O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Nazorat savollari va topshiriqlar: 
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktabga tayyorlashga 
qo‘yiladigan talablarni ayting. 
2. Bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal 
talablarni bajarishning ahamiyatini izohlang. 
Topshiriq: Bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal 
talablarni tahlil qiling har bir yo‘nalish bo‘yicha qoyilgan talablarni izohlang. 
Adabiyotlar: 
1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
Ilm ziyo, 2006.


135 
2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
Ўқитувчи, 1995 й. 
3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 
 
OILADA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OLIB 
BORILADIGAN METODIK ISHLARNI REJALASHTIRISH 
 
Tayanch so‘z va iboralar: elementar matematik tasavvurlar, metodik 
usullar, rejalashtirish, ta’lim, tarbiya, matematika mashg‘ulotlari. 
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari. 
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim о‘rin 
egallaydi. Ayniqsa, ular oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu 
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, 
Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida 
oilada bola tarbiyasi masalari va ularni hal etish yо‘llari kо‘rsatib berilgan. Abu 
Nasr Forobiy fikricha, bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog‘i 
va u aqliy hamda axloqiy tarbiya birligidan iborat bo‘lmog‘i lozim, degan xulosaga 
kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari Abu 
Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino merosida yoritganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Beruniy ota-onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o‘yinlar 
uyushtirishlari, ular bilan o‘zaro suhbatlar o‘tkazishlari maqsadga muvofiq, deb 
maslahat beradi. Beruniyning tarbiya maqsadi va vazifalari, shaxsning rivojlanishi 
to‘g‘risidagi fikrlari zamirida insonparvarlik g‘oyasi yotadi. U har bir ota-ona o‘z 
farzandlariga ana shu g‘oyani singdirishi zarur xulosaga keladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil qilish ularning 
vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishi garovi ekanligini ota-onalar hamisha yodda 
tutishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari bo‘yicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir Al- 
Manozil’ nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bola tarbiyalashdagi 


136 
vazifalarini yoritib, oiladagi munosabatlarga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-
onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga 
o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila 
va oilaviy masalalarga keng o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har 
tomonlama: yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro muomala jarayonida, eng 
muhimi, amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylikda namuna 
bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy 
vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim. 
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida oilaviy, maishiy turmush 
muammolariga ham katta e’tibor qaratgan. U kishilarning uylanib , oila qurishidan 
boshlab, farzand tarbiya etishi, oilaning moddiy ta’minotini yuritishigacha bo‘lgan 
eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan 
bolaning mas’uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-
onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l 
farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir, deb hisoblaydi. 
Jamiyatda farzandlarining xulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berilishini aytib 
o‘tadi. 
Davlat arbobi va buyuk olim Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning 
bilim olishiga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit 
muhim o‘rin egallashini ta’kidlanadi. Shunday ekan, avvalambor, bola tarbiyasida 
oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor. 
Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida “O‘z farzandingning sening 
haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, 
nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda 
shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga , ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir, “ 
deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga, e’zozlashga, mehr oqibatli bo‘lishga 
da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini 
ta’kidlaydi. 
Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham 
munosib o‘rin egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va 


137 
kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog‘liqdir, shunga ko‘ra bola tarbiyasi ota-onalar 
oldidagi oliyjanob vazifadir. 
Y.A.Kamenskiy “Onalar maktabi” kitobining “Maktabga tayyorlash” bobida 
shunday yozadi: Barcha insonlar bajaradigan ishlar ma’lum bir tayyorgarliklarni 
talab qiladi. Ota-onalar shuni o‘ylab, o‘z bolalarini maktabga tayyorlashadi”. 
Maktabga har tomonlama tayyorgarlikning mazmunidan tashqari, Kamenskiy ota-
onalar uchun quyidagilarni tavsiyalarni ko‘rsatadi: 
1.Bolalar maktabga borganda, o‘z tengdoshlari bilan o‘qigan va o‘ynagan 
vaqtida xursandchilik hissini tug‘dirish kerak. 
2.Bolalarga maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi 
faoliyat turlari bilan tanishish lozim. 
3.Bolalar bo‘lajak o‘qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni 
shakllantirish. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling