O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.85 Mb.
bet22/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

Tekshirish uchui savollar:

  1. Mikroelementlarning o’simliklar ahamiyati nimadan iborat?

  2. Tuproq orqali oziqlanishning turlarini ko’rsating?

  3. Oltingugurt elementini o’simliklar uchun qanday ahamiyati bor?

  4. Qishloq xo’jalik ekinlariga nima uchun mineral o’g’itlar beriladi?

  5. O’g’itlarni qanday turlarini bilasiz?

  6. Rizosfera, mikoriza va ildiz shiralarining ahamiyati nimadan iborat?



9- ma'zura
O`simliklarning o`sishi va rivojlanishi. Fitogarnomlar haqida umumiy ma`lumot.
Mavzu rejasi:

  1. O’sish bosichlari.

  2. O’sishning davriyligi. Tinim davri.

  3. O’simliklar harakat i.

  4. Ontogenez to’g’risida tushincha.

  5. Fotodavriylik, Fitoxrom.

  6. Rivojlanish nazariyalari.

  7. Tabiiy fitogormonlar.

  8. Sun'iy fitogormonlar.

  9. Boshqa birikmalar,



Adabiyotlar: 1. 287-302; 3. 335-353; 4. 402-420.1.330-334; 3. 456-466; 4. 328-332, 381-384. 1. 310-312; 2. 217-226; 3. 440-451; 4. 38-47.
Tayanch so’zlar: vegetativ, reproduktiv, kunlik va mavsumiy davriylik, tinim, tropizm, nastiya, nutatsiya, ontogenez, yuvinil, yetilish, fotodavriylik, fitoxrom, gormonal nazariya, davriy qarish nazariyasi,gerbitsid, abssizin, etilen, fitoaliksin, tsitokinin, gibberellin, auksin, fitogormon.
O’simliklarning hayotiy davrini aniqlashda o’sish va rivojlanish atamalaridan foydalaniladi, O’sish o’simliklarning tashqiko’rinishi, massasi, hajmi, yuza qismlar va hujayradagi boshqa o’zgarishlar bilan aniqlanib, miqdoriy o’zgarishlarni yigindisidan iborat. O’simliklarni hayotiy tsikli ikki davrni ya'ni vegitativ va reproduktiv davrlarni o’z ichiga oladi. Birinchi davr davomida o’simlikning vegitativ massasi jadal hosil bo’ladi. Reproduktiv davr esa gullash, meva hosil ?ilishdan iborat.
O’simliklarni o’sishi quyidagi belgilarga qarab aniqlanadi: balandligi, poya qalinligi, massasi (quruq va qo’l massa), barg sathi, hujayralarning soni, oqsil va DNK miqdori. O’simliklarning o’sishi uru?ni unib chi?ishdan boshlanadi. O’simlik urug’lari 3 ta asosiy qismdan iborat; qoplovchi to’qimalar (himoya vazifasini bajaradi), gaz va suv almashinuvini boshqaradi. Embrion to’?ima (ildizga, bargga, poyaga), zahira moddalar to’plovchi qism.
Uru?ni unishi suvni shimilishi bilan boshlanadi. Urug’ bo’rtadi va tashqi qobiq yoriladi. Unish davrida fermentlar ta'sirida murakkab organik birikmalar oddiy birikmalargacha parchalanadi. Yuksak o’simliklarning o’sish tezligi harxil bo’ladi, Zamburu?lar bir minutda 5 mm, bambuk poyasi 1 mm, osh?ovo?, poyasi-0,1 mm, ko’pchilik o’simliklarning poyasi 0,001 mm tezlikda o’sadi. O’simliklarning o’sishiga ?arorat, yorug’lik , namlik va boshqa tashqimuhit omillari ta'sir ko’rsatadi. O’simliklarning o’sishi genetik omillar bilan hambog’liq. hujayra xromosomalarining karrali ko’payishi ya'ni poliploidiya xodisasi o’simliklarda gigantizm ya'ni xaddan tash?ari poyani o’sib ketishi, mevani kattalashishiga sabab bo’ladi. Geterozis -"Gibrid kuchi" ?odisasi hamo’simlikni o’sishini ko’paytiradi. Bunda hosil 20-30 %-ga oshadi, lekin keyingi avlodlar ko’rinmaydi. O’simliklarning o’sishi bir necha bos?ichdan iborat.
Embrional davri.
Cho’zilish davri.
Differensiatsiyalanish davri.
Embrional davrda barcha hujayralar tsitoplazma bilan to’lgan bo’ladi. Ularda ?ali vakuolalar bo’lmaydi. Cho’zilish davrida esa vakuolalar paydo bo’lib, hujayra ?obigi o’sa boshlaydi va hujayra taranglashadi. Poyaning uchki o’suvchi ?ismida va ildizning o’suvchi ?ismida yosh hujayralar embrional davrda bo’lib, o’sish ?atlami deb ataluvchi ?ismni hosil qiladi . Poya ?ismi tashqitomondan yosh bargchalar bilan ?imoyalangan bo’lib, o’sish no’?tasi bilan birga kurtakni hosil qiladi .
O’sishni embrional davrida meristema to’?imalarida doimo yangi ?o’jayralar hosil bo’lib turadi. Bunda hujayralardan bittasi hardoim meristema hujayrasi bo’lib ?oladi, ikkinchisi esa differensiatsiyaga uchrab ma'lum to’?ima hujayrasiga aylanadi.
O’sishni cho’zilish davrida esa meristema hujayralari bo’linishdan to’xtaydi, ?ajmi kattalashadi, vakuolalar hosil bo’ladi, hujayra shirasi bilan to’ladi. hujayra embrional davrdagiga nisbatai yuz martadan ko’pro? kattalashadi.
O’sishni differensiatsiya davrida embrional hujayra maxsus
xujayraga aylanadi. Maxsus hujayralardagi fiziologi jarayonlar gen yordamida bosh?ariladi. Bunda bir xil hujayralar yadrosini yo’?otib, o’lib ketadi, bosh?alari esa. yana embrional hujayraga aylanib, bo’linish davom etadi.
O’simliklardagi o’sish jarayoni davriylik xususiyatiga ega bo’lib, ular o’sishning o’ziga xos tomonlari va tashqiomillar ta'siri bilan bogliq bo’ladi. Ikki xil davriylik ko’zatiladi.
1. Tsirkad (kunlik) davriylik. Taxminan bir kecha-kunduz davomida boradi.
2. Yillik davriylik. Yil davomida fasllarni almashinuvi yoki i?lim sharoitining o’zgarishi bilan bog’liq.
O’simliklarning o’sishini barcha bos?ichlarida tinim davri bo’ladi. Tinim me'yoriy fiziologik jarayon. O’simliklarning xar xil sharoitga moslashuvi bilan bog’liq. Bu davrda o’simliklar o’sishdan to’xtaydi, nafas olish juda sekin boradi. Moddalar almashuvi jadalligi juda past bo’ladi. Tinim davri ikki xil bo’ladi.
Majburiy tinim.
Fiziologik tinim.
Majburiy tinim tashqiomillar ta'sirida bo’lib, ular o’simlikni o’sishini to’xtatadi. Fiziologik tinimda o’sishni to’xtashi ichki omillar endosperma, uru? po’stlo?idagi o’zgarishlar bilan bog’liq. Tibiiy sharoitlarda o’simliklarni o’sishdan to’xtab turishi, turning sa?lanishi uchun eng muhim moslanishdir.
O’simliklarni tinim davrini sun'iy ravishda o’zgarish mutmkin. Bunda turli xil fitogormonlardan foydalaniladi.
O’simliklarning ?arakati. O’simliklarning aksariyati tashqita'sirni ?abul ?ilib, tegishli ?arakatlar bilan javob ?aytaradi. Mimoza o’simligini barglariga tegilsa, so’lib ?olishi, o’simlikni barg va gullari yorug’lik tushgan tomoniga ?arab ma'lum ?olatni olishi ilgaridan ma'lum. Turli xil tashqi?o’z?atuvchilar ta'sirida o’simlik organlari ?olatini o’zgarishi o’sish ?arakatlari deb ataladi. Bularga tsitoplazmatik ?arakat, xloroplastlar ?arakati, yadro ?arakati, turgor ?arakati, o’sish bilan bog’liq, ?arakatlar (tropizm va nastiya) kiradi.
Bir tomonlama tashqiomil ta'sirida o’simlik organlarining ?arakatlari tropizmlar deb ataladi. Ta'sir etuvchi omilning ?arakteriga ?arab tropizmlar bir necha xil bo’ladi.
Fototropizm - birtomonlama yorug’lik ta'sirida o’simlik organlarini burilishi yoki yo’nalishini o’zgarishi. Bu jarayonda yorug’lik tushayotgan tomon bilan yorug’lik tushmayotgan tomonlarda o’sish tezligini harxil bo’lishi bilan bog’liq. Kungaboharsavatini ?uyoshga ?arab turishi bunga misol bo’ladi.
Geotropizm - ma'lumki barcha o’simliklar yerning tortish kuchi ta'sirida o’simliklar harakat yo’nalishini o’zgartiradi. Bunday jarayon geotropizm deb ataladi. Uru?larning o’sish davrida o’simliklar gravitatsion maydonda yo’nalishlarini o’zgartiradi. Bunda ildiz o?irlik kuchi bo’ylab harakat ?ilsa, poya unga ?arshi harakat qiladi .
Xemotropizm - turli xil kimyoviy moddalar ta'sirida o’sish yo’nalishini o’zgarishi xemotropizm deb ataladi. Bu xususiyatga faqat suvda erigan kimyoviy moddalar emas, balki gaz holdagi moddalarga hamtegishlidir.
Yuqoridagi tropizm turlaridan tashqari yana bir qator boshqa tropizm xillari aniqlangan. Bulardan eng muhumlari gidrotropizm (namlik), termotropizm (harorat) va boshqalar.
Nastiyalar. Tashqiomillarning ta'sirini o’zgarishiga javoban o’simlik organlarini qaytar harakatlari nastiyalar deb ataladi. Bunday harakatlar tropizmdan farqli ravishda birmuncha rivojlangan harakat shaklidir va ma'lum yo’nalishga ega bo’ladi.
Nastiyalar ham, foto-, termo-, gidro-, xemo-, elektronastiyalarga bo’linadi. Nastik harakatlar (gullarni ochilib yopilishi, barglarni so’lishi) yoki predmetlarga yopishish (mo’ylovlar harakati) o’simlik organlarini himoya qilishni ta'minlaydi.
Chirmashib o’suvchi o’simliklar. Bu o’simliklar (chirmovuq-pechakgul) novdaning tomonlari bir xilda o’smasligi natijasida, ularni o’suvchi qismi fazoda o’zini holatini doimo o’zgartirib turadi, natijada aylanma ?arakat nugatsiya hosil bo’ladi.
Chirmashib o’suvchi o’simlikning tanasi biror narsaga duch kelsa aylanma harakat qilib, harakatsiz tayanchga yopishadi va yuqoriga ko’tariladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling