O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Interfaol usul – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlik 
muloqoti. 
Joriy nazorat - ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida 
belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. 


165 
Hisobot – kundalik ish yakunidagi yozma axborot.
 Ijod – yaratish, yangilikni kashf etish degan manolarini anglatadi va 
insondagi shu jarayonni ifodalaydi. 
Ijodkorlik (kreativlik) – bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z 
ijodiy faoliyati tajribasini egallashga yo‘naltirish 
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini 
puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish 
natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli. 
 Illyustratsiyali masalalar – rangli rasmlar va o‘yinchoqlardan foydalanib 
bajariladigan masalalar.
Individual yondashish tamoyili – bolalarning yosh xususiyatini, 
qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib 
chiqadigan tamoyil va bu tamoyil matematikani o‘qitish davomida amalga 
oshirilishi shart.
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy 
voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv. 
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) - 
muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan 
fikr, g‘oya. 
Individ – (lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan 
ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta 
oluvchi biologik mavjudot. 
Individuallik – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Institut – bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha oliy 
va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, 
yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling