Mustaqil-is pdf


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana01.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1316250
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
mustaqil-ish3 compressed

Qirqquloqsimonlar-
Polypodyophita


Qirqquloqsimonlaming hozir 300ga yaqin avlodiga oid 10 000 ga 
yaqin turi bor. O’lkamizda ulaming lOOga yaqin turi mavjud, qazilma 
holatda ham ko’p turlari aniqlangan. 
Qirqquloqsimonlaming paydo bo’lib yashagan davri 
qirqbo’g’imlilar davriga to’g’ri kelib ular birgalikda qalin nam 
o’rmonlami hosil qilganlar. Qirqquloqsimonlaming tropik iqlim 
sharoitida o’suvchi vakillarining balandligi 30 m ga , tanasining 
diametri 50 sm ga etadi. Tabiatda ulaming juda mayda bir necha mm ni
tashkil etadigan turlari bo’lib, xatto suvda hayot kechiradigan vakillari 
ham uchraydi. 
Qirqquloqsimonlarda boshqa yuksak sporali o’simliklardagi kabi 
sporofit nasli ustun turadi. Ulaming aksariyati patsimon yirik bargli 
bo’lib, ular yer osti ildizpoyasida va yer ustki qismida spiral shaklda 
joylashgan. Qirqquloqsimonlaming barglari novdaga o’xshab uchi bilan 
o’ssada, tabiatdagi barglaming hammasi asosi bilan o’sadi. 
Bu bo’limga kiruvchi o’simliklar vegetativ ko’payganda yer ostki 
ildizpoyalari orqali, jinsiy va jinssiz nasli gallanib ko’payadi. 
Qirqquloqsimonlar dastlabki va chin qirqquloqlilarga bo’linadi. 
Dastlabki qirqquloqlilar qadimiy bo’lib, faqat qazilma holda topilgan. 
Chin qirqquloqlilami poliobotaniklar yuqori perm davrida paydo 
bo’lgan, deb hisoblaydilar va ulami qadimiy vakillarini qazilma holda 
topib aniqlaganlar. Hozirgi vaqtda uchraydigan haqiqiy qirqquloqlar 
ikkita katta guruhga bo’linadi: bir xil sporali hamda har xil sporali 
qirqquloqlar.
Bir xil sporali qirqquloqlar-Filicales
Bir xil sporali qirqquloqlar tabiatning mo’tadil sharoitida o’sadi. 
Ulaming 10000 dan ortiq vakili barglarining yirikligi bilan 
xarakterlanadi. 


Qirqquloqlilaming tropik va subtropik iqlimda o’sadigan 
vakillarning bo’yi 25-30 m gacha o’sishi mumkin. Ular poyasining yuqori
qismidagi murakkab barglari doimiy yashil bo’lib, to’p-to’p joylashgan. 
Mo’tadil iqlimda o’sadigan qirqquloqlar asosan semam botqoqlik va 
o’rmonlarda o’sadi. Ular asosan ko’p yillik o’t o’simligi bo’lib, qishda yer
ustki barglari nobud bo’ladi. Ulaming poyalari yer ostki ildizpoya 
shaklida bo’lib, ostki qismidan qo’shimcha ildiz, ustki qismidan yer 
ustiga barg hosil qiladi. Bir xil sporali qirqquloqlaming ayrim vakillari 
quruq iqlimda, hatto tog’ yon bag’irlarida o’sishga moslashgan 
(Asplenium, Ceterach va boshqa vakillar). Bir xil sporali qirqquloqlardan 
eng ahamiyatlisi, tibbiyotda ishlatiladigan erkak qirqquloq yoki o’rmon 
shitovnigi (Dryopteris filix mas) bo’lib, biz ana shu vakillari bilan 
tanishamiz.
Erkak qirqquloq mayin tuproqli yerlarda daraxtlaming soyasida 
yaxshi o’sa oladigan ko’p yillik o’t o’simlikdir. Ko’p yillik bo’lganligi 
uchun yer ostida katta yo’g’on ildizpoyasi bo’ladi. Ildizpoyasidan juda 
ko’p qo’shimcha ildizlar chiqib, tuproqqa mustahkam joylashadi. 
Ildizpoyaning ustki tomoni qoramtir rangli tangachalar bilan qoplangan
bo’lib, undan yer ustiga murakkab tuzilgan jigarrang qo’sh patsimon 
barglar to’p-to’p bo’lib chig’anoq shaklda o’sib chiqa boshlaydi. Ular 
nixoyat sekin rivojlanib uchinchi yili tuproq yuzasiga chiqadi va yozi 
bilan 1 m gacha o’sadi, kuzga borib qurib qoladi. Yoz faslida barglaming
orqa tomonida tangacha-soruslar hosil bo’ladi. Soruslaming ichida 
sporangiylar va ulaming ichida sporalar rivojlanadi. Changchi 
qirqquloqlarda spora etilgani uchun sporofit nasi ustun hisoblanadi. 
Sporalar etilgach kuch bilan sporangiydan otilib tashqariga tarqaladi. 
Qulay sharoitda 1,5 sm diametrga ega bo’lgan yurak shaklida maysa-
gametofit nasi o’sib chiqadi. Maysa yashil rangda bo’lib mustaqil 
oziqlanadi. Maysaning pastki qizmidan mayda ko’p miqdorda rizoidlar 
o’sib chiqadi va oziqlanadi. Maysaning yuqori qismidagi 
arxegoniyalardan tuxum hujayra, quyi qismidagi anteridiyalardan 
spermatazoidlar etiladi. Spermatazoidlar yomgir yoki shudring 


yordamida tuxum hujayra bilan qo’shilib murtak hosil qiladi. Murtakdan
ildizpoya va barg o’sib chiqishi bilan maysa qurib qoladi. Demak maysa 
bir uyli ikki jinsli o’simlik bo’lib, qisqa davr yashaydi.
Qirqquloqlaming rivojlanishi jinssiz nasi (sporofit) ning jinsiy nasi 
(gametofit) bilan navbatlanishi orqali sodir bo’ladi. Sporofit naslda 
xromosomalar diploid (2n), gametofitda gaploid (n) sonda bo’ladi. 
O’rmon qirqqulog’i tibbiyotda ishlatiladi. Uning ildizpoyasidan 
olingan fenolglikozidlar bolalar ichagida ko’p uchraydigan lentasimon 
gijjalami ichakdan tushirib yuborishda katta ahamiyatga ega.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling