8.3.Jismoniy tarbiya dasturining tasnifi
Dastur О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat о‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat о‘quv dasturi») О‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meyoriy-huquqiy hujjat bо‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, о‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga о‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
MTM davlat о‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qо‘llash uchun majburiy:
- davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
- maktabgacha ta’lim sohasida xizmat kо‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bо‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
- maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qо‘yilgan Davlat talablari asosida hamda MTM davlat о‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning о‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil
qilish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga
tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan о‘zaro
hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
MTM ta’lim jarayonining maqsadlari
О‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy ompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish
uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |