О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Mashg‘ulot yakunlovchi qismining vazifalari va mazmuni


Download 0.82 Mb.
bet127/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Mashg‘ulot yakunlovchi qismining vazifalari va mazmuni. Mashg‘ulotning о‘yindan sо‘nggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv sur’atdagi yurishni о‘z ichiga oladi. U umumiy qо‘zg‘aluvchanlikning pasayishiga va pulsning normallashishiga yordam beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari mumkin. Ba’zi hollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli о‘yin bilan almashtirilishi mumkin.Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida bolalarda harakat kо‘nikmalarining rivojlanishi bilan bir vaqtda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, kuch kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida an’anaviy usuldagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish (turli yosh guruhlari uchun namunaviy mashg‘ulot).
1-mashg‘ulot mavzusi: “Quvnoq qadamchalar”.
Mashg‘ulotning maqsadi: tizimli asosda mashg‘ulotlarni tashkil etish orqali bolalarda harakat kо‘nikmalarini rivojlantirish, tо‘g‘ri va ketma-ket yurishga о‘rgatish, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
Jihozlar: 2 ta gimnastika skameykasi (balandligi 30-35 sm), 8-10 ta kubiklar (balandligi 6 sm), yarim guruhga yetarli (diametri 10-12 smli) tо‘plar.
I qism. Bir qatorga saflanish, gavda holati va tо‘g‘ri saflanishni tekshirish; bir qator bо‘lib qayta saflanish, bir qator bо‘lib oyoq uchida (tizzani bukmasdan) qо‘llarni belga qо‘yib yurish, bir qator bо‘lib saflanish.
II q i s m. Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
1. D.h.: oyoqni oyoq yuzi kengligida ochib parallel qо‘yish, qо‘llar belda. 1-qо‘llarni yon tomonga uzatish; 2-qо‘llarni yuqoriga kо‘tarib, oyoq uchida kо‘tarilish; 3-qо‘llarni yon tomonga tushirish; 4-dastlabki holatga qaytish (4 marta).
2.D.h.: oyoqlar yelka kengligida, qо‘llar bosh orqasida. 1-gavdani о‘ngga burib, qо‘llarni yon tomonga kо‘tarish; 2-dastlabki holatga qaytish. Xuddi shuning о‘zi chap tomonga burilib bajariladi (4 marta).
3. D.h.: oyoqlar yelka kengligida, qо‘llar yonda. 1-qо‘llarni yon tomonga uzatish, 2-о‘ng (chap) oyoqqa tomon engashish, qо‘l barmoqlarini oyoqlarning uchiga tekkazish; 3-rostlanib, qо‘llarni yon tomon uzatish; 4-dastlabki holatga qaytish (4 marta).
4. D.h.: asosiy tik turish, qо‘llar belda. 1-2-chо‘qqayib, qо‘llarni oldinga uzatish; 3-4-dastlabki holatga qaytish (4 marta).
5. D.h.: asosiy tik turish, qо‘llar yonda. 1-о‘ng oyoqni yonga qо‘yib, qо‘llarni yon tomonga uzatish; 2-о‘ng qо‘lni yonga tushirish, chap qо‘lni yuqoriga kо‘tarish; 3- qо‘llarni yon tomonlarga uzatish; о‘ng oyoqni о‘z joyiga qо‘yish, dastlabki holatga qaytish. Xuddi shuning о‘zi chap oyoqda bajariladi (4 marta).
6. D.h.: asosiy tik turish, qо‘llar belda. 1-sakrab oyoqlarni kerib qо‘yish, qо‘llarni yon tomonga uzatish; 2-dastlabki holatga qaytish. 1-8 sanog‘ida 3-4 marta takrorlash. О‘rtacha sur’atda tarbiyachining sanog‘i yoki kuy jо‘rligida bajariladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling