O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1,85 Mb.
bet25/50
Sana08.01.2023
Hajmi1,85 Mb.
#1083784
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

Tekshirish uchun savollar:

  1. O’sish bosqichlari necha xil bo’ladi?

2. O’sishni davriyligi qanday tushintiriladi?
3. Tropizm va nastiya harakatlarining farqi nimada?
4. Aylanma harakat qanday vujudga keladi?
5. Ontogenezning asosiy bosqichlarini ko’rsating.
6. Fotodavriylik nima va u qanday boshqariladi?
7. Rivojlanishni tushintiruvchi qanday gipotezalar mavjud?
8. Tabiiy fitogormonlarga qanday birikmalar kiradi?
9. Qaysi birikma o’simlik immunitetida muhim ahamiyati ega?
10.O’simlik barglarini to’kishda qanday moddalardan foydalaniladi.
10 - ma'ruza
O’simliklarning noqulay sharoitlarga chidamliligi.


Mavzu rejasi:
O’simliklarni moslashuvi.
Noqulay sharoitlarning turi.
Noqulay sharoitlarga chidamlilikni oshirish.
Adabiyotlar: 1. 335-337; 3. 468-476; 4, 385-390.
Tayanch so’zlar: fiziologik adaptatsiya, genetik adaptatsiya, kserofitlar, galofitlar.
O’simliklarga xos bo’lgan boshqa xususiyatlar kabi tashqi noqulay sharoitlardan ximoya qilish qobiliyati ham muhim ahamiyatga ega. Individual o’simliklarni noqulay sharoitlarga moslashuvi fiziologik mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi (fiziologik adaptatsiya). Organizm populyasiyalari (tur) genetik o’zgaruvchanlik va irsiyat mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi (genetik adaptatsiya).
Noqulay sharoitlar turli xil bo’lib, suv tanqisligi, tuproq sho’rlanishi, harorat, atrof-muhit ifloslanishi va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bular 3 ta guruhga bo’linadi:
Fizik omillar. Namlikning yuqoriligi yoki yetishmasligi, harorat, radiatsiya, mexanik ta'sirlar;
Kimyoviy omillar. Tuzlar, gazlar, pestitsidlar va boshqalar;
Biologik omillar. Viruslar, bakterilar, zamburug’lar hashoratlar, turlar ichidagi va tur orasidagi konkurensiyalar.
O’simliklarning tashqiomillar ta'siriga chidamligi ontogenezning bosqichlariga bog’liq bo’ladi.
O’simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligi. Qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar suvsizlanish, suv tanqisligi yoki issiqlik kabi noqulay sharoitlarni ta'siriga moslashuvi kerak. Bu o’simliklar kserofitlar deb ataladi va 3 xil himoya yo’liga ega:
a) Hujayralar tomonidan suvni ortiqcha sarflanishidan saqlash;
b) Qurg’oqchilik davrida saqlash;
v) Qurib qolishni yengib o’tish.
Bu o’simliklarga yantoq, izen va boshqalar kiradi. Ular vegetatsiya davrining hammasini qurg’oqchilikda o’tkazadi. qurgoqchilik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar to’qimalarining vaqtinchalik suvsizlanishi hosilga ziyon yetkazmaydi. Kserofit o’simliklarning bargi mayda, bug’lantiruvchi sathi kichik, barg tomirlari mayda va ko’p bo’ladi. Bunday anatomik tuzilishga ega bo’lgan o’simliklarda fiziologik jarayonlar ham o’zgacha ketadi. qishloq xo’jalik ekinlarini qurg’oqchilikka chidamliligini oshirishda bir qator amaliy tadbirlar ishlab chiqilgan. Shulardan biri urug’larni kechiktirib ekishdir.
O’simliklarni sovuqqa chidamliligi. qish faslida ayniqsa ko’p yillik o’t va daraxtlar past harorat ta'sirida bo’ladi. Kuzgi g’alla ekinlari, rivojlanish davrining ma'lum fazasini qor ostida o’tqazadi. Bir yillik o’simliklarning urug’lari qishlaydi. Ko’p yillik o’simliklardan piyozgul, ildizpoya va tuganaklar tuproq va qor ostida yaxshi qishlaydi, ularning yer ustki poyalari qurib ketadi. Daraxtlar va kuzgi ekinlar (g’alla) o’simliklari qishdagi sovuqning ta'sirini ko’proq sezadi. Ularni past haroratlarga chidamliligi oshadi. Qahraton qishda ba'zi o’simliklarning to’qimalari muzlab qoladi
Ma'lumki, bahor oylaridan sovuq urgan g’o’za, pomidor ko’chatlari va boshqa o’simliklarning hujayralari turgor holatini yo’qotadi, barglari sarg’ayib so’liydi, tez vaqtda qurib qoladi. O’simliklarning sovuqqa chidamliligini oshirishda hujayradagi oqsil, shakar moddalarining o’zgarishiga qarab, muzlashga chidamli qilish mumkin. O’simliklarning sovuqqa chidamli bo’lishi va ularni chiniqtirish murakkab fiziologik jarayon hisoblanadi.
Odatda bahorgi sovuqlar qishki sovuqqa nisbatan hafliroq bo’ladi. Ro’za va poliz ekinlari sovuqqa chidamsiz bo’ladi. Ularni chidamlilik darajasini oshirish uchun bir qator tadbirlar ishlab chiqilgan. Professor X.X.Eniseev o’z tajribalarida nitrat va ammoniy tuzlari (0,25% -li eritma) bilan chigit 20 soat davomida ivitilsa uning sovuqqa chidamliligini oshirish ko’rsatilgan.
O’simliklarning tuzga chidamliligi. O’simliklarning tuzga chidamliligini o’rganish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki yerning 75%-ni qoplab olgan okeanlarning suvida 3-4% tuz bor, Yer yuzidagi tuproqlarni 25% sho’rlangan yerlardir. Sug’oriladigan yerlarning 75%-ga yaqini sho’rlanish darajasi yuqorilanib bormoqda. Sho’rlanish darajasiga qarab yerlar kam sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan va sho’r tuproqlarga bo’linadi. Tuzlanish xarakteriga qarab xloridli, sulfatli, xloridli-sulfatli va karbonatli sho’rlashga bo’linadi. Ko’pchilik o’simliklar uchun sho’r tuproqlar zararli bo’lsada, boshqa o’simliklar bunday sharoitlarga moslashgan bo’ladi. Sho’r tuproqlarda o’sadigan o’simliklar galofitlar deb ataladi. Barcha galofit o’simliklar 3 guruhga bo’linadi:
Haqiqiy galofitlar. Sho’rga chidamli o’simliklar, eng katta sho’rlanish darajasiga ega bo’lgan tuproqlarda o’sadi, masalan sho’ra.
Tuz ajratuvchi galofitlar o’zlashtirilgan tuzlarni to’plamasidan, ularni chiqarib yuboradigan o’simliklar. Bularga cho’lda o’sadigan yulg’in, ko’rmaklar misol bo’ladi.
Tuz ta'sir qilmaydigan o’simliklar. Tuzlanish darajasi past bo’lgan tuproklarda o’suvchi o’simliklar. Ularning hujayralarida osmotik bosim yuqori bo’lganligi uchun tuzlar o’tishi qiyin bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan noqulay sharoitlaridan tashqari, o’simliklar yana bir qator boshqa ta'sirlar: gazlarning yetishmasligiga, infeksion va parazitar kasalliklarga, radiatsiyaga nisbatan, ham chidamlilik darajasi mavjuddir.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling