Har xil sporali qirqquloqlar -Hydropteridales
Har xil sporali qirqquloqlar asosan suv va botqoqliklarda
uchraydigan, ba’zi vakillari esa vaqtincha quruqlikda yashashga
moslashgan. Yashash sharoitiga qarab suv qirqqulog’i deb ham
nomlanadi. Suv qirqquloqlarning tipik vakili salviniya-Salviniya natans
o’simligi. Bu bir yillik o’simlik bo’lib, umumiy uzunligi 15 sm ni tashkil
etadi. Suzuvchi poyasining bo’g’imidan uchta barg o’sib chiqadi.
Shulardan ikkitasi suv ustida suzib fotosintezni amalga oshiradi, qolgan
bittasi esa qiyofasini o’zgartirib suv ostida ipsimon shaklda bo’lib, ildiz
vazifasini bajaradi. Poyasining suv ostida joylashgan qo’ltig’idan
yumaloq shaklli qo’shaloq g’uddalar ya’ni soruslar etiladi. Bu
soruslaming bittasida mikrosporalar, ikkinchisida makrosporalar etiladi.
Mikrosporangiylaming hujayra po’stini ko’p miqdordagi anteridiylar
yorib chiqadi va ulardan spermatazoidlar hosil bo’ladi.
Makrosporalardan elpig’ich shaklidagi urug’chi maysalari arxegoniysida
tuxum hujayra rivojlanadi va urug’lanish natijasida zigotaga aylanadi.
Zigota rivojlanib murtakka aylanadi va undan yangi salviniya o’sib
chiqadi.
Farmasevtika ta’lim va tadqiqot instituti
Mustaqil Ish № 9
206- gurux talabasi
O’tkirjonova Laziza
Farmatsevtik botanika fanidan
Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi, gul tuzilishi va
to’pgullar.
Yer yuzidagi barcha tirik organizmlaming asosiy vazifasi bu
ko’payish va o’zidan nasi qoldirish hisoblanadi. Organizmlarga
jinsiy ko’payishi uchun xizmat qiladigan organ generativ yoki
reproduktiv organ deb ataladi. Yopiq urug’li o’simliklaming
ko’payish organi gul hisoblanadi.
Gullar shaklan juda xilma-xil bo’lishiga qaramay quyidagi
qismlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |