Mustaqil-is pdf
Qirqbo’g’imlar-Equisetales
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
Qirqbo’g’imlar-Equisetales
Qirqbo’g’imlilaming devon va toshko’mir davrida rivojlangan turlari juda ko’p bo’lib daraxtsimon turlari yer yuzini yashil o’simliklar bilan qoplashda ustunlik vazifasini bajargan. Ulaming bo’g’imlilar deb atalishiga sabab poyalari bo’g’im va bo’g’im oraliqlariga bo’lingan, mayda barglari aylana shaklda poyalariga qisqargan holda joylashgan. Qirqbo’g’imlilaming qadimiy vakillari daraxtsimon bo’lib bo’yi 10- 15 m gacha etgan. Qazilmalarda aniqlanishicha kalamitning (Calamites) bo’yi 10 m dan baland bo’lib plaunlar bilan birga toshko’mir davrida o’rmonlarni hosil qilgan. Ayni vaqtda qirqbo’g’imlilaming o’tsimon vakillari saqlanib qolgan. Ulaming 20 ga yaqin turi bo’lib, 12 ta turi o’lkamizda o’sadi. Qirqbo’g’imlilardan eng ko’p uchraydigan vakili dala qirqbo’g’imidir. Dala qirqbo’g’imi-Eqiusetum arvense ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib, kuzga borib yer ostida ildizpoyasi va tugunagi saqlanib qoladi. Erta bahorda ildizpoyadan qo’ngir rangli poya o’sib chiqib, 20 sm ga boradi va boshoq hosil qiladi. Boshoqchalardagi 6-8 tadan joylashgan sporangiyalaming ichida ko’p miqdorda elaterial sporalar etilib, sporangiyalar yoriladi va havoga tarqaladi. Bu sporalar morfologik jihatdan farq qilmasa ham fiziologik jihatdan keskin farq qiladi. Bir xil sporalardan changchi maysa ikkinchi hil sporalardan urug’chi maysa hosil bo’ladi. Demak, qirqbo’g’imlilarda gamitofit nasi ikki uyli bir jinsli bo’ladi. Changchi maysasi kichikroq bo’lib unda anteridiyalar etiladi, urug’chi maysa yirikroq bo’lib undagi arxegoniyalarda tuxum hujayra etiladi. Spermatazoidlar suv yordamida yoki shudring tushganda tuxum xujayra bilan qo’shilib zigota hosil qiladi. Zigotadan yangi sporafit nasi o’sib chiqadi. Qirqbo’g’imlilaming ildizpoyasidan yoz vaqtida vegetativ poyalar o’sib chiqadi. Bahorgi poya sporalar tarqalgandan so’ng nobud bo’ladi, va uning o’miga yozgi yashil poya va to’p-to’p bo’lib novdalar o’sib chiqadi. Novdalardagi barglar qisqarib qinchalar shakliga kiradi. Qirqbo’g’imlilar plaunlarga o’xshab ko’payishi sporofit va gametofit nasllarini gallanishdan iboratdir. Vegetativ ko’payish ildizpoyalari orqali sodir bo’ladi. Qirqbo’g’imlilar hujayralarida (Si02) qum to’planishi tufayli ular idishlami toza qilib yuvishda mebellarni pardozlashda ishlatiladi. Shimoliy Amerikada hindlar qirqbo’g’im ildizpoyalaridan savatlar to’qishda foydalanishgan. XX asrgacha o’rmon va dala qirqbo’g’imi bo’yoq sifatida ishlatilgan. Qirqbo’g’imlami ko’pchiligi zaharli hisoblanadi, chunki ular tarkibida tiaminaza fermentiga yaqin modda saqlab, ular Bi vitaminini parchalaydi. Qirqbo’g’imlarda saqlanadigan alkaloidlar saponinlar va flavinoidlar ta’siridan ko’pgina hayvonlaming zaharlanishi uchrab turadi. Qirqbo’g’imlar ichidan faqat dala qirqbo’g’imining yozgi poyasidan olingan moddalar qon aylanish sistemasini yaxshilaydi siydik haydashda dori sifatida foydalaniladi. Dala qirqbogiminng hayot sikli 2n- diploid xromosomali jinssi: nasi, n-gaploid xromosomali jinsli nasi Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling