O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti “kimyo” kafedrasi


Metall va metallmas gidridlarining qo‘llanilishi


Download 189.16 Kb.
bet5/8
Sana25.01.2023
Hajmi189.16 Kb.
#1120524
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'aniyeva E. Kurs ishi

2.3. Metall va metallmas gidridlarining qo‘llanilishi.
Gidridlar — kimyoviy elementlarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari. Tuzsimon, metallsimon, uchuvchan Gidridlarga boʻlinadi. Tuzsimon Gidridlarga ishqoriy va ishqoriyer metallarning Gidridlari kiradi. Bu gidridlarda bogʻlanish ionli boʻlib, vodorod atomi manfiy zaryadlanadi. Tuzsimon Gidridlar oq kristall modda, yuqori tempraturada vodorod ajratib suyuqlanadi. Bunday Gidridlarni olish uchun metallar yuqori temperaturada vodorod atmosferasida qizdiriladi. Kuchli qaytaruvchi (mis, metallarni oksidlaridan yoki galogenidlaridan qaytarish, poʻlat va qiyin suyuqdanuvchan metallar yuzasidagi qurumni yoʻqotishda) va istiqbolli raketa yonilgʻisi sifatida qoʻllaniladi. Metallsimon Gidridlar kimyoviy bogʻlanishi jihatdan metallarga yaqin boʻlib, metallarning kristall panjarasida vodorod atomlarining joylanishi natijasida hosil boʻladi. Metallsimon Gidridlar — xrom, marganes, temir, mis va platina  guruhidagi metallarning Gidridlari tegishli metallarni yuqori temperaturada vodorod atmosferasida qizdirish yoʻli bilan olinadi.
K2ReH9 U chuvchan Gidridlar — davriy sistemaning IV, V, VI va VII guruhlari bosh guruhlaridagi elementlarning gidridlarida kimyoviy bogʻ qutbli yoki kovalent boʻladi. Ularga SiH₄, SnH₄, PH₃, AsH₃, SbH₃, H₂S, H₂Se, H₂Te va quyi borvodorodlar kiradi. Shu guruxdardagi ogʻir zlementlarning gidridlari beqaror. Gidridlar organik moddalarni sintez qilishda, kuchli qaytaruvchi sifatida qoʻllaniladi. Texnikada yuqori vacuum ostida vodorod biriktirish uchun ishlatiladi (mas, kizdirilgan metallarga suv bugʻi taʼsir ettirish usuli). Gidridlar oʻzgaruvchan valentli metallarning turli kimyoviy reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini oʻtaydi. Gidridlarning termik parchalanishi natijasida baʼzi elementlar (mas, kremniy, germaniy) sof holda olinadi.
Gidrid uning anion shaklida vodorod (H–) yoki kimyoviy elementning (metall yoki metall b o‘lmagan) vodorod anioni bilan birikmasidan hosil bo‘lgan birikmalar. Ma‘lum bo‘lgan kimyoviy elementlardan vodorod eng sodda tuzilishga ega, chunki u atom holatida b o‘lganida uning yadrosida proton va elektron bo‘ladi. Shunga qaramay, vodorod faqat yuqori harorat sharoitida atom shaklida bo‘ladi. Gidridlarni tanib olishning yana bir usuli - bu molekuladagi bir yoki bir nechta markaziy vodorod atomlari nukleofil xatti-harakatga ega b o‘lganligi, kamaytiruvchi yoki hatto asos sifatida kuzatilishi. Shunday qilib, vodorod davriy tizimning aksariyat elementlari bilan birlashib, turli xil moddalarni hosil qilish qobiliyatiga ega.

Download 189.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling