O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Muammo – o‘quv jarayonida hal qilinishi lozim bo‘ lgan masala, vazifa.  Muammoli ta’lim


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Muammo – o‘quv jarayonida hal qilinishi lozim bo‘ lgan masala, vazifa. 
Muammoli ta’lim – muammoni hal etish g‘oyasi yotuvchi yaxlit tizim. 
Muammoli o‘qitish ham amaliy, ham nazariy bilish xususiyatidagi muammoli 
vaziyatlarni hal etish orqali yangi bilimlarni egallashga asoslangan. 
Mustaqil ta’lim – insonning o‘zi tanlagan vositalar va adabiyotlar 
yordamida ajlodlar tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan 
shaxsiy harakatlari. 


168 
Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim 
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy 
ta’lim. 
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan boiib, parvarish qilish, ishlov 
berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati 
tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi 
moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi. 
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs 
tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, 
fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi. 
Maktabgacha ta’lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib 
shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni 
muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha 
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oilalarda amalga 
oshiriluvchi ta’lim bosqichi. 
Maktabdan tashqari ta’lim madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va 
boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga 
bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning 
bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim 
bosqichi. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling