172
Universitet – kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy
va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi,
yuridik
maqomga ega ta’lim muassasasi.
Usul – muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy
ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan
foydalanish.
Vaqt xususiyatlari – bu vaqtning bir tomonga yo‘nalib o‘tishi, u
tabiat va
jamiyatning chiqishi yo‘nalishini ifodalaydi.
Vaziyat – (lotinchadagi situation -ahvol) – muayyan vaziy at, ahvolni hosil
qiladigan shartsharoitlar va holatlar uyushmasi
Verbal ifoda – bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki)
yetkazib berish, ifoda etish.
Zij – yil
hisobi jadvallari, trigonometrik jadvallar, sayyoralar harakati
jadvali va yulduzlar ro‘yxatini aks ettiruvchi jadval.
Shaxs - psixologik
jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi,
muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Shartli o‘lchov – uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash.
Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun
belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: