Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moxsimonlar -Bryophita
Mustaqil Ish № 8
206- gurux talabasi O’tkirjonova Laziza Farmatsevtik botanika fanidan Yuksak sporali o’simliklarning tuzilishi, ko’payishi va ahamiyati. Yuksak sporali o’simliklar 415-430 mln.yil avval paydo bo’lgan o’sha davrlarda yashagan o’simliklar quruqlikka o’tgan o’simliklaming sharoiti tamomila farq qilgan. Havoda suvga nisbatan kislorod ko’p bo’lishi, shuningdek tuproqda mineral moddalar va suv bo’lishi hisobiga, o’simliklarda quruqlikka moslashish vujudga kelgan, shuni hisobiga ularda morfologik va anatomik tuzilishlari keskin o’zgara boshlagan. Moxsimonlar -Bryophita Moxsimonlar hayoti davrida boshqa yuksak o’simliklar kabi nasi gallanishi qobiliyatiga ega bo’lgan avtotrof organizmdir. Moxsimonlarda gametofit nasi ustun bo’lishi bilan boshqa yuksak sporali o’simliklardan farq qiladi. Moxsimonlarning jinsiy nasli ko’p yillik bo’lib, eng oddiy vakillari yer bag’irlab o’sadigan bargsimon qattanadan iborat. Ayrim murakkab tuzilishga ega bo’lgan vakillari poya va barglardan tashkil topgan bo’lib, ildizlar o’mida ko’p hujayrali so’ruvchi tukchalar rizoidlar mavjud. Moxsimonlar yer sharining barcha hududlarida uchraydi, ayniqsa ser nam yerlarda, botqoqliklarda, o’rmonlarda keng tarqalgan. Bu o’simliklar ikki sinfga bo’linadi: jigarsimon va poya bargli moxlarga bo’linadi. Jigarsimon moxlarga oddiy marshansiya- Morchantia polymorpha kiradi. Marshansiya yer bag’irlab o’suvchi, bargsimon qattanadan iborat o’simlik. Tananing ustki tomoni epidermis bilan qoplangan bo’lib, ustki epidermisida shamollatuvchi og’izchalar, xlorofilli, undan so’ng esa xlorofillsiz to’qimalar joylashgan og’izchalar to’rtta qamrovchi hujayra bilan o’ralgan. Pastki epidermisidan rizoidlar o’sib chiqib, ildiz vazifasini bajaradi. Marshansiya (jigarsimon mox) A- Urug'chi tanasi, B- changchi tanasi V- tanachaning ко 'ndalang kesimi. 1- og 'izchaning ко 'ndalang kesimi, 2- epiderma, 3- xlorofilli hujayra, G- og 'tchaning ustki tomonidan ко 'rinishi Marshansiya ikki uyli, bir jinsli o’simlik. Bir tup marshansiyada otalik- anteridiya, ikkinchi tupda onalik-arxegoniya rivojlanadi. Arxegoniyada tuxum hujayra rivojlanadi, anteridiyda esa spermatozoidlar rivojlanib, yomg’irli sharoitda bu spermatozoidlar harakatlanib arxegoniydagi tuxum hujayrani urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayradan, ya’ni zigotadan jinssiz sporofit nasi rivojlanadi. Sporofit nasl ko’sakcha ko’rinishida bo’lib, uni sporogoniy deb ataladi. Sporogoniyda hujayralaming meyoz bo’linishi natijasida gaploid sporalar etilib, sporogoniy yorilishi natijasida tashqariga chiqib tarqaladi. Qulay sharoitga tushgan sporadan ipsimon protonema hosil bo’ladi va undan yangi gametofit naslli marshansiya o’simligi o’sib chiqadi. Marshansiyada nasi galllanishi bir yilda bir marta sodir bo’ladi. O’simlikda vegetativ ko’payish ham kuzatiladi. Bunda qattana ustidagi xaltacha ichida kurtaklar hosil bo’ladi va kurtaklardan ma’lum vaqtdan so’ng yangi marshansiya o’sib chiqadi. Poya bargli moxlarga kakku zig’iri, funariya, sfagnum kabi moxlami kiritamiz. Kakku zig’iri - Polytrichum commune asosan shimoliy mintaqalardagi botqoqliklarda, o’rmonlarda ko’p uchraydi. O’simlikning balandligi 40- 50 sm ga etadi. Kakku zig’iring gametofit nasli shoxlanmagan, 15 sm keladigan poya va spiral holatda zich joylashgan bargchalardan iborat. Ildiz o’rninga gorizontal holatda joylashgan rizoidlari mavjud. Poyasining markazida konsentrik tuzilishga ega bo’lgan o’tkazuvchi to’qima bog’lamlari traxeya va elaksimon naylardan iborat. Poya tashqi tomondan skleroderma- po’stloq va rangsiz hujayralar gialodermadan tuzilgan. Kakku zig’irining ko’payishi jinsli nasldan boshlanadi. Anteridiyda etilgan spermatozoidlar suv yordamida harakatlanib arxegoniydagi tuxum hujayrani urug’lantirib zigota rivojlanadi. Zigotadan jinssiz sporofit nasi hosil bo’ladi. Zigota reduksion bo’linishi natijasida gaploid xromosoma naboriga ega sporalarning hosil qiladi. Sporalar etilgach, qapqoqchali sporogoniy yorilib sporalar tashqariga sochiladi va qulay sharoitda yangi gametofit naslli kakku zig’iri o’sib chiqadi. Sfagnum yoki torf Sphagnum moxining poyasi uzun, lekin zaif sershox, mayda barglar bilan qoplangan. Poyaning tashqi tomonida 2-3 qavat tiniq hujayralar joylashgan bo’lib, ularda teshikchalar mavjud. Bu teshikchalarning vazifasi havodagi namlikni shimish. Bu hujayralar quriganda ularning ichi havoga to’ladi va oq rangga kiradi. Poyaning markazida yupqa po’stli parenxima hujayralar o’tkazuvchi va modda saqlovfchi vazifasini bajaradi. Sfagnum moxlarining bir uyli va ikki uyli vakillari ham uchraydi. Ko’payishi yuqoridagi moxlarga uxshab kechadi. Bu moxlar katta maydonlami botqoqliklarga aylantiradi. Quritilgan tofrlami qimmatbaho yoqilg’i sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Moxlarning jinsli nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsli naslini gametofit deyiladi. Jinssiz nasli yomon taraq-qiy etgan. Jinssiz naslini sporofit deyiladi. Moxlar 3 xil yo‘lda ko‘payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Jinsli va jinssiz ko‘payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so‘ngra jinssiz ko‘payish bo‘ladi. Jinsli ko‘pa-yish natijasida spora xosil bo‘ladi. Jinssiz ko‘payganda yangi o‘simlik xosil bo‘ladi. Moxlar 2 sinfga bo‘linadi: 1. Jigarsimon moxlar Bularning ba’zi vakillarining tashqi ko‘rinishi jigarga o‘xshash bo‘ladi. Jigarsimon moxlar organlarga bo‘linmagan. 2. Poya va bargli moxlar Bularda xaqiqiy poya va barg bo‘ladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling