Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
POYA BARGLI MOXLAR
Poya bargli moxlarda xaqiqiy poyasi va bargi bor. Ildizi bo‘lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Bu sinfga vakil qilib "Kakku zig‘iri, Kukushkin lyonni olamiz. Kakku zig‘iri MDXning o‘rmon zonasida, ba’zan botqoqliklarda o‘sadi. Bo‘yining uzunligi 40 sm gacha boradi. Bargi ko‘ndalang kesimida tashqi tomonidan epidermis bilan qoplangan. Bargida mexanik va assimilyatsion to‘qimalarni uchratish mumkin. Kakku zig‘irida xaqiqiy poya va barg bor, ildiz bo‘lmaydi, ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Rizoidlar mineral moddalarni yerdan olish uchun yordam beradi. Kakku zig‘iri 3 xil yo‘lda ko‘payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Vegetativ ko‘payishlar rizoidlar yordamida bo‘ladi. Oldin jinsli so‘ngra, jinssiz ko‘payish bo‘ladi. Kakku zig‘iri marщansiyaga o‘xshash 1 jinsli, 2 uylik o‘simlik hisoblanadi.1 ta ekzemplyarda arxegoniyalar taraqqiy etadi. 1 ta ekzemplyarda anteridiya taraqqiy etadi. Onalik kakku zig‘irining bo‘yi uzun, otalik kakku zig‘irining bo‘yi bir oz kaltaroq bo‘ladi. Otalik ekzemplyarida anteridiyalarni o‘rab turgan qizil bargchalar parafizalar bo‘ladi. Bu qizil bargchalarni perianti deyiladi. Anteridiya uzun xaltachaga o‘xshash bo‘ladi. Anteridiyalar 2 xivchinli, xarakatchan spermatazoidlarni vujudga keltiradi. Arxegoniyaning shakli kolbaga o‘xshash bo‘lib, ular ham parafizalar bilan o‘ralgan. Otalanish protsessi suvning yordamida bo‘ladi. Suvda suzib yurgan spermatozoidlar kelib arxegoniyaga yopi-shadi. Bo‘yni orqali kirib, tuxum xujayrani otalantiradi. Natijada embrion xosil bo‘ladi. Embrion ko‘p xujayrali sporogonga aylanadi. Sporogon band tashkil etadi. Shu xolicha u qishlaydi. Kelgusi yili sporogonning bandi cho‘zilib ketib,poyadagi bargdan uzoqlashadi. Sporogonning yuqori tomonida qalpoqchasi bo‘ladi. Bu qalpoqcha sporogonni sovuqdan va issiqdan saqlab turadi. Baxorda bu qalpoqcha tushib ketadi. Qalpoqcha ostidagi qalpoqcha esa sporogonning uchki tomonini yopib turadi. Sporogon ichida sporangiya xujayralari taraqqiy etadi. Sporangiya xujayralarning reduksion bo‘linishi natijasida sporalar vujudga keladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiya devori yoriladi. Sporogonning qopqoqchasi ochilib, sporalar tarqalib ketadi. Sporalar juda mayda, sariq rangli bo‘ladi. Sporalar qulay joyga tushib qolsa, kakku zig‘iriga aylanadi. Sporalar fiziologik jixatidan har xil. 1 ta sporadan otalik kakku zig‘iri, 2-sporadan onalik kakku zig‘iri vujudga keladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling