О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
Download 0.82 Mb.
|
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat: -bola huquqlari, о‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish; - ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining о‘zaro bog‘liqligi; - bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; - bolaning ijodiy qobiliyatlarini qо‘llab-quvvatlash; - о‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; - bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; - bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; - MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; - milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlanishini qо‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bо‘ladi. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: - jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; - ijtimoiy-hissiy rivojlanish; - nutq, muloqot, о‘qish va yozish malakalari; - bilish jarayonining rivojlanishi; - ijodiy rivojlanish. Maktabgacha ta’lim muassasasi о‘quv-tarbiyaviy jarayonni о‘quv yili bо‘yicha tashkil qiladi. О‘quv yili 2 sentabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi. О‘quv-tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar о‘yinlari, bо‘sh vaqt va о‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. О‘quv-tarbiyaviy jarayon ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi о‘quv rejaga muvofiq olib boriladi. О‘quv-tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi О‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. О‘quv-tarbiyaviy jarayonda quyidagi rejalashtirish turlari qо‘llaniladi: yillik mavzuviy; haftalik Rejalashtirishda ta’lim jarayonining mavzusi, maqsadlari, mazmuni va turlari yoritiladi. Jarayon turlarini tanlashda nafaqat о‘quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bо‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi. Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson о‘tishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, о‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi Modullardan tashkil topadi: Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun О‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yilgan Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va kichik sohalar hamda kutilayotgan natijalar (malaka va kо‘nikmalar) olingan. Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta tо‘ldiriladi6. Maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi tо‘ldiriladi (faqat maktabgacha ta’lim muassasa bitiruvchilari uchun6). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta’lim muassasasining har bir bitiruvchisi uchun tо‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bо‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi. Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta tо‘ldiriladi6. Maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi tо‘ldiriladi (faqat maktabgacha ta’lim muassasa bitiruvchilari uchun6). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta’lim muassasasining har bir bitiruvchsi uchun tо‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bо‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi. Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar kо‘rinishida ota-onalar e’tiboriga havola etiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling