O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
O’simliklarning o`sishi va rivojlanishi
Download 1.85 Mb.
|
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022
O’simliklarning o`sishi va rivojlanishi.
O’simliklarning o’sishi uning rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi va bu ikki tushinchani chalkashtirib yubormaslik kerak. O’simliklarning rivojlanishi o’sishdan farqli ravishda ularda kechadigan sifatiy o’zgarishlar bilan aniqlanadi. Rivojlanish jarayonlari organizmdagi strukturaviy elementlarini yangidan hosil bo’lishi bilan bog’liq. Organizmlarning o’sishi va rivojlanishi bir-biriga chambarchas bog’liq, bir-birini taqozo qiladi va bir-biriga tobe hisoblanadi. O’simliklarning normal yashash sharoitida o’sish va rivojlanish jarayonlari bir vaqtda o’tadi. Zarur sharoitlar bo’lmaganda esa o’simlik shiddat bilan o’sib, lekin sekin rivojlanishi yoki aksincha tez rivojlanib, sust o’sishi mumkin. Masalan, yorug’lik rejimi me'yorida bo’lmasa, o’simlik navdalari tez o’sadi, ammo gullamaydi va meva tugmaydi. Issiq havoning o’zgaruvchanligi o’simlikni tez rivojlanishi yana gul va mevani hosil qilishga olib keladi, ammo uning o’sishi sust bo’ladi. O’sish va rivojlanish jarayonlari o’rtasida aniq chegara yo’q. O’simliklarning indvidual rivojlanishi ontogenez deb ataladi. Yuksak o’simliklar ontogenezi odatda beshta bosqich bilan belgilanadi. Embrional bosqich - murtak hosil bo’lishi. Yuvinil yoki yoshlik bosqichi – urug’ murtagini o’sishdan boshlab, generativ organlar hosil bo’lgunga qadar davom etadi. Yetilish bosqichi - generativ organlarni shakllanib bo’lishi va yangi murtak hosil bo’lishi bilan harakterlanadi. Ko’payish bosqichi - murtak hosil bo’lishdan boshlab, meva va urug’larni to’liq pishib yetilishigacha davom etadi. Qarish bosqichi - meva berishdan to’xtab, butunlay nobud bo’lgancha davom etadi. Bir yillik o’simliklar ontogenezning barcha bosqichlaridan yil davomida yoki bir vegetatsion davrda o’tib bo’ladi. Ko’p yillik o’simliklarda murtaklik va yoshlik bosqichlari bir marta bo’ladi, yetuklik va ko’payish bosqichlari ko’p marta takrorlanadi. Demak, ketma-ket kechadigan fiziologik, bioximik va morfologik o’zgarishlar bir butun jarayon ya'ni o’simlikning o’sishi va rivojlanishini ifodalaydi. Fotodavriylik. O’simliklar hayot davrning muayyan yorug’lik rejimi bo’lishi kerak. Bunday sharoit bo’lmasa o’sish va rivojlanish jarayonlari buzilishi mumkin. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun kunning yoruqlik va qorongulik davri o’rtasidagi farq katta ta'sir ko’rsatadi. Bu xodisa fotodavriylik deb ataladi. O’simliklarni gullashiga kunning uzunligi ta'sir etishi 1912 yilda Garner va Allardu tomonidan kashf etildi va unga "fotodavriylik" deb nom berildi. Bu jihatdan barcha o’simliklar 2 ta guruhga bo’linadi. Qisqa kunli o’simliklar. Uzun kunli o’simliklar. qisqa kun o’simliklari 12 soatdan kam bo’lgan yorug’lik ta'sirida gullaydi. Ular ko’pincha janubiy kengliklarda qisqa kun sharoitida yashashga moslashgan bo’ladi. Masalan g’o’za, oq jo’xori, makkajo’xori, tamaki, sholi va boshqa ko’p o’simliklar kun qancha qisqa va tun qancha uzun bo’lsa, shuncha tez gullaydi va hosilga kiradi. Uzun kun o’simliklari 12 soatdan ko’p bo’lgan yorug’lik ta'sirida gullaydi. Ular ko’pincha shimoliy kengliklarda uzun kun sharoitida yashashga moslashgan bo’ladi. Masalan, bug’doy, arpa, suli va boshqalar. Neytral o’simliklar kunning qorong’i va yorug’ qismlariga ta'sirchan bo’lmaydilar. Fitoxrom tizimi. Keyingi yillarda, xususan 1952 yilda amerikalik olimlar X.Bortvik va S. Xendriks o’simliklar tarkibida yangi pigment tizimi fitoxromlarni kashf etdi. Bu pigmentlar qizil va ko’k rangli spektr ta'sirida faollashib, uzo?dan beriladigan qizil rangli spektr ta'sirida o’z faolligini susaytiradi. Bir qator fotobiologik reaksiyalar jumladan kunning uzun-qisqaligiga ta'sir hamfitoxrom tizimi tomonidan boshqarilishi aniqlangan. Bu reaksiyalarga antotsianlarni hosil bo’lishi, urug’larni unishi hammisol bo’ladi. Bu pigmentlar mitoxondriy, xloroplast va tsitoplazmaning eruvchan qismida topilgan. Yadro va vakuolada uchramaydi. Ko’p miqdorda merestema to’qimalarida jumaladan poyaning va ildizning uchki qismlarida ko’p bo’ladi. Rivojlanish nazariyalari. O’simliklarni rivojlanish bosqichlarida bo’ladigan ketma-ket keluvchi jarayonlar bir qator gipoteza va nazariyalar yordamida tushintiriladi. Rivojlanishning gormonal nazariyasi 1937 yilda M.Chaylaxyan tomonidan ishlab chiqildi. Bunga ko’ra o’simliklarni rivojlanishiga ta'sir qiluvchi maxsus gormonlar mavjud bo’lib, ular urug’, barglarda hosil bo’ladi va poya orqali harakat qiladi . O’simlik gullashiga ta'sir qiluvchi gormon-florigen mavjud deb taxmin qilinadi. Bu jarayonda yana gibberellinlar, auksinlar va boshqa gormonal moddalar hamishtirok etadi deb taxmin qilinadi. Davriy qarish va yoshartirish nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra o’simliklarni rivojlanishi bir qator xususiyatlar bilan aniqlanadi. Bular quyidagilardan iborat: Harbir o’simlik unib chiqqanidan, tabiiy o’limiga qadar to’xtovsiz qarib boradi. To’xtovsiz qarishni davriy ravishda yoshartirish bilan to’xtatish mumkin. Yangi hosil bo’lgan organlar, poyalar, barglar qarish jarayonini sekinlashtiradi. qarish tezligi hayotiylikni dastlabki potensiali bilan aniqlanadi. Demak, individual rivojlanayotgan organizm sekin asta o’zining potensialini yo’qotib boradi. Bu nazariya nazariy va amaliy ahamiyati ega. Keyingi yillarda rivojlanishni tushintirishda molekulyar biologiya erishgan yutuqlardan foydalanilmoqda. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling