatlar beriladigan ish turlarini aniqlashda albatta Kasaba uyushmalari bilan kelishishi shart.O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iktisodiy masalalarga oid qonun xujjatlarini ishlab chikishda katnashishlari, mehnatga va ijtimoiy-iktisodiy masalalarga oid normativ xujjatlar kabul qilish to’g’risidagi takliflarni tegishli davlat boshqaruv organlariga kiritishga xaklidirlar.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling