Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
Suv o’tlar -Algae
Tuban o’simliklaming suvda, nam joylarda va tuproqda hayot kechiruvchi organizmlariga suv o’tlar deb ataladi. Suv o’tlar hujayralarida xlorofill bo’lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Xlorofill bo’lganligi tufayli suv o’tlar avtotrof o’simliklar hisoblanadi, ya’ni ular karbonat angidridni assimilyasiyalash va fotosintez jarayonida organik moddalami hosil qilish hisobiga mustaqil yashay oladilar. Suv o’tlari tanasining tuzilishi jihatidan qat tanali o’simliklar jumlasiga kiradi. Shu bilan birga bir hujayrali, koloniyali va ko’p hujayrali suv o’tlari ham bo’ladi. Suv o’tining hujayra qobig’i sellyo’lozadan tashkil topgan. Ba’zi suv o’tlaming hujayra qobig’iga har xil moddalar singigan bo’ladi, masalan ko’k - yashil suv o’tining hujaura po’sti pektin moddasi bilan, diatom suv o’tlari hujayra qobig’ida qumtuproq (kremnezem), xara suv o’tlarida esa karbon kislota tuzi bo’ladi. Suv o’tlar hujayrasi ichida protoplazma, hujayra shirasi va yadro bo’lib, ko’k yashil suv o’tlari hujayrasida yadro bo’lmaydi. Hujayra yadrosining miqdori suv o’ti turiga qarab har xil bo’ladi. Bir yadroli, ko’p yadroli va yadrosiz (ko’k yashil suvo’tlari) hujayralari mavjud. Suv o’tlar uch xil yo’l bilan ko’payadi: vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda. Suv o’tlarda xloroplastlar to’planadigan qismiga xromotofor deb ataladi. Xromotoforlarda xlorofilldan tashqari boshqa pigmentlari ham uchraydi. Shu pigmentlar hisobiga suv o’tlar tasniflanadi, ya’ni ko’k - yashil, yashil, diatom, qizil, qo’ng’ir suv o’tlami o’z ichiga oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling