О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Turli harakat faolligi darajasiga ega bо‘lgan bolalar jismoniy tayyorgarligining yosh dinamikasi


Download 0.82 Mb.
bet35/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Turli harakat faolligi darajasiga ega bо‘lgan bolalar jismoniy tayyorgarligining yosh dinamikasi



Yoshi


Yugurish tezligi


Turgan joyidan uzunlikka sakrash,sm


Chidamlilik (chopib о‘tiladigan masofa,m)

Qо‘shimcha shug‘ul- langanlar


Shug‘ullan-


Maydiganlar

Qо‘shimcha shug‘ul- langanlar


Shug‘ullan-


Maydiganlar

Qо‘shimcha shug‘ul- langanlar


Shug‘ullan-


maydiganlar


4-yosh
О‘g‘il bola

2,6

2,9

79,3

62,5

740,6

463,1



Qiz bola

2,9



3,0

72,3

60,3

620,2

377,7



5-yosh
О‘g‘il bola

2,3

2,5

95,9

83,0

1502,0

601,3



Qiz bola

2,3



2,5

93,3

73,9

1146,0

454,0



6-yosh
О‘g‘il bola

2,2

2,3

104,0

88,8

1765,7

680,7



Qiz bola

2,3



2,5

96,6

79,7

1249,3

659,1



7-yosh
О‘g‘il bola

1,9

2,1

122,5

105,6

2387,2

937,4



Qiz bola

1,9



2,2

120,9

103,7

1836,0

715,0

Ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi jismoniy rivojlanish, bо‘y, gavda massasi, bosh aylanasi, kо‘krak qafasi kabi asosiy kо‘rsatkichlarning tinimsiz о‘zgarib turishi bilan xarakterlanadi.

Bola hayotining birinchi yilida uning bо‘yi taxminan 25 sm ga о‘sadi. Bola 5 yoshga yetganda uning bо‘yi avvalgidan ikki baravar о‘sadi. Hayotining birinchi yilida bola gavdasining og‘irligi uch baravar oshadi, bir yildan sо‘ng esa uning og‘irligi deyarli bir xilda, yiliga 2 – 2,5 kg ga orta boradi, 6 – 7 yoshda esa uning og‘irligi bir yoshga tо‘lgandagidan ikki baravar ortadi.


Kо‘krak qafasi aylanasi ham notekis rivojlanadi, bu bola hayotining birinchi yilida ayniqsa tezroq kechib, u 12 – 15 sm ga kengayadi. Maktabgacha bо‘lgan butun davr ichida kо‘krak qafasi aylanasi taxminan yana shunchaga kengayadi.
Kо‘krak qafasi aylanasining kattaligi bolaning chiniqqan-ligiga, uning jismoniy rivojlanganligi va tayyorlanganligiga (mushaklar, nafas olish funksiyasi, yurak-tomir tizimining rivojlanganligi) bog‘liq.
Bosh aylanasining ilk yoshdagi о‘zgarishi asosan bosh miya massasining о‘zgarishi bilan belgilanadi (biroq bosh suyagidagi raxitga oid о‘zgarishlar bо‘lishi mumkinligini ham unutmaslik lozim).
Bolalardagi suyak tizimi kattalarnikiga qaraganda tog‘ay tо‘qimaga boy bо‘ladi. Shuning uchun ham bola suyagi yumshoq, qayishqoq, uncha mustahkam bо‘lmaydi, tashqi noqulay omillar ta’sirida tez qiyshayadi va notо‘g‘ri shaklga kirib qoladi.
. Skeletning suyakka aylanishi butun bolalik davri davomida kechadi. Umurtqaning bо‘yin, kо‘krak va bel qismidagi fiziologik egiklarining shakllanishi maktabgacha davr mobaynida davom etadi (bola boshini tuta boshlaganda, chalqancha yotganda, о‘tirganda, yurganda).
Skeletning yumshoq massasi uning shaklini о‘zgartiradigan quyidagi ta’sirlarga beriladi: о‘tirgan, turgan, yotganda gavdaning notо‘g‘ri holati, yumshoq nobop tо‘shak, bola bо‘yi va gavdasi proporsiyasiga nomuvofiq mebel. Notо‘g‘ri holat tezda odat bо‘lib qoladi, qad-qomat buziladi, bu qon aylanish, nafas olish funksiyasiga salbiy ta’sir etadi, suyaklar notо‘g‘ri о‘sa boshlaydi.
Tovon ravoqlarining shakllanishi bola hayotining birinchi yilida boshlanadi, yura boshlashi bilan bu jarayon tezlashib, maktabgacha tarbiya yoshida davom etadi. Shuning uchun mos keladigan poyabzal (poshnali) tanlashga e’tibor berish lozim.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda bukuvchi muskullar yetarlicha rivojlanmagan va juda zaif bо‘ladi, shuning uchun bolalar kо‘pincha boshini eggan, yelkalari yig‘ilgan, bukchaygan, kо‘kragi ichkariga botgan kabi notо‘g‘ri xolatlarda о‘tiradilar. Bola besh yoshga yetganda mushaklar, oyoq mushaklarini massasi oshadi, mushaklarning ish qobiliyati ham ortadi.
Akseleratsiya – terminini 1935 yilda nemis vrachi R.Kox taklif kilgan, u lotinchada tezlashuv degan ma’noni anglatadi.
Akseleratsiya tushunchasiga bolalar va ÿsmirlarda ÿsish va rivojlanishning tezlashuvi, baloatga yetish davrining birmuncha erta boshlanishi, sensor mexanizmlar kÿrish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, somatik (mushak) tizimlarining oldingi avlodlarga nisbatan tezrok rivojlanishi kiradi.
О‘tgan asrda yuz bergan о‘sish va rivojlanish akseleratsiyasi (jadallashish) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ham kо‘rindi. Bu yoshdagi bolalar о‘zlarining о‘tmishdagi tengqurlaridan anatomik va funksional jihatdan kattadirlar. Agar 50 yil oldin 3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar 22,7 sm ga о‘sgan bо‘lsa, 10 yil oldingi shu yoshdagi bolalar 27,1 sm ga о‘sdilar.
Sut tishlarining doimiy tishlarga aylanishi ham ertaroq kechmoqda, chunonchi bir necha о‘n yilliklar avval doimiy tishlarning chiqishi 6 yoshu 2 oy – 6 yoshu 4 oyga tо‘g‘ri kelsa, hozirgi vaqtda 5 yoshdagi bolalarning 40 % 1 – 4 tadan doimiy tishga egadir. Shuningdek bolaning yurak pulsi chastotasi zarbi ham о‘zgargan. Biroq akseleratsiyaga qaramasdan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning funksional – ham aqliy, ham jismoniy imkoniyatlari mо‘ljaldagidan yuqoridir.
Bola hayotining birinchi yilida uning yurak tomir tizimi katta morfologik va funksional о‘zgarishlarga uchraydi. Yurak massasi 3 –4 yoshli bolalarda 70,8 g gacha bо‘lsa, 6 – 7 yoshlilarda 92,3 g gacha yetadi, buning natijasida yurakni qisqarish kuchi va ish qobiliyati kuchayadi.
Arteriya qon tomirlaridagi bosim ham birinchi yilda simob ustunining 80 – 85/ 55 – 60 mm ni tashkil etsa, 3 – 7 yoshda 80 – 110/ 50 – 70 mm atrofida bо‘ladi. Yurakning ish qobiliyati ortadi, jismoniy yuklamaga moslashish qobiliyati ham oshadi.
Nafas olish miqdori yosh о‘tishi bilan kamayadi, bola hayotining 1-yili oxirida u minutiga 30 – 35, uchinchi yil oxirida 25 – 30, 4 – 7 yoshda esa 26 – 22 ga teng bо‘ladi. Yosh о‘tishi bilan nafas olish chuqurligi va о‘pkadagi havo almashinishi 2 – 25 martaga kislarod bilan oziqlanish 2 martaga kо‘payadi. Bolalarning ish qobiliyatini о‘sishi ham ta’minlanadi. Tо‘xtovsiz ishlash qobiliyati 10 minutdan 25 –30 minutgacha yetadi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan davr ichida hayotning uchinchi, beshinchi va yettinchi yili farqlanadi, bu paytda faqat miqdoriy о‘sishgina emas, balki funksiyalarning tubdan qayta qurilishi yuz beradi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling