O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 1.85 Mb.
|
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- maruza Xloroplastlar harakati. Fikobilinlarning fiziologik ahamiyati. Fotosintezning yorug`lik reaktsiyalari. Fotofosforlanish jarayonlarida elektronlar yo’li.
- Adabiyotlar
Tekshirish uchun savollar:
1. Transpiratsiyaning biologik ahamiyati nimadan iborat? 2. Nima uchun shamol paytida transpiratsiya jarayoni tezlashadi? 3. Suvni o’simlik bo’ylab harakat qilishi qanday masalalarni hal qilishga imkon yaratadi? 4. Transpiratsiya jarayoni qanday mexanizmlar yordamida boshqarilib turiladi? 5. Suvni tejab ishlatiladigan yangi sug’orish usullariga misol keltiring. 6. Suv tanqisligi deganda nimalar tushiniladi? 7. Suv tanqisligini belgilovchi fiziologik ko’rsatgichlarga nimalar kiradi? 8. Antitranspirant qanday birikmalardir? 9. Suv potensiali deb nimaga aytiladi? Suvni shimish kuchi qanday aniqlanadi? 10. Ildizni qanday qilib suvni shimadi?Iddiz qinining asosiy vazifalarini ayting. 11. Ildiz bosimi mavjudligi qanday aniqlanadi. 12. Suvning biologik ahamiyati nimalardan iborat? 13. Erkin va bog’langan suvning farqini aniqlang? 14. Boglangan suvning qanday turlarini bilasiz? 15. Osmos hodisalarini tushuntirib bering. 3- ma'ruza Xloroplastlar harakati. Fikobilinlarning fiziologik ahamiyati. Fotosintezning yorug`lik reaktsiyalari. Fotofosforlanish jarayonlarida elektronlar yo’li. Mavzu rejasi: 1. Fotosintez to’g’risidagi umumiy tushuncha. 2. Fotosintezning o’rganish tarixi. 3. Fotosintezni amalga oshiruvchi pigmentlar. 4. Xill reaksiyalari.Fotosintetik fosforlanish. 5. Fosforlanish reaksiyalar mexanizmi. Adabiyotlar:1. 74-78; 2. 231-234; 3. 59-78; 4. 149-176; 1. 78-82; 2. 235-242; 3. 79-90; 177-192. Tayanch tushunchalar: fotosintez, xlorofill, karotinoid, fikobilin, Xill reaksiyasi, fotosintetik fomforlanish, elektron o’tkazuvchi tizim, tsiklik va notsiklik fotofosforlanish. Quyosh nuri ta'sirida o’simliklarning yashil barglarida karbonat angidrid bilan suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo’lishi fotosintez deb ataladi. Fotosintez protsessi yer yuzida quyosh energiyasini ximiyaviy energiyaga aylantiruvchi birdan-bir vosita bo’lib hisoblanadi. Bu protsessda hosil bo’ladigan organik birikmalar tirik organizmlar uchun, birinchidan, energiya manbai bo’lsa, ikkinchidan, yangi, yanada murakkab tuzilgan organik moddalar hosil bo’lishi uchun material hisoblanadi. Shu bilan birga fotosintez protsessida atmosferaga erkin kislorod hamajralib chiqadi. Fotosintez quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: yorug’lik 6CO2 + 12H2O --------------- C6H12O6 + 6O2 xlorofill Fotosintez protsessi mexanizmini o’rganish hamnazariy, ham amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki ekinlar hosildorligini oshirish shartlaridan biri fotosintez protsesslari intensivligini oshirish bilan bog’liq. Fotosintez muhim biologik protsess bo’lib, yer yuzidagi hayotning asosini tashkil etadi. hayotiy protsesslar uchun zarur energiyaning hammasi fotosintez tufayli quyoshdan olingan. Kliment Arkad'evich Timiryazev fotosintez protsessini o’rganishga juda ko’p vaqtini, bilimi va kuch-quvvatini sarflagan olimdir. U o’zining klassik asarlari bilan fotosintez nazariyasini ishlab chiqishga katta hissa qo’shgan. Timiryazev quyosh nurining ta'sir etish mexanizmini birinchilar qatori to’la ravishda tushuntirib berish bilan bir vaqtda, yashil pigment-xlorofill o’simliklar hayotida juda katta ahamiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi. "Er yuzini energiya bilan ta'minlovchi quyosh va biz hayot deb ataydigan organik olamning faoliyatini bir-biriga bog’lovchi oraliq zveno o’simliklar yoki ular xos bo’lgan xlorofill donachalaridir. O’simliklarning kosmik ahamiyati hamana shundadir", - deb yozgan edi. Tirik organizmlarning yashashi uchun zarur bo’lgan energiya karbon manbaiga qarab ham ular ma'lum guruxlarga ajratiladi. Energiyaning turlari ko’p bo’lsada, tirik organizmlar ularning fakat ikki turidan foydalanadi. Bular yorutlik va kimyoviy energiyalar. Yoruglik energiyasi hisobiga barcha organik birikmalarni hosil qiluvchi tirik organizmlar fototroflar deb ataladi. Kimyoviy energiya hisobiga organik moddallrni hosil qiluvchi organizmlar xemotroflar deb ataladi. Barcha tirik organizmlar bevosita yoki bilvosita (hayvonlar) fotosintez bilan bog’liqdir. Chunki fotosintez jarayoni kuyosh energiyasini va karbonni tirik organizmlar yaratadi. Fotosintezning ahamiyati: 1. Quyoshning yorug’lik energiyasi organik modddlarda to’plangan kimyoviy energiyaga aylantiriladi. 2. Anorganik moddalardan organik moddalar sintez qilinadi. 3. Fotosintez jarayonida atmosfera erkin kislorod bilan boyitiriladi. 4. Insoniyat fotosintez jarayoni tufayli hosil bo’lgan energiyaning qazilma man'balari (toshko’mir, neft', torf) dan foydalanadi. Fotosintez jarayonida quyosh energiyasining faqat 1%-dan foydalaniladi. Bu energiya yerdagi hayotni saqlab turishga yetarlidir. Fotosintez jarayoni tufayli 1 yil davomida tirik organizmlar tomonidan o’zlashtiriladigan karbon miqdori quyidagicha. Okeanda - 40* 109 t. karbon quruqlikda - 35* 109 t. karbon Shundan bir xil davomida quyidagi miqdordagi karbon parchalanadi. 10*109 t. karbon o’simlik va hayvonlarning nafas olishi jarayonida parchalanadi. 25*10 t. karbon Redutsentlar (o’lik organizmlar bilan oziqlanuvchilar) tomonidan parchalanadi. 5*10 t. karbon qazilma yoqilg’ilarini yonishida ajraladi. Bu atmosferadagi va okeandagi karbonat angidirni miqdorini asta-sekin ortib borishga yetarli ta'sir ko’rsatadi. Fotosintez jarayonining o’rganish 17 asrdan boshlangan 1771 yilda D.Pristli yashil o’simliklar yorug’likda kislorod ajratishini ko’rsatadi. 1782 yilda J.Seneb'e yashil o’simliklar yorug’da karbonat angidridning o’zlashtirishini aniqladi va buni "karbon oziqlanish" deb atadi. 1817 yilda Pel'te va Kavantu o’simliklardan pigmentlarni ajratib oladi. 1877 yilda bu jarayon fotosintez deb ataladi. Hozirgi vaqtda fotosintez jarayonining mexanizmalarini o’rganishga katta e'tibor berilmoqda. 1. Fotosintez jarayoning mexanizmlarini aniqlash undan muqobil energiya manbai sifatida foydalanishga imkon yaratadi. 2. Qishloq xo’jalik ekinlarining mahsuldorligini oshirish hamfotosintez jarayonini o’rganish bilan to’g’ridan - to’g’ri bog’liq. O’simliklarning turli qismlarida xilma-xil pigmentlar uchraydi. Barg pigmentlari fotosintez jarayoni bilan bog’liq bo’lib, quyoshning yorug’lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantirishda faol ishtrok etadi. Ular xloroplastlarda oqsillar bilan birikkan holda (xromoproteinlar) uchraydi. Barg pigmentlari 3 guruhga bo’linadi. 1. Xlorofillar. 2. Karotinoidlar. 3. Fikobilinlar. Bu pigmentlar ish bajarish xususiyatiga qarab 2 ta guruhga bo’linadi. a) asosiy pigment -xlorofillar; b) qo’shimcha pigmentlar karotinoidlar, fikabilinlar va xlorofillning boshqa xillari. Xlorofillar. Bular asosan qizil va ko’k - binafsha nurlarni yutadi. Yashil nurni esa qaytaradi. Shuning uchun hamo’simlik barglari yashil rangda ko’rinadi. Xlorofillar molekulasining asosini 4 ta pirrol halqa tashkil etadi. Bu porfirin yadrosi deb ataladi. Porfirin asosiga uzun uglevodorod (C29H31) dum bog’langan. Xlorofillar quyidagi vazifalarni bajaradi: a) yorug’lik energiyasini tanlab yutishi. b) energiyani elektron qo’zgalishi sifatida jamg’arish. v) Qo’zgalgan holatdagi elektron energiyani kimyoviy energiyaga aylantirish. Fotosintez qobiliyatiga ega bu barcha o’simliklar, suv o’tlari va tsianobakteriyalar o’z tarkibida xlorofillni tutadi. Xlorofillning hosil bo’lishida bir qator organik kislotalar ishtirok etadi. Karotinoidlar. Bu pigmentlarga sariq, qizg’ish, qizil yoki jigarrang pigmentlar kiradi. Karotinoidlar ko’k - binafsha ranglarni kuchli yutish xususiyatiga ega. Karotinoidlar yuksak o’simliklarda va ko’pchilik mikroorganizmlar tarkibida uchraydi. Asosan 3 xil bo’ladi. 1. Karotinoidlar – qizg’ish va qizil pigmentlar 2. Ksantofillar - sariq rangli pigmentlar 3. Karotinoidli kislotalar. Karotinoidlarning vazifalari: 1. Qo’shimcha pigment sifatida yorug’likni yutishda ishtirok etadi. 2. Xlorofill molekulalarini yorug’lik da oksidlanib ketishdan saqlaydi. 3. Fotosintez jarayonida kislorod almashinuvda ishtirok etadi deb tahmin qilinadi. Fikobilinlar. Ko’k-yashil suv o’tlari, qizil suv o’tlari fikobilin pigmentlarini tutadi. Bularning muhim vakillari: a) fitoeritrobilinlar (qizil suv o’tlari) b) fitotsianobilinlar (ko’k-yashil suv o’tlari). Fikobilinlar asosan quyosh nurlarini yashil va sariq qismlarini yutish qobiliyatiga ega. Bu nurlar suvning pastki qatlamalariga o’tish qobiliyatiga ega. Suv o’tlarida fikobilinlarning bulishi evolyusion jarayonida o’simliklarning moslashuviga misol bo’ladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling