166
hokazolar) ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat
pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim - o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila
budjetini
shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish,
savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy
bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» - «Ta’lim to‘
:
g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy
tajribaning tahlili hamda
ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak
umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy
hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan,
istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir
kadrlarning yangi avlodini
shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Kasb-hunar kolleji – o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi,
bilim va
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir
yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim
standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini
beruvchi, yuridik
maqomga ega ta’lim muassasasi.
Katta-kichiklik – 3
ta o‘lcham (uzunlik, en, balandlik) ga ega hajm.
Kategoriya - fanning mohiyatini
ochib beruvchi eng muhim, asosiy
tushuncha.
Kompensatsiya
(yunoncha
«compensatio»
-
o‘rnini
to‘ldirish,
tenglashtirish) – oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga
tayangan holda
organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o‘rnini to‘ldirish yoki
qayta qurish.
Do'stlaringiz bilan baham: