О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


dan 5 yoshgacha bо‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi


Download 0.82 Mb.
bet39/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

3 dan 5 yoshgacha bо‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning familiyasi, ismi ___________________________________________
Tug‘ilgan sanasi ________________________________________________
MTMga qabul qilingan sana _________________________________________
Kuzatuv boshlangan sana ___________________________________________
Kuzatuv boshidagi yoshi ____________________________________________
Kuzatuv yakuni sanasi ______________________________________________
Nazorat savollari:

1.Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini bilasizmi?

2.3-7 yoshdagi bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini bilasizmi?
3. Bolalarning jismoniy rivojlanish xaritsi qanday tuzilishga ega?
8-мавзу: Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablari va davlat dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi
Mavzu rejasi:

  1. Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va gigena sohasi.


  2. “Ilk qadam” dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi.


3.Bolalarning “Ilk qadam” dasturining tuzilishi va mazmuni.


Dastur О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat о‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat о‘quv dasturi») О‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meyoriy-huquqiy hujjat bо‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, о‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga о‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
MTM davlat о‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qо‘llash uchun majburiy:
- davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
- maktabgacha ta’lim sohasida xizmat kо‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bо‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
- maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qо‘yilgan Davlat talablari asosida hamda MTM davlat о‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning о‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil
qilish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga
tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan о‘zaro
hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling