164
Didaktik o‘yin - o‘rganilayotgan obyekt,
hodisa va jarayonlarni
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik
darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Dyujina – bu 12 ta buyumdan tuzilgan uyum.
Dis-komfort-noqulaylik.
Esse – bu muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini
yozma ravishda erkin ifoda
etish shakli; u qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni
o‘z ichiga oladi.
Elementar matematika – matematikaga oid bo‘lgan
bilimlarning eng
soddalashtirilgan qismi.
Jismoniy tarbiya – o‘quvchilarda jismoniy
va irodaviy sifatlarni
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga
tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy
tarbiya tizimining muhim
tarkibiy qismi.
Fantaziya – xayol, hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va
xayoliy xotiralarning vujudga kelishidan iborat psixik jarayon.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy
maqsadga muvofiq tashkil
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi.
Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati.
Geometrik shakl – uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, shar, kub,
silindr, oval, ko‘pburchak.
Individual o‘qitish – o‘quvchi shaxsiga alohida yondashgan holda ta’ lim-
tarbiya berish.
Innovatsiya
– yangidan kiritilgan tushunchalar,
tartib-qoidalar,
texnologiyalar va yangiliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: