Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakteriyalar - Bakteriophyta
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti Muataqil ish №7 206-gurux talabasi O’tkirjonova Laziza Farmatsevtik botanika fanidan Tuban sporali o’simliklarning tuzilishi, ko’payishi va ahamiyati. Bakteriyalar - Bakteriophyta Bir hujayrali juda mayda organizmlar bakteriyalar deb ataladi. Bakteriyalar mikron bilan va mikronning o’ndan bir, yuzdan bir qismi bilan o’lchanadi. Sistematik jihatdan bakteriyalar, ayniqsa uning ipsimon formalari ko’k yashil suv o’tlarga yaqin turadi. Bakteriyalar har qanday yashash sharoitiga moslasha oladi, shuning uchun ular yer sharining hamma joyida uchraydi. Ular tuproqda, chuchuk va dengiz suvlarida, havoda juda ko’plab uchraydi. Oziq-ovqat mahsulotlarida, o’simliklar, hayvon va odam organizmida yashaydi. Bakteriyalar bo’linish yo’li bilan ko’payadi, hosil bo’lgan yosh hujayra qulay sharoitda tez kattalashib voyaga etadi, bu ham yarim soat ichida bo’linishga kirishadi. Bir hujayrali bakteriyalardan tashqari koloniya bo’lib yashovchi bakteriyalar ham bo’lib, ular alohida hujayralar kokklar yig’indisidan iborat bo’ladi. Ba’zan bakteriyaning ona hujayrasi bo’linishidan hosil bo’lgan bola hujayralar tarqalib ketmay, juft-juft bo’lib birikib qoladi. Bunday qushaloq formalar diplokokklar deb ataladi. Bir tomonga qarab juda ko’p bo’linish natijasida streptokokklar deb ataluvchi hujayralar zanjiri hosil bo’ladi. Ba’zi hollarda hujayralaming ko’p marta bo’linishi natijasida, hujayralar to’dasi hosil bo’lib, ular uzum boshiga o’xshaydi va stafilokokklar deb ataladi. Bakteriyalar tabiatda juda katta ahamiyatga ega. Ular ham boshqa organizmlar bilan birgalikda tabiatda moddalaming doimiy aylanishiga yordam beradi. Bakteriyalar organik substratga tushgandan keyin uni parchalaydi, natijada tuproqqa, atmosferaga o’tuvchi yoki yuqori o’simliklar o’zlashtiradigan birmuncha oddiy moddalar hosil bo’ladi. Buning natijasida organik moddalar to’liq minerallashadi va suv, karbonat angidrid, ammiak, vodorod sulfid va boshqa ko’rinishdagi oddiy birikmalar hosil bo’ladi. Shu bilan birga ko’pgina bakteriyalar patogen bo’lib, odam, hayvon va o’simliklarda og’ir, yuqumli kasalliklami keltirib chiqaradi. Odamda sil, tif, vabo, zaxm va boshqa og’ir kasalliklami keltiruvchi mikroorganizmlar eng havfli patogen bakteriyalardir. Madaniy va yowoyi o’simliklaming ba’zi kasalliklari ham bakteriyalar hisobiga zararlanadi. G’o’zaning gommoz, karam va bodringda bakterioz, pomidorda bakteriyali rak va boshqa kasalliklami keltirib chiqaradi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling