O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Fitogarnomlar haqida umumiy ma`lumot. Fitogarnomlarning ta’sir qilish mexanizmi


Download 1.85 Mb.
bet23/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

Fitogarnomlar haqida umumiy ma`lumot. Fitogarnomlarning ta’sir qilish mexanizmi
Fitogormonlar. Ko’p hujayrali organizmlarning hayot faoliyati bir qator regulyator (bosh?aruvchi) sistemalarning o’zaro munosabati natijasida bosh?arilib turadi. Bu sistemaga hujayra, to’?ima, organ va yaxlit organizmni bosh?aruvchi regulyatorlar gruppasi kiradi. Bunday murakkab bosh?arish sistemasini o’zaro bir-biriga bo?lashda Xuddi ?ayvon organizmlardagidek, yuksak o’simliklarda ham, gormonlar xususiyatiga ega bo’lgan birikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. O’simliklarning butun ?ayoti, ya'ni uru?langan tuxum hujayraning rivojlanishidan to organizm qarishigacha bo’lgan barcha protsesslar fitogormonlar ishtirokida borishi hartomonlama aniqlangan.
Fitogormonlarga, ya'ni o’stiruvchi moddalarga o’simliklarning o’sish protsesslari regulyasiyasida ishtirok etuvchi bir qator organik birikmalar kiradi. Bu birikmalarga xos bo’lgan asosiy xususiyatlarning yosh bargida, poya yoki ildizining o’suvchi ?ismlarida hosil bo’lib, ularning boshqa ?ismlariga, ya'ni o’sish protsesslari aktiv bo’lgan joylarga ko’chiriladi; ikkinchidan, fitogormonlar o’simliklarda haddan tashqari kam miqdorda hosil bo’ladi va o’z ta'sirini juda past konsentratsiyalarda ko’rsatadi; uchinchidan, fitogormonlarning ta'siri biron-bir ximiyaviy protsessni tezlatish bilan chegaralanmay, balki bir qator ximiyaviy protsesslarning borishini boshqarishda ishtorik etadi.
Fitogormonlar o’simliklarda hujayralarning bo’linishi, to’qimalarning differensiatsiyasi va embriogenez protsesslarida aktiv ishtirok etadi. Ular o’simliklar hayot faoliyatidagi asosiy protsess hisoblangan fermentlar hosil bo’lishi, nafas olish, fotosintez, ildizdan oziqlanish, moddalarnng ko’chirilishi va to’planishi kabilarga ta'sir etadi. O’simliklarning o’sipshni boshqaruvchi hozirgacha ma'lum bo’lgan (regulyator) moddalar quyidagi gruppalarga bo’linadir.
Auksinlar. O’simliklar poyasi va ildizining uchki ?ismida hosil bo’lib, ularning o’sishini aktivlashtiradigan, asosan, indol tabiatli bir gruppa ximiyaviy moddalar auksinlar deb ataladi. Auksinlarning kashf etilishi Ch.Darvining (1880) boshoqli o’simliklar koleoptilining (koleoptile-boshoqli o’simliklarning birinchi naysimon bargi) o’sish qonuniyatlarini o’rganish yuzasidan olib borgan kuzatishlari bilan bog’liq. Agar o’sayotgan poyaning uchki qismi kesib tashlansa, uning o’sishi birdaniga susayib ketishi, shu kesib olingan qismi qaytadan o’z joyiga ulab qo’yilsa, o’sishi, tiklanishi aniqlagan. Bu tajribalardan o’simliklarning o’suvchi uchki ?ismlarida hujayralarning o’sishiga ta'sir qiladi gan kandaydir moddalar hosil bo’ladi, degan xulosaga kelingan. Keyinchalik bu moddalar auksin deb ataladi. O’simliklarda keng tarqalgan auksin (3-indolin 3-atsetat kislotadir (IAK). Bu birikma ko’pincha geteroauksin deb hamataladi.
Geteroauksin o’simliklarning barcha ?ismlariga uchraydi. U o’simliklar poyasi va ildizining o’suvchi qismlarida hosil bo’lib, keyinchalik boshqa joylariga ko’chiriladi. Geteroauksin boshqa auksinlarga nisbatan yaxshi o’rganilgan bo’lib, ko’pincha, o’simliklar
tarkibida uchraydigan asosiy auksin deb hisoblanadi .
Gibberellinlar. Gibberellinlar tuzilishiga ko’ra bir-biriga juda yakin bo’lgan, diterpenoid tabiatli tetratsiklik karbon kislotalardan iborat. Bu birikmalar ham, xuddi auksinlar kabi, yuqori biologik aktivlikka ega bo’lib, o’simliklarning o’sishida favqulodda muhim ahamiyatiga ega bo’lgan fitogormonlar hisoblanadi .
Gibberellinlarning kashf etilishi yapon olimlari Kurosava, Yabuta va Sumikilarning sholida olib borgan tadqiqotlari bilan bog’liq. Bu kasallikka duchor bo’lgan sholining bo’yii so?lom o’simliklarga nisbatan haddan o’xshaydigan fuzarium zamburug’ining konidiya stadiyasida hosil bo’ladigan va gibberella deb ataladigan shaklini tug’diradi.
Kristall holdagi sof gibberellin birinchi marta fuzarium zamburugidan ajratib olingan bo’lib, unga gibberellin A deb nom berilgan, Keyinchalik ajratib olingan gibberellinlarning tegishli tartib nomeri bo’lib, gibberellin A2, A3, A4, A5 hokazo belgilar bilan ifodalanadi.
Yuksak o’simliklar to’qimalaridan gibberellinlar 1956 yilda birinchi marta ajratib olingan. Keyinchalik ular o’simliklarning turli qismlarida - iddizida va gulida hamborligi aniqlangan. hozir gibberellinlar, shubhasiz, o’simliklar hujayrasida hosil bo’ladigan tabiiy fitogormonlar ekanligi-to’liq isbotlangan.
Yuksak o’simliklardan va zamburug’lardan ajratib olingan gibberellinlarning soni 40 gacha yaqin bo’lib, ular yildan-yilga ko’payib bormoqda.
Sitokininlar. O’simliklar hujayrasining bo’linishini jadallashtiruvchi, ?arishga va uru?ning tinim davridagi protsesslarga ta'sir ko’rsatuvchi, hamda o’sishning boshqa tomonlarini bosh?arishda ishtirok etadigan bir qator organik birikmalar tsitokininlar deb ataladi. Ularni 1955 yilda amerikalik olim Skuch birinchi bo’lib kashf etgan. Keyinchalik bu
birikmalar kristall holda ajratib olingan bo’lib, ular 6-furfurolaminopurin ekanligi aniqlanadi:
Keyinchalik kinetinning bir qator xosilalari sintez ?ilindi. Bu birikmalar barchasining tarkibida fiziologik aktiv qismi hisoblangan adenilat saqlanib qolgan. Favqulodda aktiv tsitokininlarga 6-benzilaminopurin kiradi.
Etilen. Ma'lumki, etilen o’simliklar to’qimasining hayot faoliyatida hosil bo’ladigan tabiiy birikma bo’lib, auksinlar ta'sirida aktivlashadigan bir qator metabolik va shakl hosil qilish protsesslarining faoliyatini susaytiradi.
Yu.V. Rakitin tabiiy etilenning o’simliklardagi fiziologik ahamiyatini har tomonlama o’rganib, u mevalarning pishishida ishtirok etadigan gormon degan fikrni ilgari surdi. Keyingi yillarda o’tkazilgan tajribalarda bu fikrning to’g’riligi isbotlandi.
Etilen o’simliklarning barcha vegetativ qismlariga ta'sir ko’rsatadi. U mevalarning pishishini tezlashtiradi, meva hamda barglarining to’kilishiga ta'sir etadi. Shu bilan birga etilen ta'sirida poya va ildizlarning bo’yiga o’sishi to’xtaydi. U ba'zi o’simliklarning, masalan, ananasning gullashini tezlashtiradi.
Etilen ayniqsa o’simliklar gulida ko’p hosil bo’ladi. Uning hujayra metabolizmiga ko’rsatadigan ta'siri aniq emas. Etilen ta'sirida o’simliklarda oqsil va RNK hosil bo’lishining tezlashishi aniqlangan. Shu bilan birga etilen bugland va mevabandlar to’?imasi hujayra devorlarining komponenti ?isoblangan tsellyulozalar va pektin moddalarni gidroliz qiluvchi fermentlar hosil bo’lishini tezlashtirsa kerak, deb taxmin ?ilinadi. Biroq fermentlar miqdorining ortishini membranalarning o’tkazuvchanlik xususiyati bilan bog’lash ham mumkin. Etilen ta'sirida membrananing o’tkazuvchanlik xususiyati ortadi va natijada muhitga fermentning o’gishi hamosonlashadi. Etilen ta'sirining molekulyar mexanizmi hali aniq emas.
Abssizinlar. O’simliklarning tinim davriga o’tishi dorminlar (dormoncy-tinim) deb ataladigan tabiiy ingibitorlarning to’planishi bilan bog’liq bo’ladi. O’simliklar bargining to’kilishi esa abssizinlar (abscission-to’kilish) ning faoliyati bilan bog’liq. Abssizinlar va dorminlar sof ?olda ajratib olingandan so’ng harikkala birikma hambir xil tuzilganligi ani?landi. Bu birikmalar birinchi marta go’zaning xom ko’saklaridan ajratib olingan. Abssizinlar o’sishni to’xtatuvchi tabiiy birikmalar bo’lib, fenolli ngibitorlarga nisbatan juda kuchsiz konsentratsiyalarda o’z ta'sirini ko’rsatadi. Ular o’simliklarning o’sishini susaytirishda, urug’larning unishini to’xtatishda, xom meva va barglarning to’kilishini tezlashtirishda, uzun kun o’simliklarining sekin gullashida ishtirok etadi. Abssizinlar, ayni?sa o’simliklarning ?ariyotgan organlarida ko’p miqdori to’planadi.
Gerbitsidlar. O’simliklar tarkibida uchraydigan tabiiy ingibitorlar bilan bir qatorda ularga o’xshash ta'sir ko’rsatuvchi sun'iy ingibitorlar hambor. Gerbitsidlar deb ataladigan ('eg'o-o’t, sayeyo - o’ldiraman demakdir) bu birikmalar o’simliklarni o’sishdan to’xtatadi va begona o’tlarga ?arshi kurashda ishlatiladi. Gerbitsidlarning ko’pchiligi spesifik ta'sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lib, faqat begona o’tlarga ta'sir etadi, ?olos.
Gerbitsidlar ximiyaviy moddalarning juda xilma-xil gruppalariga mansub bo’lgan birikmalar hisoblanadi . Ular ximiyaviy moddalarning ?aysi sinfiga kirishiga, ta'sir etish xususiyatiga, hamda boshqa belgilariga ko’ra, bir necha gruppaga bo’linadi. Madaniy va yovvoyi o’simliklarga ta'siri xarakteriga ko’ra, yoppasiga ta'sir etuvchi, ya'ni barcha o’simliklarni yo’q qiluvchi va tanlab ta'sir etuvchi (selektiv, ya'ni faqat ma'lum oila va turkumlarga mansub bo’lgan o’simliklarni yo’q qiluvchi) gerbitsidlarga bo’linadi. Gerbitsidlarning ta'sir etish xarakteri ularni qo’llash usullariga va avvalo, konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, bitta gerbitsidning o’zi kuchsiz konsentratsiyada tanlab ta'sir etsa, uning konsentratsiyasi ortib borishi bilan yoppasiga ta'sir etuvchi gerbitsidga aylanishi mumkin.
Gerbitsidlar ximiyaviy tuzilishiga ko’ra, organik va anorganik gerbitsidlarga bo’linadi. O’z navbatida, organik gerbitsidlar tarkibida azot tutuvchi va azotsiz gerbitsidlardan iborat.
Defoliantlar va desikantlar. O’simliklar moddalar almashinuviga ta'sir etuvchi sun'iy ingibitorlarga, gerbitsidlardan tashqari, o’simliklar bargini to’kib yuboradigan defoliantlar (GoPshp barg) va o’simliklarni tezda ko’tarib yuboradigan desikantlar hamkiradi.
Defoliatsiya, g’o’za va barg bandida ajratuvchi qatlam hosil qiladigan shunga o’xshash o’simliklar bargini to’kishda yaxshi natija beradi. hosilni yig’ib-terib olishdan oldin o’tkazilandigan defoliatsiya faqat barglarning to’kilishini ta'minlab qolmasdan, balki ko’saklarning pishib tolalari olishga imkon beradi, ko’sak va tolalarni chirib ketishdan saqlaydi va g’o’za kasalliklari, hamda zararkunandalariga qarshi kurashishni yengilashtiradi.
qand lavlagi, kartoshka kabi o’simliklarning barg bandi ajratuvchi qatlam hosil qilmaydi. Bu o’simliklar hosilini mashinalar yordamida yig’ib-terib olish uchun desikatsiyadan foydalaniladi. Undan tashqari, pishib yetilmagan hosilni sun'iy ravishda yetiltirish uchun ham desikatsiyadan foydalaniladi.
Fitoaleksinlar. Keyingi yillarda o’simliklar immunitetida muhim ahamiyatga ega bo’lgan bir qator kichik molekulali murakkab organik birikmalar aniqlandi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi patogen mikroorganizmlarning faoliyatini to’xtatuvchi bu birikmalar fitoaleksinlar (fito -- o’simlik, alekso - hujumni qaytarish demakdir) deb ataladi. Fitoaleksinlar bir qator xususiyatlari bilan fitonsidlardan farq qiladi . Avvalo ular faqat yuksak namliklarda hosil bo’ladigan moddalar. Odatda, fitoaleksinlar, asosan, kasallik qo’zg’ituvchi patogen mikroorganizmlar zararlagan o’simliklar to’?imasida ko’p miqdorda hosil bo’ladi. Biroq patogen agentlarning metabolitlari fitoaleksinlar hosil bo’lishida bevosita ishtirok etmaydi, ular faqat bu spesifik birikmalarning sintezlanishini kadallashtiruvchi modda sifatida namoyon bo’ladi, xolos.
Fitoaleksinlar faqat patogen agent yoki uning sporalari ta'sirida emas, balki shu mikroorganizmlar o’stirilgan muhit (masalan, distillangan suv) ta'sirida hamhosil bo’lishi kuzatilgan. Demak, fitoaleksinlarning hosil bo’lishini jadallashtiradigan modda parazitning sporisi yoki uning mitsellasi hujayralari tomonidan tashqariga chiqariladi. Fitoaleksinlarga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri, ular qisman bo’lsada, spesifik ta'sir ko’rsatish xarakteriga ega bo’lishidir.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling