O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Yosh tarbiyachilarga metodik yordam
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
Yosh tarbiyachilarga metodik yordam.
Yosh tarbiyachining dastlabki ish kunlari eng og‘ir ish kunlar hisoblanadi. Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot uyg‘otishi ham katta ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, qat’iyatsizlik ko‘rsatsa, kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishdan cho‘chisa, bolalar buni tezda anglab oladilar va ularni boshqarish oson bo‘lmaydi, «guruhni eplolmaydi» deyishadi, bunday tarbiyachi haqida. Yosh mutaxassis o‘z muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur tashvishga tushadi, hatto o‘zining kasbiga yaroqliligiga gumonsiraydi. Yosh 152 tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish kerak? Eng avvalo, uni tajribali, bilimdon, bolalarii va o‘z ishini sevadigan pedagog ishlaydigan guruhga yo‘llash kerak. Eng yaxshi yordam pedagogga bolalar bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatishdir. Hech qanday maslahat, gapirib berish, tushuntirishlar ko‘rsatishdek yordam bermaydi. Mana, yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtira bilmayapti. Bolalar nima bilan shug‘ullanishni bilmaydilar, pedagog esa guruhda intizomni, tartibni o‘rnata olmaydi. Katta tarbiyachi yoki MTTning mudiri bolalarning bunday xatti-harakatlari sababini aniqlaydi: agarda bolalar bekorchilikdan to‘polon qilayotgan bo‘lsalar, unda darhol ularga ma’qul keladigan mashg‘ulotlarni topish haqida o‘ylash kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda katta tarbiyachi tarbiyachiga bolalarning xilma-xil faoliyatiga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni, bolalarni turli xil o‘yinlar, ta`limiy faoliyatlarga jalb qilishni ko‘rsatadi. Ustalik bilan, bolalarning fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondashuvni amalga oshirishga yordam beradi, qiynalayotgan va ishini yarim yo‘lda tashlab ketmoqchi bo‘lganlarga maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko‘maklashadi, bolalarga o‘z faoliyatlarini hamma narsani oldindan tayyorlab, qo‘shib uyushtirishni o‘rgatadi; o‘yin uchun sherik topishda yordamlashadi. Bunday ko‘rgazmali misol tarbiyachiga bolalarning faoliyatlarini to‘g‘ri uyushtirishda yordam beradi. Har bir yosh mutaxassis ishni endi boshlayotgan paytda yosh tarbiyachi konsultatsiyalar olib turishi uchun unga murabbiy sifatida tajribaliroq va obro‘liroq tarbiyachini biriktirish lozim. Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo‘lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilg‘or metodlari va usullarini egallashga, o‘z bilimlarini doimo to‘ldirib borishga, erishilgailar bilan chetlanmay, tarbiya sirlarini egallash ishtiyoqini singdirishga yo‘llash katta tarbiyachining vazifasi hisoblanadi. Dastlabki kundan boshlab katta tarbiyachi yosh pedagogga bolalarni diqqat bilan kuzatishni, ularning fikrlariga quloq solishni, xatti - harakatlarini o‘rganishni 153 o‘rgatadi. Har bir bolaning kimligini, qandayligini, uni nimalar qiziqtirishini, nimalar bilan yashashi, nimalar quvontirishi, tengqurlarinig unga qanday munosabatda bo‘lishini bilgan taqdirdagina har bir bolannng qalbiga yo‘l topish mumkinligi hammaga ma’lum. Pedagogning, unda kasb mahoratinig shakllanishi tarbiyachi bolani, uning xususiyatlarini, xatti-harakatlarining sabablarini tushuna bilganda, har bir bolaga e`tiborli va sezgir bo‘lganda, xayrixohlik bildirib, ko‘nglini ko‘tarib, erkalata olganda, guruhdagi bolalar o‘zlarini uylaridagidek his qiladigan vaziyatni yarata olishidan boshlanadi. Yosh mutaxassisni iliqlik bilan kutib olish va o‘z jamoasiga qabul qilish, uning kasbga «kirishida» va unga mehr qo‘yishida yordamlashish muhimdir. Ayrim yosh tarbiyachilarning ishdan hafsalasi pir bo‘lishi va qoniqmasliklari haqidagi mavjud faktlarga ba’zan to‘liq darajada ma’muriyat va birinchi navbatda, katta tarbiyachi sababchi bo‘ladi. Tarbiyachi, ayniqsa yosh tarbiyachi mehnatining o‘z vaqtida, adolatli baholanshiga ehtiyoj sezadi. Biz ko‘pincha tarbiyachining ishini faqat tashqi belgilariga ko‘ra baholaymiz. Guruhda osoyishtalikmi — demak, hammasi joyida. Buning ortida nima bor? Asosiy maqsad tashqi intizom emas, balki pedagog bolalarni xushmuomala qilib tarbiyalay olgan-olmaganligi, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatgan-o‘rgatmaganligi, bolalarning yordamga muhtoj o‘rtoqlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishni bilish- bilmasliklarida emasmi? Maqtov kayfiyatni ko‘taradi, faoliyatni rag‘batlantiradi, ishga qiziqishini oshiradi. Tarbiyachi shaxsidagi ijobiylikka tayanish asosida unga qo‘yiladigan yuksak talabchanlik bilan birgalikda amalga oshiriladigan jamoalarda yaxshi an’analar, yuksak ma’suliyat ruhi, do‘stona o‘zaro yordam, ijodiy tashabbuskorlik yashaydi. Bunday sharoitlarda ishni endi boshlayotgan tarbiyachi pedagoglar jamoasiga tez va osonlik bilan singib ketadi. Kasbga oid sifatlar ko‘p jihatdan tarbiyachining o‘ziga xosligi, xarakteri va temperamentining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagoglik faoliyatiga ma’lum 154 irsiy moyilliklari bo‘lgan talantli kishigina chinakam va omilkor tarbiyachi bo‘lishi mumkin degan fikrlar mavjud. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling