2.
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – Tarixning davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligi. Jamiyat rivojlanishida davlatchilikning muhim voqea hisoblanishi. Tarixning keyingi taraqqiyoti bosqichi fuqarolik jamiyatning paydo bo’lish bilan fan, texnika, madaniyat, axborotlarni o’zlashtirib borish, ularni jamiyatga bog’lik xodisalarni ko‘rsatishdir.
Fanning vazifasi – Jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uyg’unlik farqlarini ajratish, tarix fanidagi yangi nazariyalarni taxlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga ko‘rsatib berish. Tarix fanining asosiy yo‘nalishlarini taxlil va tadqiq qilish malakasini xosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyoti rivojlanish omillarini taxlil qilishda tarix fanining o‘rnini tushuntirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg‘ulotlari)
O`ZBEKISTON TARIXI (I qism, 3-semestr uchun)
O‘zbekiston tarixining XIV asridan – XVIII asr o‘rtalarigacha
bo‘lgan davri
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi (4 soat)
Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi. Amir Temur zukko, tajribali sarkarda va buyuk davlat arbobi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni. O‘zbek davlatchiligi asoschisi sifatida. “Temur tuzuklari” tarixiy muhim manba.
2-mavzu. Amir Temur davlatining tashkil topishi (2 soat)
Amir Temur davlatining tashkil topishi. Amir Temur davriga oid manba va adabiyotlar. Amir Tumurning siyosiy maydonga chiqishi. Amir Temur Movarounnahr hukmdori deb e'lon qilinishi. Markazlashgan Amir Temur saltanatining tashkil topishi. Amir Temur saltanatining ma'muriy va harbiy tuzilishi.
3-mavzu. Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot (2 soat)
Amir Temur markazlashgan davlat boshqaruv siyosati. Ichki va tashqi siyosat. Markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi. Pul va islohotlari. Suyurg‘ol tizimi. Yer-suv taqsimoti. Harbiy va sud ishlari. Qishloq xo‘jaligining ahvoli. Amir Temurning dehqonchilikni tiklash va rivojlantirishdagi ishlari. Sug‘orish inshootlarining qurilishi. Soliq tizimi.
4-mavzu. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson (4 soat)
Temuriylar davriga oid manba va adabiyotlar. Amir Temur vafotidan so‘ng, temuriylar o‘rtasidagi taxt uchun kurash va Amir Temur saltanatining parchalanishi. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy hayot. Shohruh Mirzo va Mirzo Ulug‘bek davlati siyosiy tarixi. Mirzo Ulug‘bekning harbiy yurishlari. Mirzo Ulug‘bek davrida ichki va tashqi siyosat. Abu Said va uning avlodlari davrida Movarounnahr siyosiy jarayonlar. So‘nggi Temuriylarning taxt uchun kurashi.
|