O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Topshiriqlar: Bolalarni mantiqiy masalalar yechishga o‘rgatishga oid 
didaktik o‘yinlarga misollar keltiring va mantiqiy masalalar tuzing. 
Adabiyotlar: 
1. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
Ўқитувчи, 1995 й. 
2. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 
BOLALARNING MAKTABGA TAYYORLIK DARAJASIGA 
QO‘YILADIGAN MINIMAL TALABLAR 
Tayanch so‘z va iboralar: shaxs, maktabgacha yoshdagi bolalar, ta’lim-
tarbiya mazmuni, maktabga tayyorlik darajasi, minimal talablar, davlat talablari, 
ijtimoiy buyurtma, sanash. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonuni nuqtayi nazaridan 
maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan 


132 
talablar. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va 
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonuni talablari asosida 
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh 
avlod istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida 
tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va 
ma’naviy jihatdan rivojlantirishda, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida 
muntazam ta’lim olishga, maktabga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni, oldiga qo‘yilgan maqsad 
va vazifalarining bajarilishi ushbu maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga 
qo‘yiladigan davlat talablari, maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-
tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik 
darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati 
sifatida e`tirof etiladi. Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va 
jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan 
sog‘lomligi, qobiliyati, ehtiyoji va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining 
ustuvorligidan kelib chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga 
qo‘yiladigan davlat talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat 
ko‘rsatayoggan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘lishidan qatiy nazar barcha ta’lim 
muassasalari uchun majburiydir.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling