O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Fotosintez jarayonini boshqarish. Fotosintez va hosildorlik
Download 1.85 Mb.
|
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022
Fotosintez jarayonini boshqarish. Fotosintez va hosildorlik
Fotosintez jarayoning meyorda davom etishi avvolo bir qator ichki va tashqiomillar bilan bog’liq. U birinchi navbatda o’simlikning fiziologik holati hamda barg, to’qimalar, hujayralar va orgonoidlar xususan xloroplastlarning holoti bilan aniqlanadi. O’simlikning hayot davomida fotosintez jadalligi, assimilyasion jarayonlar har xil darajada amalga oshiriladi. Bunda fotosintez jadalligi va fotosintez mahsuldorligini bir-biridan farqli ekanligini bilishimiz shart. Fotosintez jadalligi bu vaqt birligida barg yuzasi tomonidan o’zlashtirilgan karbonat angidrid miqdoridir. Bu taxminan bir soatda bir ditsemetr kvadrat maydonda 5-25 mg karbonat angidridni o’zlashtirishga tengdir. Fotosintez mahsuldorligi bu o’simlikning bir kecha-kunduzda to’plangan massasini (grammda) barglarning yuzasiga bo’lgan nisbatiga tengdir ko’pchilik hollarda bu ko’rsatgich 1 kv. metrda 5-12 g. quruq moddaga teng bo’ladi. Fotosintez jadalligi vegitatsiya davrida asta sekinlik bilan ortib boradi va eng yuqori daraja shonali va gullash davriga to’g’ri keladi. Keyin esa pasayib boradi. Turli xil o’simliklarning fotosintez ma?suldorligi turlicha bo’lib, erta pishar navlar meva hosil qilishga vaqtliroq kirishadi. Shuning uchun ularning hosildorligi uncha yuqori bo’lmaydi. Kech pishar navlarning vegitatsiya davri uzoq bo’lib, organik moddalarni ko’proq to’playdi. Xlorofill. Fotosintez jarayonining faol bo’lishi birinchi navbatda bargdagi xlorofill miqdoriga bog’liq. O’simliklarda xlorofillni meyordan ko’proq hosil bo’lishi fotosintez jadallishini oshirishga imkon beradi. Buni ayniqsa harakat uncha yuqori bo’lmagan vaqtlarda, ya'ni ertalab va kechga yaqin paytlarda ko’zatish mumkin. Xlorofillning fotoximik faolligini assimilyasion son ko’rsatgichi bilan aniqlanadi. Bu vaqt birligida xlorofil birligi tomonidan o’zlashtirilgan karbonat angidrid miqdoriga tengdir. quyosh radiatsiyasining asosiy qismi ekinlarning yuqori qavatidagi barglar tomonidan o’zlashtiriladi. Bu qavatda joylashgan barglarda xlorofill miqdori ham yuqori bo’ladi. Demak, xlorofill miqdori fotosintez faoliyatining muhim va asosiy omili hisoblanadi. Harorat. Bu ko’rsatgich o’simlikning hayot faoliyatini barcha jarayonlariga ta'sir qiladi . harorat ta'siri uchta nuqtaga ega bo’lib, ular minimum optimum va maksimumlardan iborat. Harorat 25-35°S ko’tarilganda fotosintez jadalligi hamortadi. Havo harorati bilan o’zlashtiruvchi organlar harorati bir xil bo’lmaydi. Tekshirishlar atrof muhit harorati bilan o’simlik barglaridagi harorat bir muncha farq qilishi kuzatilgan. Masalan, atrofdagi harorat 23°C bo’lganda o’simlik gulining harorati 33°C tengli aniqlangan. Sariq gunorning harorati atrofdagi haroratga nisbatan 6 - 8°C ga yuqori bo’ladi. Tajribalardan ko’rinishicha harorat 10°C ko’tarilishi fotosintez jadalligi 1-2 marta oshishiga sabab bo’ladi. Suv. O’simliklarda fotosintetik funksiyalarni amalga oshirishda suv birinchi darajali ahamiyatga ega. Suvning bunday ahamiyati uning fotoximik va fermentativ reaksiyalarda ishtirok etishi bilan bog’liq. Suv rejimining shartlari xloroplast strukturasiga va pigmentlarning hosil bo’lishiga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir ko’rsatadi. Bundan tashqari suv barg hujayralarida ko’p miqdorda to’planishi barg og’izchalarini ochilib-yopilish darajasiga, binobarin karbonat angidridni o’zlashtirishga hamta'sir ko’rsatadi. Barg suvga to’liq to’yingan vaqtda barg og’izchalari yopiq bo’ladi va fotosintez jadalligi kamayadi. Qurg’oqchilik vaqtida suvning o’ta kamligi ham barg og’izchalarini yopilishiga sabab bo’ladi. Mineral ozuqalar. O’simliklarning fotosintetik apparatini me'yorda ishlashi uchun ular makro va mikroelementlar bilan to’liq ta'minlanishlari zarur. Azot fotosintez jarayonida muhim ahamiyatga ega. Uning yetishmasligi pigmentlar ayniqsa, xlorofill sinteziga kuchli ta'sir qiladi . Fosforning tanqisligi fotosintezning fotokimyoviy reaksiyalarini sekinlashtiradi. Demak, azotli va fosforli o’gitlar kam miqdorda bo’lsa, pigmentlar biosintezi, xloroplastlar funksiyasi va ultrastrukturasi buziladi va o’z navbatida o’simlikning mahsuldorligini kamaytiradi. Kaliy elementining yetishmasligi xloroplast membranalari va fotofosforlanishga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Magniy elementi xlorofill tarkibiga kiradi, ATFning sintezida ishtirok etadi. Temir elementi xlorofill sintezida va tsitoxromlar, ferrodoksin hosil bo’lishida faol ishtirok etadi. Bu element yetishmaganda o’simlik barglari kasallanadi. Demak, mineral ozuqlanish elementlari qishloq xo’jalik ekinlarining mahsuldorligiga fotosintez jarayoni orqali o’z ta'sirini ko’rsatadi. Fotosintez va hosildorlik. Fotosintez o’simlikning o’sishi, rivojlanishi va mahsuldorligi uchun zarur bo’ladigan asosiy omillardan biridir. O’simlikning hosildorligi fotosintez mahsulotiga bog’liq bo’ladi, chunki o’simlikning yorug’da oziqlanish jarayonida vujudga keladigan dastlabki organik moddalardan uning hosildorligi shakllanadi. Fotosintezning mahsuldorligi o’simlik bargini o’sishiga ya'ni uni sathini kattalashishiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Bargnint o’sishini dastlabki bosqichlarida (barg satxini 30-45% yuzasi) u boshqa yetilgan barglar hisobiga yoki zahirali to’qimalardan assimilyantlarni oladi. Barg kattalashib borgan sari unda hosil bo’lgan assimilyantlar boshqa organlarga o’ta boshlaydi. Bu funksiya barg yuzasi umumiy sathini 60-90% tashkil etgan vaqtda bunda yotgan organik moddalarni asosiy qismni zahira sifatda to’plovchi organlarga beradi, o’zi uchun esa 10-40% moddalar qoladi holos. qariyotgan barglar nafaqat assimilyantlarni - balki parchalanish natijasida hosil bo’layotgan moddalarni hamboshqa organlarga o’zatadi. Barg funksiyasining bunday o’zgaruvchan holati hosildorlikni shakillanishida muhim ahamiyatga ega. O’simliklarning mahsuldorligini oshirish uchun quyidagi chora-tarbirlarga alohida e'tibor berish zarur. 1. Ekin maydonlaridagi o’simliklarning umumiy barg satxini ko’paytirish yo’li bilan; 2. Fotosintetik jarayoni vaqtini uzaytirish (agrotexnik usullar mineral ozuqalar, suv rejimi) yordamida; 3. Xo’jalik jihatidan muhim bo’lgan organlarga fotosintetik organlardan iloji boricha ko’p organik moddalarni o’tishini ta'minlash tufayli; Shu bilan birga hargektar yerdagi ekinning optimal miqdordagi tuplarini joylashtirish sxemalari hamkatta ahamiyatga ega. Boshqa agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish hamfotosintiz faolligiga va shu orqali hosildorlikka katta ta'sir qiladi . qishloq ho’jalik ekinlaridan yuqori hosil olishda seleksion-genetik usullar hammuhim ahamiyatga ega. Bunda ishlar asosan fotosintezning jadalligini oshirishga, assimilyantlarning ko’chirilishini tezlashtirishga fotosintezning haqiqiy mahsuldorligini ko’paytirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling