169
Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganadi.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki
ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy
sifatlarni shakllantirishga
yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili – nazariy bilimlarning hayotga,
amaliyotga bog‘lanishini kengaytira borishni talab qiluvchi tamoyil.
Natural son – qancha degan savolga javob beradi.
Sonlarning tarkibi
birikmalardan iborat ekanligini, sonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatadi.
Olam haqida shartli tasavvur – dunyoning yaxlit manzarasi,
bolaning
olingan bilimlarga shaxsiy munosabati, shuningdek, ularnni o‘z amaliy faoliyatida
qo‘llash malakalarini shakllantirish.
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar)
tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib
tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Oligofreniya (yunoncha «olygos» - kam, «phren» - aql) - bu natal (tug‘ilish
payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi)
davrlarda markaziy
nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik
rivojlanmaslik.
Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
negiziga asoslanib, ikki
bosqich (bakalavriat hamda magistratura) da tashkil etiladigan hamda
mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining
turli sohalariga oliy
ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi. ,
Do'stlaringiz bilan baham: