О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet31/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Fazoviy tavsifnomasi. Barcha jismoniy mashqlar fazoda bajariladi. Fazoviy tavsif о‘z ichiga dastlabki holat, mashqlarni bajarish paytida gavda va uning qismlarini holatini, trayektoriyasini oladi
Dastlabki holat (DH) – bu gavda qismlarining mashqlarni bajarish arafasida nisbatan harakatsiz holatidir, u harakatga tayyorgarlikni ifodalaydi.
Dastlabki holatni о‘zgartirib, tana holati qismlarini ketma-ketligini о‘zgartirib organizmga ta’sir etuvchi jismoniy yuklanishlarni tо‘g‘ri boshqarib olib borishga ham imkoniyat yaratadi.
Harakat trayektoriyasi – ya’ni tana holati harakatlanayotgan gavda qismining yо‘nalishi trayektoriya deyiladi. Trayektoriyada shakl, yо‘nalish va amplituda aniqlanadi.
Tana qismi yoki buyumni о‘tish yо‘lini trayektoriya (yо‘nalish) deb ataladi. Shakli jihatidan hamma harakatlar tо‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli yо‘nalishda bо‘ladi. Boksda va qilichbozlikda tо‘g‘ri chiziqli harakatlarni uchratish mumkin. Qolgan hamma mashg‘ulotlarda, sport turlarida faqat egri chiziqli harakatlarni kо‘rish mumkin.
Harakat yо‘nalishi. Jismoniy mashqlarning ayrim muskullar rivojlanishi va harakat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarilishiga (nishonga tekkizish) harakatlanayotgan gavda, uning qismlari (yoki buyumga) beriladigan yо‘nalishga bog‘liq. Kishi gavdasining asosiy yunalishlarini quyidagicha atash qabul kilingan: yuqoriga-pastga, oldinga-orqaga, о‘ngga-chapga.
Harakatlar amplitudasi – bu gavda qismlari о‘zgarishi yо‘lining kattaligidir. Ular burchak kattaliklari (graduslar) chiziqli о‘lchovlar (qadam uzunligi), shartli belgilar (yarim chо‘qqayishlar) yoki tashqi chamalasi (polga tekkuncha engashishlarda) bilan belgilanishi mumkin.
Harakatlar amplitudasi suyak, bо‘g‘in, pay va mushaklarning elastik tuzilishiga bog‘liq.
Fazoviy – vaqt tasnifi. Tezlik va tezlanishlar kiradi.
Harakat tezligi gavda yoki uning qismlari bilan bosib о‘tilgan yо‘l kо‘lami (uzunligi) ning unga sarflangan vaqtga nisbati bilan belgilanadi. Agar tezlik yо‘lning barcha nuqtalarida bir xil bо‘lsa, bu harakatni tekis harakat deyiladi, agar u о‘zgarib tursa, notekis harakat deyiladi. Tezlikning vaqt birligidagi о‘zgarishi tezlanish deyiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling